Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
32K photos
3.18K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahri bo‘ylab infratuzilmani yaxshilash, turar joylar va yo‘llar qurilishi, ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “Surxondaryo” daryosi yoqalarini obodonlashtirish, tozalash ishlari hamda Termiz tumanidagi avtomagistral yo‘llari bo‘ylab obodonlashtirish ishlari, loyihalar qurilishining holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2043

#Surxondaryo #infratuzilma #qurilish #taqdimot #daryo #avtomagistral #obodonlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlari, yaratilayotgan infratuzilmalar, yozgi dam olish va bolalar maydonchalari qurilishi hamda M-41 xalqaro avtomagistral yo‘li va markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz shahridagi Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2078

#Surxondaryo #YangiUzbekistonmassiv #qurilish #obodonlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz shahridagi qator mahallalarda bo‘lib, ko‘chalar, avtomobil yo‘llari bo‘ylari va boshqa hududlarni obodonlashtirish, tashkil etilgan yashil maydonlar hamda daraxtlarni sug‘orish, saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mutasaddilar o‘rganish ishlari davomida amalga oshirilayotgan ishlar, hudud tozaligi va obodligi uchun bajarilayotgan tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Birinchi navbatda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitar-gigienik qoidalarga qat’iy rioya qilish, yashil hududlarni sug‘orish, parvarishlar va saqlash ishlarini mas’uliyat bilan olib borish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

#Surxondaryo #Termizshahar #obodonlashtirish #yashilhududlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Termiz va Angor tumanlari tutashgan qismida joylashgan hududi bo‘yida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berdi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi, “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishi, Al-Hakim at-Termiziy majmuasini obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Termiz shahri Manguzar mahallasi hududidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Avtoshohbekat loyihasi taqdimoti bilan tanishildi.

Tanishuvlar yakunida Termiz shahridagi ikkita mahallada markaziy qozonxonalarni kuz-qish mavsumiga shaylik holati hamda modernizatsiya ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2252

#Surxondaryo #yashilmakon #qurilish #taqdimot #obodonlashtirish #qozonxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X