Blogger Abdullayev
12.3K subscribers
639 photos
944 videos
12 files
3.06K links
@antikorruz ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri

Ambassador - @mobiletaxi_chirchik_bot
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat #tarqating

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chirchiqda bespredel" nomi bilan tarqalgan video lavha yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining
RASMIY MUNOSABATI

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chirchiqda bespredel" nomi bilan tarqalgan video lavha aslida Chirchiq shahar hududida boʻlmaganligi aniqlangan.
Hozirda bu holat holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar surishtiruv va dastlabki tergov ishlarini olib borayotganligini maʼlum qilamiz.


P.s:Videoni joylashim bilan Chirchiq shahar hokimligining axborat xizmati rahbari Xushbaxt Yo'ldoshboyev aloqaga chiqib rasmiy munosabat berdi.


Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

©Blogger Abdullayev

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Muammosi hal etilmagan yosh hamda ''Kamolot" mahallasi yoshlar yetakchisini o‘z ishiga panja orasidan qarab kelgani" " mazmunida tanqidiy material eʼlon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Fuqaro Djaymanova Madina hozirgi paytda ishda boʻlganligi sababli telefon orqali suhbatlashildi.
Suhbat jarayonida M.Djaymanovaning pasporti yoʻqolganligini maʼlum boʻldi.
M.Djaymanovaning muammolarini ijobiy hal etishni Yoshlar ishlari agentligi Chirchiq shahar boʻlimi boshligʻi Nuriddin Mirzayev nazoratga oldi.
Shuningdek, "Kamolot" mahallasi yoshlar  yetakchisiga "hayfsan" berilgan.

Расмий муносабатга шахсий муносабат.

Ҳурматли Нуриддин Мирзаев бу етакчи ҳақида аввал ҳам огоҳлантириш берганман сизга! Қанақа "Ҳайфсан" бу ўз ишига совуққонлик билан масъулиятсизлик қилган етакчини ишдан олиб қолишдан нима наф ёки орқасида танкаси бор дейсизми? Агар танкаси орқали ишдан олмаётган бўлсангиз мавзуни ёритишда давом этамиз! Қолаверса "Ҳайфсан" жазоси берилганига асос берилмагунча ман ҳам жамоатчилик назорати ҳам ишонмайди.

Стоматитда ақлли даво бу @METILKA

©Blogger Abdullayev

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Sotuvchi oʻzini yoqib yubormoqchi boʻldi” videolavha yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB TQX TQKG hodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, videoyozuvdagi shaxs 1978-yil 4-mayda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan (Muqaddam Oʻz.R. MJtKning 41,47,52,183(3-marotaba), 194-moddalari bilan javobgarlikka tortilgan) shaxs M.K joriy yilning taxminan 10-iyun kunlari savdo qoidalarini buzayotganligi sababli Chirchiq shahar DSI xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishlariga nisbatan oʻzining norozilik harakatlarini shu kabi namoyish qilish orqali bildirishga urungan.
Joriy yilning 28-iyun kuni mazkur shaxs M.K qayta ogohlantirishlarga qaramay, Bozor hududida emas balki sotuv uchun belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilayotgan vaqtda “Ishchi guruh” tomonidan M.Kga tushuntirish ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonda fuqaro M.K “Ishchi guruh” xodimlariga provokatsiya koʻrinishidagi salbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltirishga urungan.
Ushbu jarayon davomida tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur holat yuzasidan hozirda fuqaro M.Kga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

P.s: Чирчиқ шаҳар ҳокимлиги берган расмий муносабатга шахсий муносабат ушбу видео ижтимоий тармоқларда қонуний фаолият олиб борган давлат одамларини обрўсизлантиришга ҳаракат қилган ва ижтимоий тармоқларда тарқалишига сабабчи бўлган Parfum._.s дўкони маъмуриятига ҳам чора кўрилсин. Мазкур муаммо фақат бир томонлама давлат одамларини обрўсизлантиришга қилинган ҳаракат деб ҳисоблайман. Қолаверса ушбу шахс ўз саҳифасидан Блоггер Абдуллаев ёзган изоҳдан сўнг видеони ўчириб юборди. Давлат солиқ қўмитаси Чирчиқ шаҳар бўлими ушбу дўконни текшириши керак деб ўйлайман. Ушбу видеони олган шахсни исмини Ситора дейишмоқда. Бизга келаётган маълумотларда Чирчиқ шаҳар ҳокими Муроджон Абдураҳимов ушбу мурожаатни назоратга оласиз деб умид қиламан.

𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

Сифатли ва ишончли қурилиш Art house Global @global_house

©Blogger Abdullayev

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Yetakchilar o’z vazifasini bajarish o’rniga ko’cha tozalamoqda mahalaga borsak topilmaydi murojaat bilan telefon qilsak ko’tarib hargal hashardamiz deb aytadi bu qanchalik rost yoki yolg’on, 1 oyda 30-31 kun bo’lsa faqat hasharda obodonga ishg o’tib ketganmi birbalo, Chirchiq shahrimizda yetakchidan boshqa tashkilot yoqmi xasharga chiqarishga Mahallaga borasak boshqa xodimlar joyida lekin yetakchi degan shaxs xasharda boshqa viloyatga ham chiqmoqda ekan qoyi" mazmunidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 534-F sonli farmoyishiga asosan Respublika miqyosida, shu o‘rinda Chirchiq shahrida ham 24 va 25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilgan.
Ushbu xayriya hasharida Chirchiq shahridagi barcha yoshlar yetakchilar o‘z tashabbuskorligi va mahalladagi volontyor yoshlari bilan ishtirok etganligini ma’lum qilamiz.

𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

Eng mazali Qarsilama somsa - +998950733100,
+998959925000

©Blogger Abdullayev

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri Blogger Abdullayev tomonidan chiqarilgan "Chirchiq shahar “Yangi O‘zbekiston massivida ustalar yerni betonlash ishlarini olib bormoqda. Afsuski, betonlash jarayonida daraxtlarni ham betonlab ketishmoqda” mavzusidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, Chirchiq shahar Ekologiya inspeksiyasi mas’ullari ushbu xolat yuzasidan joyiga chiqib o’rgandi va quruvchiga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi hamda muammo bartaraf etildi.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi


𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

Imosh Cafe Fast Food va Milliy taomlari - @Imoshcafe

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri Blogger Abdullayev tomonidan chiqarilgan "Chirchiq shahar 8-kichik nohiya hududida daraxtlarni koʻchirib oʻtkazishmoqda. Ekologiya ruxsat berganmi yoki ogʻiz ochib oʻtiribdimi?” mavzusidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni maʼlum qilamizki, Chirchiq shahar Ekologiya inspeksiyasi masʼullari ushbu holat yuzasidan joyiga chiqib oʻrgandi va Daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish uchun berilgan hujjatlarda kamchilik boʻlganligi sababli daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish toʻxtatib qoʻyildi.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

Imosh Cafe Fast Food va Milliy taomlari - @Imoshcafe

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq faoli Blogger Abdullayev tomonidan "Essiz byudjet mablagʻlari, essiz fuqarolarning harakati..." deb chiqarilgan tanqidiy post yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu asfaltlash ishlarini olib borayotgan quruvchi tashkilot asfalt sifati qay darajaligiga javobgar.
Qolaversa asfaltlash ishlari qoniqarsiz bo’lsa, yakunlanganidan soʻng, mas’ul tashkilot tomonidan obyekt qabul qilinmaydi va quruvchi tomonidan kafolat xati olinadi.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi


𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

Imosh Cafe Fast Food va Milliy taomlari - @Imoshcafe

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahar “Ma’rifat” MFY hududida joylashgan O‘rta jome masjidi oldidagi mana bu holatdan mas’ullarni xabari yo‘qmi…?” mavzusidagi murojaat yuzasidan
Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu ichki yo‘llar “Ma’rifat” MFY T.Malik va Uvaysiy ko‘chasi bo‘lib, mazkur ko‘chalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi “Toshkent viloyati Chirchiq shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 504-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan ishlardan ortirilgan mablag‘lar hisobidan “Manzilliy dastur”ga kiritilib 2025-yil II-choragi davomida mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilganligan.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

ANTIKORRUPSIYA OAV maxsus muxbiri Vahobjon Abdullayev tomonidan "Chirchiq shahrida yangi axlat poligoni barpo etilmoqdami?" deb eʼlon qilingan tanqidiy post yuzasidan
Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu muammo hozirda Chirchiq shahar hokimligi tomonidan nazoratga olinib, hududda tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xushbaxt Yuldoshvoyev,
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari - matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda «Itlarga talanayotgan insonlar taqdiri...» mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Daydi hayvonlarni tutish” brigadasi xodimlari 2024-yilning 25-28-dekabr kunlari mazkur murojaatda ko‘rsatilgan manzildan (3-kichik nohiya 27-ko‘p qavalli uy oldi) 17 bosh daydi itlar tutilib, olib ketilgan hamda mazkur hududda doimiy ravishda reydlar olib borilmoqda.

𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

©Blogger Abdullayev

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi "Chirchiq shahar Amir Temur shoh koʻchasi masʼullar eʼtiboridan chetda qolganmi?" deb e'lon qilingan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining
RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, “Yangi O’zbekiston” massivini oqova tizimi bilan ta’minlash maqsadida “Yangi O’zbekiston” massividan Haydar Maqsudov mahallasigacha bo’lgan hududda 800 diametrli quvurda 11 km oqova kollektori tortilgan edi. Quruvchilar qurilish ishlarini yakunlab yo’llarni to’liq ta’mirlashgan edi. Ammo, hozirgi kunda Amir Temur yo'lida qisman chuqurlar paydo bo'lgan. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida hozirgi kunda shag'allashtirish, kunlar isigandan so'ng, asfaltlash ishlari olib boriladi.

𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

©Blogger Abdullayev

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chirchiq shahar X.Maqsudov MFYdagi holat" deb e’lon qilingan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni maʼlum qilamizki, ushbu murojaat Chirchiq shahar hokimi tomonidan nazoratga olindi va tez orada aholi yurishi qulay boʻlishi uchun shagʻallashtiriladi. Kunlar isigandan soʻng, asfaltlash ishlari olib boriladi.

𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐪𝐢𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥𝐞 𝐭𝐚𝐱𝐢 +998702010505

©Blogger Abdullayev

Obuna bo'ling
https://t.iss.one/+P8S52SBhMmQwMTBi