Brogrammist
1.25K subscribers
105 photos
10 videos
1 file
98 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
Forwarded from 42⚡️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Frontend intervyu masalalari

Endi 42Arena da frontend (react) bilimlaringizni ham charxlashingiz mumkin.

👉 42.uz/arena
🔥19👍2👏2🎉1
Oxo 👀
🤯5
Shu kartani andoza sifatida qo'shishibdi. Granata otish uchun trenirovka kartasi, JS da yozilgan. ⚡️Yana boshqa na'munalar ham bor ekan (Chess, Model changing, etc).

Yaqinda o'zi Counter-Strike'da kartalarni o'zgartirish haqida o'rganyotuvdim. Bugun kartalarga JavaScript support qo'shishibdi. Script yozish oldin ham mavjud edi. Lekin endi JS bilan yanayam kreativ kartalar yaratsa boladi🙂
👍17🔥2🤔1
42⚡️
15 daqiqadan so'ng jonli darsni YouTubeda boshlaymiz: youtube.com/live/9DCwP6Xkujk
Ochiq darsimiz tugadi. YouTube dan bemalol ko'rishingiz mumkin.

Xavfsizlik mavzusida ko'p to'xtalib qolganimiz uchun Case Study mavzusini to'liq yoritolmadim. Buning uchun uzr so'rayman.

P.S. Davom ettirsamam bo'lardi lekin gapiraverib tomog'ib og'rib qoldi🥲
🔥23👍10👏6
Frontend System Design Mock Interview

Kandidat: Diyorbek Sadullaev (@brogrammist)

Intervyu oluvchilar:
- Umar Sadullayev (@JoshDeveloper)
- Shahzod Tursunov (@shahzodcodes)

Vaqt: 30-sentyabr, 21:00

YouTube link: https://youtube.com/live/Asue50XgbL8?feature=share

Komponent arxitekturasi, state management'dan tortib, performance optimizatsiya, scalability mavzularigacha savollar bo'ladi.

Yetakchi tech kompaniyalarda senior va lead lavozimlarida ishlab kelyotgan mutaxassislardan o'rganamiz!

Frontend tizim dizayni kursiga qo'shiling: https://42.uz/course/frontend-tizim-dizayni
👍24🔥6👎1🎉1
Men 5 yil oldin yasagan pet-project bugun 10 000 so'm foyda olib keldi. 🥲
😁43👏10🎉4🔥1
O'zgaruvchi/funksiya nomlarini yozganda qisqartmalarni qanday yozishga ikkilanaman:

Katta harf bilan yozaveraymi yoki kichik harfga o'zgartirsammi? 🤔

Mana sizga clean code tip:

Qisqartmalarni boshqa so'zlardek kichik harf bilan yozing!

🚫 validateXMLFile
validateXmlFile

🚫 sendJSONRequest
sendJsonRequest

Shunday qilinsa, so'zlarni o'qish osonlashadi.

Ayniqsa bir nechta qisqartmalar yonma-yon kelganda buning foydasini ko'rish mumkin.

🚫 setRESTAPIURL
setRestApiUrl


P.S. LinkedIn'dan chopildi
👍37🔥8
Dasturchilik Darajalari Qo‘llanmasi

📎 Link

P.S. Yana LinkedIn'dan chopildi
👍10🔥4👏2
Lotin-Kirill dasturim analitikasida meni ko'p hayron qoldiradigan narsa bu - aktiv foydalanuvchilar demografiyasi!

Indonesiyadan har doim 10-15 ta user bor. Oxirgi oylarda Rossiya orqada qolib, Xitoy va Singapurdan foydalanuvchilar paydo bo'lishni boshladi. 🤨

Balki VPN dir?
Ishonish qiyin. Xitoyda bloklangan saytlar bizdan ko'ra ko'proq.

O'zbekistonlik talabalar/ishchilar?
Bo'lishi mumkin. Lekin Xitoyda o'qishsa ham, bunchalik aktiv foydalanuvchilar bo'lishi menga qiziq tuyulyapti.

Tilshunos/Tadqiqotchilar
Bu ham variant. Ammo yana yuqoridagi savol qiynaydi.

Botlar?
Ehtimoldan holi emas. Lekin maqsad tushunarsiz. Open-source library bo'lsa, nima qilishadi UI ishlatib? 🤷‍♂️

Xullas, bilmadim. Nima bo'sayam tinchlik bo'sin.🤲
👍12🔥3
Intervyu savoli

Ushbu koddagi o'zgaruvchilar jami taxminan qancha xotira egallaydi?

const a = "..."; // 100MB string

const b = a;

let c = b;

var d = [c];


Javoblaringizni izohlarda qoldiring 👇
😁9🔥1🤔1
Brogrammist
Intervyu savoli Ushbu koddagi o'zgaruvchilar jami taxminan qancha xotira egallaydi? const a = "..."; // 100MB string const b = a; let c = b; var d = [c]; Javoblaringizni izohlarda qoldiring 👇
Javob

Taxminan: 100 MB

Chunki, primitivlar ham "reference" orqali ko'chiriladi. Faqat o'sha nusxalardan biri o'zgargach "reference"lar bo'linadi va xotirada alohida joy olishni boshlaydi.

Bu V8 engine'sida, xususan Chrome va Node.js da shunday ishlaydi. Boshqa JS engine'lar optimizatsiyasi farq qilishi mumkin. Chunki ECMAScript spec'ida ayanan biror optimizatsiya uchun talab qoyilmagan.

Oddiy lekin chag'ituvchi savol.
👍15🔥2
Shaxsiy vebsaytimni open-source qildim

Kodi zo'r yozilmagan. Lekin yashiradigan narsamam yo'q ichida. 🙂

Blogni o'zim 0 dan yasaganman. Boshida postlarni yozish uchun CRUD app qilgandim. Backend API, database, authnetication. Xullas yaxshigina overengineering bo'lgan. Albatta, o'rganish uchun.

Keyinchalik esa murakkablikdan qochib, iloji boricha sodda yechimlar qilish kerakligini anglab yetganman. Shu sabab postlarimni oddiy markdown fayllarga aylantirganman.

Markdown fayllar /public/articles ga qo'shiladi. Saytga kirganda o'sha yerdagi fayllar ro'yhati ko'rsatiladi. Birortasini ochganda markdown HTML ga o'girilib sahifada ko'rsatiladi. Tamom.

Faqat domen uchun pul to'layman xolos.

https://github.com/diyorbek/diyorbek.blog
🔥16👍7👏1