Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Хитойга давлат ташрифи иккинчи куни доирасида қатор ишбилармонлик тадбирлари бўлиб ўтди.

В рамках программы второго дня государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Китай состоялся ряд деловых мероприятий.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Xitoy Xalq Respublikasiga yetib bordi. Tashrifning birinchi kunida 9 ta kompaniya prezidentlari hamda vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Xususan, yer osti boyliklarini qazib olish, qayta ishlash, “City” qurish, sog‘liqni saqlash va muqobil energiya sohalarida hamkorlik, M-41 xalqaro magistral yo‘li hamda Amuzang-1 va Amuzang-2 kanallarini ta’mirlash, oqava suv tizimlarini yaxshilash, infratuzilma obyektlarini qurish, Urumchi-Termiz savdo uyini tashkil etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, urug‘chilikni rivojlantirish, metalni qayta ishlash kabi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Xitoy provinsiyalari gubernatorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1782

#Surxondaryo #Xitoy #tashrif #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi: Surxondaryo viloyatida 2,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Urumchi shahrida birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi Surxondaryo delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” muzokaralarida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Xitoy tomonining rasmiylari va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli 2,5 mlrd dollarlik 25 ta investitsiya loyihalari va 130 mln dollarlik 7 ta eksport kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim va shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, “Xinjiang International Convention & Exhibition Centre” markazida “Made in Uzbekistan” Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasining ochilishi ham boʻlib oʻtdi. Ayni damda Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan povilonda vohamizda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik, qurilish materiallari, mebel va aksessuarlar namoyish etilmoqda.

Batafsil

#Xitoy #hududlararoforum #shartnomalar #bitimlar #MadeinUzbekistan

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Shtab muhokamasi: Xitoy davlati bilan hamkorlikdagi loyihalar va boshqa muhim masalalar tahlili

Ayni vaqtda Xitoy davlatida bo‘lib turgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Zoom” platformasi orqali viloyat navbatchilik Shtabining navbatdagi muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.

Unda kunlik belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan sohalar va hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Viloyat rahbari viloyatimiz delegatsiyasi ishtirok etayotgan birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumidagi kelishuvlar, yangidan tuzilayotgan bitim hamda amalga oshiriladigan loyihalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Vohamizning qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati, geologiya, to‘qimachilik, umuman, ishlab chiqarishdagi mavjud salohiyatni ishga solish, yangi ish o‘rinlari yaratish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhimligini qayd etdi. Yangi loyihalarning ishga tushirilishi birinchi navbatda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga, pirovardida viloyatning rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muhokama yakunida mas’ullarga ijro intizomiga qat’iy rioya qilgan holda topshiriqlarni muddatida va sifatli bajarish yuzasidan vazifalar yuklandi.

#Surxondaryo #Xitoy #shtab #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Xitoy davlatida bo‘lib turgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kuni-kecha Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida Cheng Zhi To Xay savdo va tijorat kompaniyasi bosh direktori Vang Yingzhao bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda kompaniya bilan Surxondaryoda yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Viloyatimizning investitsion salohiyati taqdimot qilindi.

O‘tkazilgan muzokaralar yakunida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida alyuminiy radiatorlar va alyuminiy mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi. Erishilgan kelishuvga ko‘ra loyihani qurish ishlari joriy yil mart oyidan boshlanadi.

Shuningdek, tashrif davomida SHUARda Surxondaryo viloyatining savdo vakolatxonasini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Unda viloyatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdo yarmarkasining doimiy faoliyati tashkil etiladi.

#Surxondaryo #Xitoy #CZH #SHUAR #Savdouyi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Ayni vaqtda Xitoy davlatida bo‘lib turgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov IT sohasida dunyoda yirik korporatsiyalardan bo‘lgan «HUAWEI», «Foxconn» va «Nuwa Robotics CIS Group» kompaniyalarida bo‘lib, ularning faoliyatlari bilan tanishdi. Kompaniya rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Surxondaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish, raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Viloyat rahbari boshchiligidagi delegatsiya Xitoy davlatining uchta kompaniyasi vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. «Sichuan International Trade Cloud Service Technology Co., Ltd» kompaniyasi bilan mashinasozlik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish, yig‘ish va sotish loyihasini, «Xinjiang Wandi International Trade Co., Ltd» kompaniyasi bilan og‘ir yuk mashinalari va dvigatellarni yig‘ish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha «Shenzhen Santu Construction Group Co., Ltd.» kompaniyasi bilan mehmonxona qurish loyihasi muhokama qilinib, dastlabki kelishuvga erishildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1790

#Surxondaryo #Xitoy #HUAWEI #raqamlashtirish #mashinasozlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning tog‘-kon sanoati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda vohamizda tog‘-kon sanoati, uran, qurilish materiallari, granit, oqmarmar, ko‘mir, kvarts va sement ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1897

#Surxondaryo #Xitoy #togkonsanoati #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida Xitoy davlatining "Lihua Group" va "Kezhou Congling Industrial Co., Ltd" kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda vohamizda qishloq xo'jaligi hamda tog'-kon sanoati yo'nalishlarida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Batafsil: https://www.surxondaryo.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1905

#Surxondaryo  #Xitoy  #uchrashuv #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Pokiston va Xitoy davlatidan tashrif buyurgan delegatsiyalarni qabul qildi.

Uchrashuvlarda pokistonliklar bilan logistika, qurilish, transport, quyosh panellari o‘rnatish kabi loyihalar, xitoylik tadbirkorlar bilan vohamizda tog‘-kon sanoati sohasida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat delegatsiyalari bilan ham kelgusida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1936

#Surxondaryo #Pokiston #Xitoy #delegatsiyalar #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning shaharsozlik, sanoat mahsulotlari, robototexnika va elektronika vositalari ishlab chiqarish, yer osti qazilma boyliklari hamda quyosh panellari va shamol elektr stansiyalari o‘rnatish sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat ikkita delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya vakillari bilan muloqotda Surxondaryoning savdo-iqtisodiy va investitsion salohiyati, sanoat, elektronika va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Xitoylik tadbirkorlar o‘zlarining loyihalarini taqdimot qildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1957

#Surxondaryo #Xitoy #loyihalar #hamkorlik #muzokaralar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy milliy kimyoviy muhandislik va qurilish korporatsiyasi Seven Ltd vitse-prezidenti Xuan Syanchjunni qabul qildi.

Uchrashuvda kompaniya bilan kelgusida hamkorlik yo‘nalishlariga mos, hozirda ishga solinmagan vohamizning imkoniyatlari, istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida mehmonlar kompaniya faoliyati haqida axborot berishdi.

Shuningdek, viloyatimiz delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida mazkur kompaniya bilan imzolangan shartnomani, xususan, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, kelgusida boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Xitoy #delegatsiya #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X