#Qoraqalpoǵiston Respublikasi
#Beruniy_tumani
#Qishloq xójaligida amaliy seminar

#Bugun Beruniy tumanida qishloq xójaligi bóyicha seminar Biybozor OFY hududidagi "Akrom" fermer xójaligi dala maydonida bólib ótdi.

#Seminar davomida yerdan unumli foydalanish, yerga yer qóshish, kuzgi surum, lazerli tekislash, suv tejovchi innavatsion texnologiyalardan unumli foydalanish va chel olish, dala madaniyati bóyicha soha mutahassislari tomonidan kórgazmali tarzda ótkazildi.

#Seminarga QR Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xójaligi masalalari bóyicha órinbosari D.Kaipov, Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev, sektor rahbarlari, qishloq xójaligi hodimlari, fermer xójaligi raislari ishtirok etdi.

#Paxtadan bóshagan yerlarda shudgorlash va lazerli tekislash ishlarini óz vaqtida va sifatli olib borish, dala madaniyatini keng tarǵib qilish bóyicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

📌Seminar ma'lumotlari bilan tóliq tanishtirib boramiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati