#Asosan uy-joylarning ustini bostirishda ishlatiladi. Qamish bilan bostirilib, suvoq qilinsa, yozda salqin qishda issiq bo'ladi. Hozirgi kunda ko'ngilochar va ovqatlanish joylarining yozgi ayvonlarida ham tabiiy qamishdan ishlangan devorlar uchraydi. Yozda ayniqsa, salqin bo'lishni ta'minlab berar ekan.

#Tinchlik OFY fuqarosi Erkaboy Tleubaev bu ish bilan shug'ullanganiga 10 yildan oshayotganini aytib o'tdi. Oila a'zolarining barchasi bu hunarni puxta egallagan. Mavsum davomida bemalol 15-20 million foyda qilsa bo'ladi. Hozirda Xorazm viloyati bu mahsulotning asosiy xaridori bo'lmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Qishloq hududi, uning sodda odamlari ayniqsa, dehqonchilik bilan shug'ullanib, bor mehrini ona zamin bilan tillashib ishlayotgan insonlarni ko'rsangiz g'ayratingiz oshadi. Hokim yordamchisi hududni o'rganishdan faoliyatini boshlagan. 5138 nafar aholi 1006 ta xonadonlarda istiqomat qiladi.

#Asosan dehqonchilik, chorvachilik, tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. 12 ta kredit chiqishi evaziga bir qancha yangi ish o'rinlari yaratilib, hududda hizmat ko'rsatish sohasi rivojlandi.
#Og'ir hudud bo'yicha Lolazor mahallasida ishlar boshlanadi

#Og'ir hudud toifasiga 2022 yilda Beruniy tumanidan Shabboz ovul fuqarolar yig'ini hamda Lolazor mahallasi kiritilgan. Beruniy tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Atadjanov va hududdagi hokim yordamchisi D.Abdullaev mahalla aholisi bilan uchrashib, og'ir hudud bo'yicha bajariladigan ishlarni batafsil tushuntirdi.

#Asosan tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi yotqizilib, yo'llar tekislanadi, ichimlik suvi, elektr energiya, telekommunikasiya tarmoqlari, obodonlashtirish, shuningdek, tabiiy gaz masalalari bajarilishi tushuntirildi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Sayyor qabul natijalari

#Avval xabar berganimizdek, Beruniy tumani hokimining birinchi o'rinbosari U.Matirzaev tomonidan Davlat kadastrlar palatasi Beruniy tumani filiali, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi kadastr agentligi bilan birgalikda sayyor qabul bo'lib o'tidi. Bugungi bo'lib o'tgan qabulda aholidan 15 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

#Asosan uy-joy hujjatlarini to'g'irlash, ko'chma savdo do'konlari tashkil etish bo'yicha kelib tushgan murojaatlar shu yerning o'zida hal qilindi. Kadastr agentligi tomonidan uy-joylar chegarasini aniqlash borasidagi murojaatlar mutahassislar bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o'rganildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Ayollar bandligi

#Pillachilik sohasi yurtimizda rivojlangan sohalardan hisoblanadi. Ayniqsa Beruniy tumanida 2019-yilda “KKR Ipak klaster”ining tashkil etilishi bu yo'nalishdagi ishlarning jadallanishiga sabab bo'ldi. 2022 yil mavsumda 154 tonna pilla olish rejalashtirilgan. Hozirda kasanachilar shartnomadagi rejalarni ortig'i bilan bajarib, buning uchun qo'shimcha mablag'larni ham olmoqda.

#Asosan kasanachilar “Ayollar daftari” da ro'yxatda turgan xotin-qizlar bo'lib, kasanachilik ortidan qo'shimcha daromad olib oilasiga yordam bermoqda. Beruniy tumani Bo'ston mahalla fuqarolar yig'inida 20 ta xonadon pillachilik bilan shug'ullanadi. 180 kg dan pilla topshirib, belgilangan rejani ortig'i bilan bajarmoqda. Pilla yig'ish jarayonlaridan lavhalar. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Oddiy qamishni to'qib, qayta ishlab daromad olayotgan Tinchlik OFY aholisining bugunidan roziligini so'zlaridan anglash qiyin emas. Deyarli 60% xonadon bu ish bilan band. Qamish asosan uy-joy qurilganda va yozgi ovqatlanish joylarida soya-salqin bo'lish uchun ishlatiladi. 20 yil davomida shu ish bilan shug'ullanishini aytib o'tdi suhbatdoshimiz.

#Asosan qo'l mexnatini talab qiladi. Tabiiy qamishdan uy tomiga loy suvoq qilinsa, yozda salqinlikni ta'minlasa qishda issiqlikni ushlab turar ekan. Juda oddiy ammo qiziqarli jarayonning guvohi bo'ldik.


#O'z sevgan kasbi bilan bandligi ta'minlangan yosh sartaroshning murojaati, sektor rahbarining tashabbusi bilan ijobiy hal qilindi. Endilikda ish xonasiga ham ega bo'ldi. Albatta, bu jarayonlarda sektor rahbariga qo'l qanot bo'layotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va nuroniylarning mexnatini alohida ta'kidlab o'tish zarur.
#Onlayn
#Beruniy_tumani
#Sayyor qabul

#Beruniy tumani 1-sektor shtabida sayyor qabul bólib ótmoqda. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari kórib chiqilmoqda.

#Asosan tibbiyot, moddiy yordam, uy-joy ta'mirlash, imtiyozli kredit ajratish bóyicha murojaatlar hal etilmoqda.

#Sayyor qabulda tuman hokimining órinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari va mahalla raislari ishtirok etib, masalalarni hal qilmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Asosan mahallada har bir kun alohida nom bilan atalgan va ish jarayonida ham bu qo'l keladi. Oilalarning mustahkamligi jamiyat rivojiga ijobiy ta'sir qiladi. Gender tenglik, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish, oilada sog'lom muhitni yaratish borasidagi ishlari esa bugungi kun talabi hisoblanadi. Beruniy tumani hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i S.Kozieva va Qizilqal'a OFY xotin-qizlar faoli N.Nurumbetova hududdagi kengash vakillariga hamkorlikdagi ishlar bo'yicha tushuntirishlar berdi va bir qancha vazifalar topshirdi.

#Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki Respublika kasaba uyushmalari tomonidan o'tkazilgan ko'rik-tanlovda Qizilqal'a OFY xotin-qizlar faoli Nargiza Nurumbetova “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” nominatsiyasi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichida faxrli 1-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Faoliyati bilan tanishar ekanmiz mukofot o'z egasini topganiga amin bo'ldik. Yutuqlar bardavom bo'lsin deymiz. 🇺🇿Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Yashil makonga mening hissam
#Turon mahallasida ayollar “Yashil makon” loyihasiga o'z hissasini qo'shdi

#Beruniy tumani Turon mahallasidagi ayol-qizlar “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida e'lon qilingan dolzarb 40 kunlik tadbirlarida ishtirok etib, tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva bilan birgalikda dala chetlariga tut va manzarali daraxt ko'chatlarini ekdi.

#Asosan pilla yetishtirish bilan shug'ullanadigan hududlarda pillaning ozuqu bazasi hisoblangan hamda iqlim sharoitiga to'g'ri keladigan tut ko'chatini ekishning foydasi ko'p. Yashil makon yaratish esa, ekologiyaga ijobiy ta'sir qilish bilan bir qatorda bir nechta sohalarning rivojiga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Forwarded from BERUNIY YOSHLARI (Radjapboev Doniyor (Beruniy tumani))
#Tumanimizdagi barcha referundum uchaskalarida ovoz berish jarayonlari davom qilmoqda.

#Asosan yoshlarimiz o'zlarining kelajaklari uchun  referendumda faol qatnashib ovoz berishmoqda.

#Biz o'zimizning va farzandlarimizning kelajagi uchun befarq emasmiz.

👉Ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda bizni kuzatib borish uchun👇
Telegram | Instagram | Facebook