Behzod Bozorov
1.73K subscribers
1.71K photos
564 videos
4 files
1.19K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SQB_FAKT

💵 1 trillionlik pul haqida eshitganmisiz? Bu pulga nimalar xarid qilish mumkin?

SQB Yangiliklari
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sqb_fakt

*️⃣ Nega bank kartasiga o’rnatilgan pin kod 4 xonali sondan iborat?

Hech o’ylab ko’rganmisiz?

Sababi juda oddiy ekan? 😅
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SQB_FAKT

Pishloq evaziga kredit?😳

Shunaqasi ham bo'larkan😅
👍5🔥3👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sqb_sos ❗️

Telefonga ehtiyot bo'l - qo'shnini o'g'ri tutma! ‼️
👍4💯21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sqb_maslahat

🤔 Odamlar pullarini qayerda saqlashni afzal deb bilishadi? 💰
.
.
👉 SQB Media kanaliga obuna bo’ling!
👍5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sqb_maslahat

👉
JOYDA”ning foydalari (2-qism)

👤 Identifikatsiyadan o’tishni o’rganamiz.
👍4💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sqb_live

13-fevral kuni O'zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Bank rahbariyati hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchashuvda O'zsanoatqurilishbank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari borishi hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuvning to'liq tafsilotlari tez orada.
👍12🔥51👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbankda Do‘ppi Challenge: Milliy qadriyatlar va bahoriy kayfiyat!

O‘zsanoatqurilishbank Korporativ markazida o‘tkazilgan Do‘ppi Challenge nafaqat milliy madaniyatimizni ulug‘lash, balki yoshlarni milliy qadriyatlarimizga yaqinlashtirish uchun yorqin voqeaga aylandi.

Bank xodimlari milliy liboslarda, do‘stona muhit yaratgan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatib, bayramona kayfiyat ulashdilar. Ushbu tadbir bank va mijozlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab, bankning jamiyatdagi ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qildi.

Milliy qadriyatlarimizni birgalikda asraylik va ommalashtiraylik!

#sqb #MilliyQadriyatlar #BahoriyKayfiyat
13👍6🔥2🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bankimizda milliylik ruhi! Xodimlarimiz milliy liboslarda ishga kelib, boy madaniy merosimizni e’zozlash va an’analarimizni keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shmoqda.

Bu tashabbus – qadriyatlarimizga hurmat, faxr va zamonaviylik bilan uyg‘unlashuv ifodasidir. Bankimiz nafaqat moliyaviy hamkor, balki madaniy merosni asrashga intiluvchi tashkilot ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

Milliylik – bu faqat libos emas, balki urf-odatlarga sadoqat va kelajakka ishonchdir!

#sqb #MilliyQadriyatlar #BahoriyKayfiyat
👍4🔥3🕊32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat garovi!

Poytaxtimizdagi “Milliy bog’”da ko‘tarinki kayfiyat va sog‘lom hayot ruhida o‘tgan sport tadbirida bankimiz jamoasi ham faol qatnashdi!

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Sog‘lom oila uchun birlashaylik!” shiori ostidagi ommaviy badantarbiya va 5 ming qadam yurish bizni bir maqsad – sog‘lom turmush sari ilhomlantirdi.

#SoglomOila #SoglomJamiyat #SQB #SportHayotTarzi
👍31
O‘zsanoatqurilishbank Markaziy bank bilan hamkorlikda “Global Money Week” doirasida “Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasini boshladi.

Bank tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 15 ta mahallada zamonaviy kutubxonalar faoliyati yo'lga qo'yilgan.

2025-yildan boshlab mazkur kutubxonalarda yana bir ezgu tashabbus – bolalar va o‘smirlar uchun moliyaviy savodxonlik mashg‘ulotlari yo’lga qo’yildi.

5-aprel kuni kutubxonalarda bankning malakali xodimlari tomonidan ilk mahorat darslari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda:

Pulni samarali boshqarish
• Jamg‘arma va investitsiyalar
• Byudjet tuzish va moliyaviy maqsadlarga
erishish mavzulari qamrab olindi.

– Ilgari pulni olsam, hammasini darhol sarflab qo‘yardim. Endi esa shaxsiy jamg‘arma nima uchun kerakligini, kelajakda maqsadli ravishda pul yig‘ish qanchalik muhim ekanini tushundim. Hatto uyga borib ota-onam bilan birgalikda “oylik byudjet” tuzishni boshladik, – deydi ishtirokchilardan biri 14 yoshli E’zoza Abdurahimova.

#SQB
#MoliyaviySavodxonlik
#UzFinLit
#GlobalMoneyWeek
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston qurilish sanoati Amerika bozorida

1-3-aprel kunlari AQShda oʻtkazilgan “BUILD-2025 AWCI’S CONVENTION+EXPO” koʻrgazmasida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etdi.

2400 dan ortiq kompaniya ishtirok etgan ko’rgazmada AQSHning taniqli brend egalari bilan hamkorlik o’rnatish masalalarini muhokama qilindi.

E’tiborlisi, Navoiyda pardozbop toshlar ishlab chiqarayotgan “Echomarble” MCHJ AQSH kompaniyasi bilan 10 mln dollarlik eksport shartnomasini imzoladi.

Shuningdek, 5 aprel kuni Filadelfiya shahrida yurtimizda ishlab chiqarilgan 60 dan ziyod turdagi qurilish mahsulotlari namoyish etiladigan zamonaviy shourum va savdo ombori ishga tushdi.

#SQB
#Ecomarble
#Export
#MadeInUzbekistan
👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashil makon” loyihasi doirasida O’zsanoatqurilishbank tomonidan 2025-yil mart oyida Chimboy, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Uzun va Denov tumanlarida 2 930 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi. Shu bilan birga, 1 427 nafar kam ta’minlangan oilaga 26 400 tup mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi.

Obodonlashtirish ishlari ham jadal olib borildi:

🌱 245 ming fuqaro ishtirok etgan umumxalq hashari doirasida 75 mingdan ziyod daraxt ekildi;
🌱 210 ta qabriston obodonlashtirildi;
🌱 2 599 ta ko‘cha chiqindilardan tozalandi;
🌱 225 km lotoklar tozalandi, shundan 31 km qismi betonlandi.


Shuningdek, umumiy qiymati 50,9 milliard so‘mlik 31 ta sug‘orish loyihasi ishlab chiqildi. 2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, ushbu loyihalarning 7 tasida qurilish ishlari to‘liq yakunlangan, qolganlarida esa ishlar jadal davom ettirilmoqda.

#SQB
#YashilMakon
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank xotin-qizlari – sog‘lom turmush tarzi tarafdori!

Ertalabki tetiklik, toza havo va sport ruhi! EKOparkda o‘tkazilgan jismoniy mashg‘ulotlarda bankimiz xodimalari professional murabbiy ko‘magida sport mashqlarini to‘g‘ri bajarishni o‘rgandilar.

Bu nafaqat sog‘liq uchun foydali, balki jamoaviy ruh, faollik va ijobiy energiya bilan to‘la boshlagan kun bo‘ldi.

Sog‘lom tana – sog‘lom tafakkur!
Bankimiz sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda davom etadi!

#SQB #SoglomHayot #SportHayotTarzi
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SQB runners” – marafon yo‘llarida!

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan VII Toshkent xalqaro marafoni yana bir bor sport va sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini namoyon etdi.

Klassik (42 km), yarim (21 km), 10 va 3 km masofalardagi musobaqalarda ishtirokchilar o‘z bardoshi va irodasini sinovdan o‘tkazdi.

Marafonning eng qizg‘in lahzalarida SQB runners” jamoasi ham to‘liq tarkibda qatnashib, jismoniy faollik va jamoaviy ruhni namoyish etdi!

#SQB #ToshkentMarafoni #SQBRunners
👏3🎉2🏆2👍1
Milliy libos – milliy faxr!

Bugun O‘zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar kuni” o‘tkazilmoqda. Tadbir Rakat bank xizmatlari markazida ham ko’tarinki ruhda tashkil etildi.

Xodimlar o‘zbek milliy matolaridan tayyorlangan liboslarda mijozlarga xizmat ko‘rsatishdi. Ayniqsa, tabassum va milliy ruh bilan xizmat ko‘rsatish mijozlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

#SQB #MilliyLiboslar #Qadriyat #RakatBXM
👍52🤩2
Ўзсаноатқурилишбанк Ахборот хизмати – тижорат банклари орасида пешқадам!

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги томонидан 2024 йил декабрь ойига қадар республика миқёсидаги давлат ва хўжалик органлари, шунингдек, маҳаллий ҳокимиятлар матбуот хизматлари фаолияти самарадорлиги баҳоланди.

Натижаларга кўра, Ўзсаноатқурилишбанк Ахборот хизмати 82,3 балл билан тижорат банклари орасида етакчи ўринни эгаллади!

Бу эътироф – жамоамизнинг самарали, шаффоф ва жамоатчилик билан фаол мулоқотга қаратилган меҳнати самарасидир.

Ишонч учун раҳмат! Биз сизнинг овозингиз бўлишда давом этамиз!

#sqb #АхборотХизмати #Эътироф #ОАВ #ТижоратБанклари
👍5👏2🔥1
AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zsanoatqurilishbankni GSM-102 dasturi doirasida hamkor bank sifatida tanladi

O‘zsanoatqurilishbank endilikda AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) tomonidan taqdim etiladigan GSM-102 eksport kredit kafolatlari dasturiga a’zo bo‘ldi. Bu orqali AQSHdan oziq-ovqat, efir moylari, kimyoviy moddalar, ipak, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar kabi xomashyo va mahsulotlarni import qilishni qulay moliyalashtirish imkoniyati yuzaga keladi.

Mazkur dastur AQSH eksportini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, loyihalar AQSH moliya institutlari tomonidan qulay shartlarda moliyalashtiriladi.

Dunyo bo‘yicha 30 ga yaqin bank a’zo bo‘lgan ushbu dasturga Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zsanoatqurilishbank qo‘shildi.

Bu hamkorlik O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlab, savdo aylanmasini kengaytirishga xizmat qiladi.

#sqb #USDA #GSM102 #Hamkorlik #Eksport #Import #Moliyalashtirish
👍31
Hududlarda bank va mijoz uchrashuvi: tizimli yondashuv davom etmoqda

29–30 aprel kunlari O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati Andijon va Namangan viloyatlarida bo‘lib, tadbirkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganish, ochiq muloqot orqali muammolarga yechim topish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mazkur muloqotlar davomida:
📝 kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari,
📝 eksportga yo‘naltirilgan imtiyozlar,
📝 soddalashtirilgan kreditlar,
📝 bank xizmatlarining onlayn imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirkorlarning ko‘plab murojaatlari joyida hal qilindi, qolganlari esa bank rahbariyatining bevosita nazoratiga olindi.

O‘zsanoatqurilishbank hududlarda faol muloqot va real amaliy yordamni davom ettiradi!

#sqb #HududiyUchrashuvlar #TadbirkorlikYordam #BankVaMijoz #MoliyaviyImkoniyat
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Nukusda “Startap va investorlar kuni”!

O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan tadbir yoshlar, investorlar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. 150 dan ortiq ishtirokchi, xalqaro venchur fondlar va akseleratorlar ishtirok etgan forumda innovatsion loyihalar taqdimoti, ochiq muloqotlar va netvorking bo‘lib o‘tdi.

📍 Tadbir doirasida akseleratsiya dasturiga ham start berildi!

Batafsil👉

#SQB
#NukusStartapKuni
#Yoshlar
#VentureCapital