Behzod Bozorov
1.72K subscribers
1.71K photos
564 videos
4 files
1.19K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston qurilish sanoati Amerika bozorida

1-3-aprel kunlari AQShda oʻtkazilgan “BUILD-2025 AWCI’S CONVENTION+EXPO” koʻrgazmasida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etdi.

2400 dan ortiq kompaniya ishtirok etgan ko’rgazmada AQSHning taniqli brend egalari bilan hamkorlik o’rnatish masalalarini muhokama qilindi.

E’tiborlisi, Navoiyda pardozbop toshlar ishlab chiqarayotgan “Echomarble” MCHJ AQSH kompaniyasi bilan 10 mln dollarlik eksport shartnomasini imzoladi.

Shuningdek, 5 aprel kuni Filadelfiya shahrida yurtimizda ishlab chiqarilgan 60 dan ziyod turdagi qurilish mahsulotlari namoyish etiladigan zamonaviy shourum va savdo ombori ishga tushdi.

#SQB
#Ecomarble
#Export
#MadeInUzbekistan
👍2👏2