BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.8K photos
1.93K videos
8 files
7.52K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Niyozov Xolmirza Oʻzgenovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Bahodirovich Alimbekov vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#rasmiy
🟩🟩🟩🟩

Obidov Zoxidjon Muqumjon o'g'li — O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Z.Obidov
1995-yilda Toshkent viloyati Bo'ka tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti – tugallanmagan oliy. Xalqaro Buxgalteriya va moliya universiteti 4-bosqich talabasi.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish bo'yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Salixov Sherzod Abduhakimovich Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi

Sherzod Salixov
1982-yili Toshkent tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2004-yili Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2017-yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan. 

Sherzod Salixov mehnat faoliyatini Toshkent tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi shirkat xo'jaligida ishchi vazifasida boshlagan.

Shuningdek, faoliyati davomida u “Abduhakim baraka” fermer xo‘jaligi rahbari, Zangiota tumani “Navoiy mirishkor” agrofirmasi rahbari, Toshkent tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari singari mas’ul vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Sherzod Salixov Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy

Viloyat hokimligining telegram kanalida izoh bildirish funksiyasi yoqildi

Endilikda Toshkent viloyati hokimligining internetdagi rasmiy sahifalari “Izohlar” boʻlimi orqali yoʻllangan taklif va murojaatlar ijroga qaratiladi, masʼullar tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#rasmiy
🟩🟩🟩🟩

Ismoilov Murodiilla Ziyodullayevich — O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

M.Ismoilov
1992-yilda Toshkent viloyati Bo'ka tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti – oliy. 2016-yilda Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Bo'ka tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Nogironligi bo'lgan shaxslar bilan ishlash sho'basi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga
rasmiy munosabat

🔺 Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali "Bo'kada fermerlar majburiy obunaga jalb etilmoqda" sarlavhasi ostida tanqidiy material e'lon qilindi. Unda qayd etilishicha tuman hokimi tomonidan barcha turdagi fermer xo'jaliklari tuman va viloyat gazetasiga majburiy obuna bo'lishga majburlanayotganliklari, shuningdek majlislar soni ko'pligi va unga ishtirok etmagan fermerlarni yerini tortib olish bilan qo'rqitish holatlari kuzatilayotganligi ma'lum qilingan.

🔹 Toshkent viloyati hokimining tashabbusi bilan haftaning shanba kunlari "Fermerlar kuni" etib belgilangan bo'lib, unda mas'ullar va fermer xo'jaliklariklari rahbarlari ishtirokida qishloq xo'jaligida kechiktirib bo'lmaydigan muhim vazifalar belgilab olinadi.

🔺 O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi 15-farmoniga asosan fermerlar tomonidan ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan taqdirda Kengash tavsiyasi asosida bir tomonlama bekor qilish mumkinligi ta'kidlanib, fermer xo'jaliklari rahbarlarining hujjatlarni rasmiylashtirishda befarqlik qilmasliklari maqsadida aytib o'tilgan.

🔹 Ko'rib chiqiladigan muhim masalalardan so'ng fuqarolarning ma'naviy ongini yanada yuksaltirish maqsadida tuman va viloyat hayotida sodir bo'layotgan muhim o'zgarishlar, qonunchilikdagi yangiliklar, dala madaniyati, fermerlarning daromadlarini oshirish bo'yicha tavsiyalar, fermerlar uchun alohida sahifa tashkil qilinganligi ta'kidlanib, tumanning ijtimoiy-siyosiy hayotini yoritib boruvchi gazetalarga obuna bo'lish tavsiya qilingan. (Majburlanmagan)

🔹 Qayd etish joizki, materialda tanqidga olingan holatlar noto'g'ri talqin qilinib, bu orqali kuzatuvchilarga noto'g'ri ma'lumot berilganligini, Bo'ka tumani hokimligi tomonidan majburiy obunaga jalb qilish holatlariga yo'l qo'yilmasligini ma'lum qilamiz.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

"O'zbekiston | 24" telekanali orqali efirga uzatilgan tanqidiy material yuzasidan
rasmiy munosabat.

Kuni kecha "O'zbekiston | 24" telekanali orqali Toshkent viloyati hokimligining tegishli tashkilotlari tomonidan shartnoma ijrosi to‘liq nazoratga olinmagani sabab Bo‘ka tumanidagi bir nechta ma’muriy binolar hamda aholi xonadonlariga sifati kafolatlanmagan, ishlab chiqaruvchisi noma’lum bo‘lgan quyosh panellari va uskunalari o‘rnatilgani haqida tanqidiy material e'lon qilingan edi.

Qayd etish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi PF-220-sonli farmoni asosida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning farmoyishi imzolangan. Unga ko'ra viloyat mahalliy byudjeti hisobidan "Temir daftar"larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qayta tiklanuvchi energiya manbaalari bilan ta'minlash maqsadida quyosh panellarini o'rnatish ishlari boshlangan.

Belgilangan tartibda (ro'yhat asosida) xonadonlarga 1 kV quvvatga ega quyosh panellari o'rnatilgan va soz holatda foydalanishga topshirilgan.

Videolavhada qayd etilgan holat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilayotganligini, shratnomada ko'rsatilgan talablar to'liq bajarilganligi yuzasidan o'rganish ishlari yakunlangach qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Abdurasul Abdullayev boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Bugun viloyat hokimligida Zoyir Mirzayev Abdurasul Abdullayev bilan samimiy xayrlashib, kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Erkin Madorbekovich Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Erkin Muhiddinov bunga qadar Ohangaron tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM