AZAMAT KAMOLOV
976 subscribers
8.39K photos
1.23K videos
54 files
3.76K links
Download Telegram
#MAKTAB_PSIXOLOGLARI_UCHUN_SЕMINAR
📚UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOGIK MUHITNI SOG‘LOMLASHTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

⚡️Joriy yilning 8-aprel kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktab psixologlari tomonidan "Umumta’lim maktablarida psixologik muhitni sog‘lomlashtirish: muammo va yechimlar" hamda "Inklyuziv ta’limni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash" mavzularida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

⚡️Seminarda Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Psixologik-pedagogik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘’basi rahbari Shoira Hakimova, Bo‘ka tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Muhammadjon Azimov va viloyatdagi 22 tuman (shahar) Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi metodist psixologlari ishtirok etdi.

🖊Toshkent viloyat xalq ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Kanalga ulanish👉
@toshkentvxtb