#Tashrif davomidagi topshiriqlarning bajarilishi
#Beruniy tumani

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqarǵi Kengesi Raisi A.Orinbayevning joriy yil 14-oktyabr kuni Beruniy tumaniga tashrifi davomida tumandagi 53-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan joriy ta'mirlash ishlari bilan tanishib, bir qancha topshiriqlar bergan edi.

#Mazkur topshiriqlar ijrosiga qaratilgan ta'mirlash ishlarni qisqa fursatda bajarib bitkazish bóyicha Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev va tuman prokurori M.Atadjanov bugun 53-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bóldi. Pudratchi tashkilot rahbariga binoni 10-noyabr kunigacha bitirib, topshirish bóyicha kórsatmalar berdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Tashrif davomidagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqarǵi Kengesi raisining Beruniy tumaniga tashrifi jarayonida tuman faollari bilan uchrashuv ótkazib, bir qancha kamchiliklarga tóxtalib ótgan edi.

#Hususan tumandagi barcha ishlar "Mahallabay" tizimi asosida amalga oshirilayotgan bir vaqtda bazi mahallalardagi yoshlar madaniyat bólimining tógaraklariga qamrab olinmagan. Bunday kamchiliklarga yol qóyib bólmaydi deya aytib ótgan edi.

#Tashrif davomidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Beruniy tumani Madaniyat markazida ishchi guruh tuzilib tumandagi umumiy órta ta'lim maktablarida óquvchi yoshlar bilan uchrashuvlar ótkazilib, tógaraklarga qiziqishi bor, iste'dodli yoshlarni jalb qilish bóyicha tarǵibot ishlarini hudud yoshlar yetakchilari bilan birgalikda olib bormoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#IMKONIYATDAN FOYDALANING
#INFOGRAFIKA

#Qoraqalpoǵiston Respublikasida tadbirkorlik qilish istagidagi ishbilarmonlarni taklif etamiz.

#Qoraqalpoǵistonda biznes qiling

👉Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev
#Qoraqalpoǵiston Respublikasi
#Beruniy_tumani
#Qishloq xójaligida amaliy seminar

#Bugun Beruniy tumanida qishloq xójaligi bóyicha seminar Biybozor OFY hududidagi "Akrom" fermer xójaligi dala maydonida bólib ótdi.

#Seminar davomida yerdan unumli foydalanish, yerga yer qóshish, kuzgi surum, lazerli tekislash, suv tejovchi innavatsion texnologiyalardan unumli foydalanish va chel olish, dala madaniyati bóyicha soha mutahassislari tomonidan kórgazmali tarzda ótkazildi.

#Seminarga QR Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xójaligi masalalari bóyicha órinbosari D.Kaipov, Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev, sektor rahbarlari, qishloq xójaligi hodimlari, fermer xójaligi raislari ishtirok etdi.

#Paxtadan bóshagan yerlarda shudgorlash va lazerli tekislash ishlarini óz vaqtida va sifatli olib borish, dala madaniyatini keng tarǵib qilish bóyicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

📌Seminar ma'lumotlari bilan tóliq tanishtirib boramiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr harakati boshlandi

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqorǵi Kengesi Raisi topshiriǵiga asosan Respublikamizda "Mehr harakati" aksiyasi boshlandi.

Ezgulik va yaxshilik yólida birlashaylik.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Mehr harakati boshlandi

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi shaxar va tumanlarni ijtimoiy- iqtisodiy ahvolini yaxshilash, hududda amalga oshiriladigan ishlarni tizimli ravishda nazorat qilish hamda ularga amaliy yordam kórsatish bóyicha Beruniy tumaniga biriktirilgan ishchi guruh va tuman hokimi Atabek Saparbayev boshchiligida mahallalarda órganishlarni boshlab yubordi.

Beruniy tumani bóyicha 74 ta ta'mir talab xonadonlarning róyxati shakllantirilgan bólib, har bir xonadon alohida nazoratda bóladi va amaliy yordamlar kórsatiladi. Ishchi guruh boshchiligida xonadonlarga kirib, aholining muammolarini hal qilish, qanday yordam berish bóyicha kelishib olindi. Xonadonlarga oziq-ovqat mahsolotlari berildi.

1-sektor hududi Xorazm mahallasida yashovchi fuqaroning uyida elektr energiyasi óchirilgani, sabab esa 3 million sóm qarzdor ekanligi aytilgach masala shu yerning ózida tuman hokimi A.Saparbayev tomonidan hal qilindi. Qarzdorlik sóndirilib, uyda chiroq yondi. Uy-joyni ta'mirlash masalasida yordam beriladigan bóldi.

#Mehr harakati odamlar turmushini yanada yaxshilash, ularga yordam berish va ezgulik ulashish yólidagi birdamlik harakati sifatida boshlandi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Mehr harakati boshlandi

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi shaxar va tumanlarni ijtimoiy- iqtisodiy ahvolini yaxshilash, hududda amalga oshiriladigan ishlarni tizimli ravishda nazorat qilish hamda ularga amaliy yordam kórsatish bóyicha Beruniy tumaniga biriktirilgan ishchi guruh a'zolari va tuman prokurori, 2-sektor rahbari  boshchiligida Palvash va Órazboy Jumaniyazov mahallalarda órganishlarni boshlab yubordi.

Beruniy tumani bóyicha 74 ta ta'mir talab xonadonlarning róyxati shakllantirilgan bólib, mahallalardagi sharoiti órganilib, har bir xonadonga  amaliy yordamlar kórsatilishi bóyicha ishchi guruh joyida rejalar tuzdi.

#Mehr harakati orqali qiynalgan va yordamga muhtoj oilalar turmushini yanada yaxshilashga bólayotgan e'tibor, odamlarning bugunidan rozi bólib yashashiga sabab bóladigan ezgu harakatdir.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Mehr harakati boshlandi

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi shaxar va tumanlarni ijtimoiy- iqtisodiy ahvolini yaxshilash, hududda amalga oshiriladigan ishlarni tizimli ravishda nazorat qilish hamda ularga amaliy yordam kórsatish bóyicha Beruniy tumaniga biriktirilgan ishchi guruh a'zolari va tuman ichki ishlar bólimi boshliǵi, 3-sektor rahbari  M.Muratov boshchiligida Yangiobod  mahallasidagi yashash sharoiti oǵir xonadonlar órganildi.

Beruniy tumani bóyicha 74 ta ta'mir talab xonadonlarning róyxati shakllantirilgan bólib, mahallalardagi sharoiti órganilib, har bir xonadonga  amaliy yordamlar kórsatilishi bóyicha ishchi guruh joyida rejalar tuzdi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

#Mehr harakati orqali qiynalgan va yordamga muhtoj oilalar turmushini yanada yaxshilash, ularga yordam berish, odamlarning bugunidan rozi bólib yashashi uchun sharoit yaratishni boshlagan ezgulik va savob amallar bilan yóǵirilgan harakatdir.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Topshiriqlar ijrosi
#Beruniy tumanida aholiga xizmat kórsatish sohasi rivojlanmoqda

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqari Kengesi Raisi A.Orinbayev joriy yilning 14-oktyabr kuni Beruniy tumaniga tashrifi davomida faollar va korxona-tashkilot raxbarlari bilan uuchrashib, bir qancha topshiriqlar bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Beruniy tumanida aholiga xizmat kórsatish sohasi bóyicha Amir Temur mahallasida tadbirkor Baxtiyor Matyakupov tomonidan, "DR AKROM DENTA" MCHJ stomatalogiya xizmati yangidan tashkil qilindi.

Loyiha qiymati 600 million sóm bólib, 4 nafar yangi ish órni yaratildi hamda sifatli stomotologiya xizmati kórsatish yólga qóyildi.

Zamon talablariga mos ravishda jihozlangan bino bugun Beruniy tumani nuroniylari va tuman hokimining birinchi órinbosari U.Matirzayev tomonidan tantanali ravishda ochildi va tadbirkorning ishiga rivoj tiladi.

Aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, sifatli xizmat kórsatishni rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan oqilona siyosat bugun odamlarning roziligiga sabab bólmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Xiva
#Qovun_sayli2023
#Qoraqalpoǵiston

Bugun Xorazm viloyati Xiva shaxrida "Qovun sayli" tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Unda
Qoraqalpoǵiston Respublikasi ham munosib ishtirok qilmoqda.

Qoraqalpoǵistonda ham qovun yetishtirishning óziga xos maktabi yaratilgan. Shabboz qovunlarining mazasi va dovruǵi esa dunyoga mashxur bólgan.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati