Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Davlatimiz rahbari tomonidan kuni-kecha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, hududlarda “Yashil makon”larni barpo etish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “chiqindi poligoni”da o‘n qatorli daraxt ko‘chatlari ekish va “yashil belbog‘” yaratish ishlari bilan tanishildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbiriga start berildi. Mazkur tadbir viloyat bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lib, bugunning o‘zida 400 mingga yaqin tut va terak qalamchalari, 100 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, tashrif davomida ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1961

#Surxondaryo #Yashilmakon #yashilbelbog #kochatekish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Prezidentimizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bu boradagi ishlar bilan tanishish va ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etish uchun Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘ldi. Hudud rahbarlariga ekilgan har bir niholning sug‘orish tizimidan tortib, parvarishigacha mas’uliyat bilan yondoshish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1962

#Surxondaryo #Yashilmakon #kochatekish #sugorishtizimi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Termiz va Angor tumanlari tutashgan qismida joylashgan hududi bo‘yida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berdi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi, “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, Al-Hakim at-Termiziy majmuasini obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Termiz shahri Manguzar mahallasi hududidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Avtoshohbekat loyihasi taqdimoti bilan tanishildi.

Tanishuvlar yakunida Termiz shahridagi ikkita mahallada markaziy qozonxonalarni kuz-qish mavsumiga shaylik holati hamda modernizatsiya ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2252

#Surxondaryo #yashilmakon #qurilish #taqdimot #obodonlashtirish #qozonxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz va Angor tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, “Yangi O‘zbekiston” massivini barpo etish ishlari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy kuzgi mavsumida daraxt ekish uchun tanlab olingan hududda taqdimot bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2258

#Surxondaryo #YangiUzbekistonmassiv #Yashilmakon

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X