#Bundan tashqari aholiga mayda shoxli chorva mollarini ko'paytirish va boqish bo'yicha ham kreditlar ajratilib, hozirda ko'payish mavsumi boshlangan. Hududni kengligini hisobga oladigan bo'lsak, chorvachilikni rivojlantirish bu yerda daromadli yo'nalish hisoblanadi.

#Tikuvchilik va eshik oina ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarning faoliyatini yanada kengaytirish, ularga har tomonlama yordam berish maqsadida ustoz-shogird tizimida mahalla yoshlari biriktirilgan. Ular ham hunar egallagach, o'z tadbirkorligini yo'lga qo'yishni rejalashtirgan natijada, yangidan ish o'rni yaratiladi va xizmat ko'rsatish sohasi rivojlanadi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Hudud sharoitida issiqxonadan foydalanishning afzalliklari mo'l. Buni yaxshi tushungan tomorqa egalari issiqxonada bodiring, pamidor va ko'chat yetishtirib, oilaviy daromadga ega bo'lmoqda. Shuxrat Bekchanov ishning ko'zini biladigan tadbirkor dehqonlardan biri.

#Bundan tashqari “E-auksion” orqali 10 yilga ijara shartnomasi asosida yer olgan hudud fuqarolari ham ekish ishlarini boshlab yuborgan.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram |
#Yo'llarda ta'mirlash ishlari

#Beruniy tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan, xalqaro ahamiyatga ega A380 yo'lining 631-632 kilometrlarida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

#Dastlab yo'l yuzasi freza yordamida qirib olinib, asfalt yotqizish uchun tayyor holatga keltirilgan. Hozirda asfaltlash ishlari yakunlangan.

#Bundan tashqari korxona ishchi-hodimlari tomonidan yo'llarni saqlash bo'yicha ham, bir qancha ishlar bajarilayotganini ko'rishimiz mumkin.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Hokim yordamchisining faoliyati

#Beruniy tumani O'razvoy Jumaniyozov mahalla fuqarolar yig'ini hokim yordamchisi Rashid Yakubov tashabbusi bilan hududda fuqarolar murojaatiga asosan yo'l bo'ylari obodonlashtirilib, tozalash ishlari olib borilmoqda.

#Bundan tashqari 12-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishib, mavjud muammolari va shart-sharoitlar o'rganildi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Xususan, 2 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yo'llanma berildi, "Ayollar daftari"da turgan 2 nafar ayollar jamoat ishiga jalb qilindi, nogironligi bo'lgan 2 nafar fuqarolarga nogironlik aravalari topshirildi, 2 nafar fuqaroga tug'ilganlik haqida guvohnoma berildi.

#Bundan tashqari, 8 nafar fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari o'rganib chiqish uchun nazoratga olindi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Bundan tashqari bolajonlar ishtirokida “Yer sayyorasini asraymiz” mavzusida ochiq ta'lim faoliyati tashkil etildi.

#Bolajonlar turli rasmlar chizishib, ularga ta'rif berib o'tdi. Tarbiyalanuvchilarning markazlarda rivojlantiruvchi muhitning tashkil etilishi, olib borilayotgan ta'lim-tarbiyaning samaradorligi, 5 ta rivojlantiruvchi sohalarga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Davlat tilida ish yuritish hujjatlarining qonun talablariga muvofiqligi o'rganildi.


#Ish qog'ozlari va turli blankalarning lotin yozuviga asoslangan, qoraqalpoq va o'zbek alifbosida bo'lishini ta'minlash hamda mazkur yo'nalishda qabul qilingan hukumat qarorlarining ijrosini o'z vaqtida ta'minlash, shuningdek, davlat tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar
samaradorligini oshirish bo'yicha Beruniy tumanidagi barcha korxona va tashkilotlarda yuritilayotgan ish hujjatlarni o'rganish jarayonlari olib borilmoqda.

#Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, hujjatlarning davlat tilida to'g'ri yuritilishini ta'minlash va til me'yorlariga amal qilishni tushuntirishdan iboratdir.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Umumta'lim maktablari ona tili va qardosh tillar o'qituvchilarining «O'quv seminari» bo'lib o’tdi

1. Kembridj tajribasini targ'ib qilish
2. O'quv dasturi va darsliklarning yangidan chop qilinishi
3. Tumanda o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovlari, fan olimpiadalari va insholar tanlovlarida faxrli o'rinlarni olgan o'quvchilarning ustozlarini taqdirlash tadbirlari bo’lib o’tdi.


“Umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovida 30-umumta'lim maktabi 11-sinf o'quvchisi Raxmanova Sevinch Qoraqalpog'iston Respublikasida 2-o'rinni egallab, tanlovning Toshkent shahrida o'tkazilgan 4-bosqichida “Yoshlarga oid davlat siyosati yoritilgan eng yaxshi insho” nominatsiyasi g'olibi bo'lganligi, bugungi kunda u yozgan insho “Mening Prezidentim” deb nomlangan kitobda chop etilganligi ta'kidlanib, ushbu kitob va tanlov ishtirokchilari tushgan katta fotosurat, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Beruniy tuman bo'linmasi kengashi raisi Matyakubov Baxtiyor tomonidan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining sovg'asi sifatida 30-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Qadirova Dilnozaga tantanili ravishda topshirildi.

#Bundan tashqari, tumanda o'tkazilgan insholar tanlovida, fan olimpiadalarida o'quvchilari g'olib bo'lgan maktablarning 25 nafar ona tili va adabiyoti, qoraqalpoq (davlat) tili fani o'qituvchilariga Beruniy XTB ning faxriy yorliqlari, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Beruniy tuman bo'linmasi kengashining qimmatbaho estalik sovg'alari topshirildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#YOSHLAR SIYOSATI AMALDA

#Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning bandligini ta'minlash sohasida. Oliy o'quv yurtiga kirib, talabalik baxtiga erishgan yoshlarning “Yoshlar jamg'armasi” hisobidan 18 nafariga jami 76 mln 927 668 so'm kontrakt pullari to'lab berildi.

#Hozirgi kunda 2022 yil “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar 274 nafar bo'lib, shundan 41 nafariga turli yordamlar ko'rsatilgan va natijada ijtimoiy daftardan chiqarildi.

“Yoshlar daftari” platformasida onlayn murojaatlar qabul qilinib, o'rganib hal qilish choralari ko'rilmoqda. Beruniy tumanida 2022 yilning yanvar oyida “Ayollar daftari”ni shakllantirish maqsadida 33.051 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlar o'tkazildi va uning yakunlari bo'yicha 2.002 nafar, shundan 2-sektor hududida 842 nafar xotin-qizlar 6 ta muhim toifalar bo'yicha ayollar daftariga kiritildi.


#Bundan tashqari, joriy yil 2-sektor hududida yettita loyiha, qiymati 31.0 mlrd so'mlik hisoblangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida, 199 ta yangi ish o'rinlarini yaratish ko'zda tutilgan.
#Bundan tashqari, bolalarning vaqtini yanada qiziqarli va ko’tarinki ruxda o’tkazishi uchun Beruniy tumani 6-sonli musiqa va san’at maktabi o’quvchilari tomonidan turli kuy-qo’shiqlar yangrab, bolalarning yozgi dam olish vaqtlarini yuqori saviyada o’tkazishiga xizmat qildi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube