#Bundan tashqari mutasaddilar tumandagi To'qimachi va Nayman MFY larida bo'lib, oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda oilalarni mustahkamlash maqsadida sayyor qabul o'tkazdi.

#Qabulda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a'zolari, To'qimachi va Nayman MFY ma'sul xodimlari, ishtirok etib, ushbu oila a'zolarini bir-birlari bilan yarashish, mehr-oqibatli bo'lishga undadilar. Sayyor qabulda ajrim yoqasida turgan 10 nafar oilalar qatnashib, ulardan Nayman, Xorazm mahallasi va Biybozor OFY da yashovchi 4 ta oila yarashtirildi va 2 ta oilaga yarashish imkoni mavjudligi sababli qo'shimcha muddat berildi.

#Shuningdek, mahalla fuqarolar yig'inida tashkil qilingan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi hamda ota-onalar universiteti faoliyati bo'yicha o'z tavsiya va takliflarini aytib o'tdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Qabulda tuman hokimi o'rinbosarlari, mahalla va nuroniylar bo'limi, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etmoqda. Fuqarolarning murojaatlari va ularning hal etilishi bo'yicha takliflar ko'rib chiqilmoqda.

#Guliston MFY da istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan fuqaroning murojaatiga muvofiq 1 dona nogironlik aravachasi, yana 3 nafar fuqaroga esa quloq uchun eshitish apparatlari berildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube