#Hokim yordamchilarining faoliyatini o'rganib…
#Turon mahallasi misolida

#Beruniy tuman hokimining birinchi o'rinbosari U.Matirzaev, boshchiligida hududlarda hokim yordamchilarining ish faoliyatlari bilan tanishish, aholini kambag'allikdan chiqarish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilayotganini ko'rish maqsadida Turon mahallasida bo'ldi.

#Hudud hokim yordamchisi R.Urinboev shu kungacha aholi xonadonlarida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, yiliga 2-3 marta hosil olish va ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan band qilish xamda qo'shimcha daromadga ega bo'lishi bo'yicha tushuntirishlar olib borib, 27 ta xonadonga issiqxona qurishni rejalashtirilgan.

#Rejalarning amaliy natijasi o'laroq xozirgi kunda 17 ta xonadonga imtiyozli kredit, 10 ta xonadonga subsidiya mablag'lari hisobiga 1 sotixli ixcham issiqxonalar qurib berilishi natijasida 27 ta ishsiz fuqarolarning doimiy bandligi ta`minlanadi. Fuqarolar tomonidan issiqxonalarda sabzavot va ko'kat ekililishi belgilangan.

#Qo'shimcha daromadning foydasi:
Masalan fuqaro Aysha Ibragimovaga 1 sotixli issiqxona subsidiya xisobiga o'rnatib berilishi natijasida issiqxonadan olgan daromadidan 2 bosh chorva molini olib ko'shimcha daromad oldi. Bu kabi tizimli ishlar davom etmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Yashil makonga mening hissam
#Turon mahallasida ayollar “Yashil makon” loyihasiga o'z hissasini qo'shdi

#Beruniy tumani Turon mahallasidagi ayol-qizlar “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida e'lon qilingan dolzarb 40 kunlik tadbirlarida ishtirok etib, tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva bilan birgalikda dala chetlariga tut va manzarali daraxt ko'chatlarini ekdi.

#Asosan pilla yetishtirish bilan shug'ullanadigan hududlarda pillaning ozuqu bazasi hisoblangan hamda iqlim sharoitiga to'g'ri keladigan tut ko'chatini ekishning foydasi ko'p. Yashil makon yaratish esa, ekologiyaga ijobiy ta'sir qilish bilan bir qatorda bir nechta sohalarning rivojiga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Yangi yilga yangi rejalar.
#Turon mahallasining hokim yordamchisi tomonidan 25 nafar ayollar kasanachilik asosida ish bilan band bo'ldi.

#2022-yil davomida faoliyat olib borgan hokim yordamchilariningish faoliyatga to'xtalar ekanmiz, aholining farovon yashashi, daromadli bo'lishi, o'z kasbi bilan shug'ullanishi uchun sharoit yaratishi borasidagi amaliy harakatlari o'z o'rnini topayotganining guvohi bo'lamiz.

#Beruniy tumani Turon mahalla fuqarolar yig'ini hokim yordamchisi Rasul Urunbaev tomonidan yil davomida 104 nafar fuqarolarga 2 mlrd 300 million so'm miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratilgan. Imtiyozli asosda ajratilgan kreditlar asosida, yana 6 nafar fuqaroga qishloq ho'jaligi texnikalari olib berildi va bandligi ta'minlandi.
#Turon mahalla fuqarolar yig'inida 5.500 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 2700 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. 3-bosqich “Ayollar daftari” ga 101 nafar ayollar kiritlgan bo'lsa, ularga manzilli yordamlar berilib o'z ishlarini boshlash uchun sharoitlar yaratilgan. 2023 yil xatlov natijasida 4-bosqich “Ayollar daftari” ga 157 nafar xotin-qizlar kiritilgan.

3-bosqich “Ayollar daftari” ga kiritilgan Nodira Qutlimuratova ham kasanachilik asosida ish boshlagan. Uyida tashkil etilgan tikuvchilik sexida 20 nafar ayol-qizlar ish bilan band. Buyurtma asosida parda, to'y sarpolari, ko'rpa-to'shak, bolalar va ayollar kiyimlari tikadi. Zamonaviy ko'rinishdagi, bir-biridan a'lo tikilgan kiyimlar ichki bozorda xaridorgir ekanligini aytib o'tdi.

Hunar insonni hech qachon xor qilmaydi. 2-guruh nogironi ekanligim esimdan ham chiqib ketgan hamma qatori ishlab, oilamga daromad topsam deyman. 50 nafar ayollarni bemalol ish bilan ta'minlab, ularni boshqara olaman. Hozirda shu reja ustida ish olib boriyabman deydi biz bilan suhbatda qahramonimiz. Uyida o'tirib noshukurlik qilayotganlarga, ish yo'q deb noliganlarga hayron qolaman. Ishlasangiz ish ko'p, o'rgansangiz ming bir hunar bor, buning uchun odamda qiziqish va qunt bo'lsa kifoya. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram