Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim, tibbiyot maskanlari, mahalla “yettiligi” faoliyati, “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish tadbirlarining borishi bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktab va oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishildi. Maktabda “Otalar yig‘ilishi”da ishtirok etildi. Patronaj hamshiralariga skuter, paronaj sumkasi va planshetlar topshirildi. “Qorayog‘och” mahallasida “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar aholi xonadonlariga kirilgan holda ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1959

#Surxondaryo #maktab #otalaryigilishi #patronajxizmati #Sayhunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 12-sonli maktabga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Viloyat rahbari maktabda otalar bilan o‘tkazilayotgan kitob targ‘iboti tadbirida ham ishtirok etdi. Tadbirda otalar va nuroniylar hamda o‘qituvchilar bilan suhbat qilindi.

Suhbat davomida yosh avlodning ta’lim va tarbiyasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Farzandlarni ilm o‘rganishga qiziqtirish, ta’limga jalb qilishda “maktab-mahalla-oila” hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Viloyat rahbari ushbu ta’lim maskani misolida shaharning barcha maktablarida ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1980

#Surxondaryo #maktab #otalaryigilishi #talimtarbiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida 4,6 mlrd so‘mlik loyiha asosida yangidan qurilgan 180 o‘rinli bog‘cha binosini foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan tumandagi 18-sonli maktab faoliyati bilan tanishib, “Otalar yig‘ilishi”da qatnashishdi.

Tashrif davomida “Anorzor” kichik sanoat zonasida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2014

#Surxondaryo #bogcha #yangibino #maktab #Otalaryigilishi #KSZ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter