Brogrammist
1.23K subscribers
107 photos
10 videos
2 files
110 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
`EventListener` obyekti

Yaqinda `addEventListener` metodi callback sifatida faqat funksiya emas obyekt ham olishini bilib qoldim. Agar MDN Web Docs 'dan qarasangiz ham listenerga shunday tarif berilgan:

"The object that receives a notification" (link).

Ya'ni bildirishdi qabul qiluvchi obyekt! Keyin o'ylab qoldim, agar biz listener sifatida obyekt ishlata olsak, u bilan bog'liq bo'gan kodimizni o'sha obyekt bilan inkapsulyatsiya qilishimiz mumkin bo'ladi. Masalan:


const listener = {
state: {
message: "Hello",
count: 0,
},
handleEvent(event) {
this.state.count++;

console.log(
event.type,
this.state.message,
this.state.count
);
},
};

button.addEventListener(
"click", listener
);


Albatta bu usul qanchalik amaliyotga to'g'ri kelishi haqida shubham bor. Shuning uchun keyingi safar event'lar bilan ishlaganimda shu usuldan foydalanib ko'raman. Chunki tajriba qilish o'rganishning eng samarali yo'li.

#js #event #object #evenlistener #jsdaily
👍1