BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.3K photos
1.9K videos
8 files
7.37K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
DIQQAT E'LON!
#Men_donorman

♦️Ertaga, 2021-yil 23-dekabr kuni soat 09:00 da Bo'ka tumani Markaziy shifoxonasi laboratoriya binosida "Men donorman" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etiladi.

Aksiyada ishtirok etish (ixtiyoriy ravishda) istagini bildirgan barcha hamshaharlarimizni Bo'ka tumani Markaziy shifoxonasiga belgilangan vaqtga yetib kelishlarini so'raymiz.

Izoh: Topshirilgan qon preparatlari uchun ajratilgan albumin dori vositalari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun beg'araz beriladi.
#Forum_2021
#Men_donorman
#Aksiya
#Bo'ka_tumani

EZGULIK ALBATTA QAYTADI!

🇺🇿"O'zbekiston yoshlari forumi-2021" haftaligi doirasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi, tuman Tibbiyot birlashmasi, Mudofaa ishlari bo'limi bilan hamkorlikda Markaziy shifoxona Qon quyish bo'limida "Men donorman" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

❤️Aksiyada tajribali donorlar va ko'ngilli yoshlarga donorlik bo‘yicha sohaga oid mutaxassislar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi, tibbiy yordamga muhtoj bolalarga donorlik qilishdan ko‘zlangan ezgu maqsad tushuntirildi.

♦️Aksiyada 30 nafardan ortiq ko‘ngillilar beg‘araz qon topshirdi. Mazkur ezgu ishlarni kelgusida ham doimiy o‘tkazish rejalashtirildi.
#Hayot_uchun
#Aksiya
#Men_donorman
#Bo'ka_tumani

EZGULIK ALBATTA QAYTADI!

❤️Donorlik — bemorga yordam tariqasidagi o‘z qoni va uning tarkibiy qismlarini tibbiyot ehtiyojlari uchun berishdan iborat bo‘lgan erkin ifodalangan ixtiyoriy harakatdir.

🔷Bo'ka tumani Tibbiyot birlashmasi (Markaziy shifoxona) binosida beg'araz donorlar ishtirokida "Ezgulik albatta qaytadi!" shiori ostida xayriya qon topshirish aksiyasi o'tkazildi.

Aksiyada tumanimiz aholisi, Ichki ishlar bo'limi, Milliy gvardiya xodimlari va bir guruh yoshlar ishtirok etishdi.

🔴O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi nomidan aksiyada qatnashgan barcha donorlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!