Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
❗️Tarmoqda yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish chorasi ko‘rilmoqda

Viloyat navbatchilik shtabiga kelib tushgan xabarga ko‘ra bugun, 28-dekabr kuni Bandixon tumanining «Polvontosh» mahallasi hududidan o‘tuvchi «Muzrabot-Dushanbe» magistral gaz quvurining  101-190 km oralig‘idagi D-700 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.

Hozirda "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali tomonidan avariya holatini bartaraf etish va tabiiy gaz ta’minotini tiklash choralari ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan bugun soat 6:30 dan viloyatimizning quyidagi shahar va tumanlaridagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi:

Termiz shahri;
● Bandixon tumani;
● Qiziriq tumani;
● Muzrabot tumani;
● Termiz tumani;
● Jarqo‘rg‘on tumani;
● Qumqo‘rg‘on tumani
.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda yaqin vaqtlar ichida ta’minotni tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimligi
❗️Tarmoqda yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish chorasi ko‘rilmoqda Viloyat navbatchilik shtabiga kelib tushgan xabarga ko‘ra bugun, 28-dekabr kuni Bandixon tumanining «Polvontosh» mahallasi hududidan o‘tuvchi «Muzrabot-Dushanbe» magistral gaz quvurining …
❗️Qo‘shimcha axborot

Bugun ertalab, «Muzrabot-Dushanbe» magistral gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holati sababli viloyatimizning Angor va Sherobod tumanlarida ham iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.

Viloyat navbatchilik shtabi tomonidan tarmoqda yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish hamda yaqin vaqtlar ichida ta’minotni tiklash choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz.

Holat joyida tezkor maxsus brigadalar ish olib borishmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
❗️Tarmoqdagi nosozlikni bartaraf etish vaqtida haydovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish chorasi ko‘rilmoqda

Bugun ertalab, «Muzrabot-Dushanbe» magistral gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish vaqtida haydovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda uzun navbatlar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida Denov, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Oltinsoy, Sho‘rchi va Uzun tumanlaridagi quyidagi metan zapravkalarning 24 soatlik rejimda faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

📍Denov tumani:
"Qurilish materiallarini ta’minlash" XK;
"Ilmash Fayz Guliston" XK;
"Munis Surxon Muxlisi" MChJ;
"Denov Yangiobod Gaz" XK;
"Asadbek 21-Asr" MChJ;
"Surxon Kapital Mobil Biznes" MChJ;
"Axad Mir Brik" MChJ;
"Temir Bars Denov" XK;
"Uktam" XK;
"Ibrogim Fayz Gaz" MChJ;
"Yaxshi Niyat Servis" XK;
“Hayrabod Qishloq Meva-sabzavod” MChJ;
"Denov Mobili" XK;
"Istiqlol Bunyodkor Alangasi" MChJ;
"Qurilish materiallarini ta’minlash-2" XK.

📍Qumqo‘rg‘on tumani:
"Boysun Metan"XK.

📍Sariosiyo tumani:
"Ulug‘ Sabo Metan" MChJ;
"Jasur-Agro" XK.

📍Oltinsoy tumani:
"Qoratepa Gaz" MChJ
"South Shopping Center" MChJ;
"Avtofood" MChJ;
"Surxon Istiqlol Yuksalish" MChJ;

📍Sho‘rchi tumani:
"Madinabonu Dilfuzabegim" MChJ;
“Polvontosh” MChJ;
"GOOD FORTUNE" XK;
"ShO‘RChI ECO GAZ" MChJ;
"Sho‘rchi Grand Ilmash"XK;
"Enjil Lasvegis" MChJ;
"Lazer Shifo" XK;
"Ko‘xinur" XK;
"Janub Gaz Oil" MChJ.

📍Uzun tumani:
“Baxtiyor Nur” MChJ.

Shuningdek, hozirda barcha mutasaddilar avariya sodir bo‘lgan joyga yetib borishgan bo‘lib, nosozlikni barataraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda bodom gulladi!

Vohamizda keyingi kunlarda kuzatilayotgan iliq havo ta’sirida Boysun tumanida bodom daraxti gulladi.

Qish faslining bu vaqtida bodomning uyg‘onishi hali oldinda turgan sovuqlar ta’sirida nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli bog‘bonlarimiz daraxtlarning erta uyg‘onishini oldini olish, sovuq urushidan asrash maqsadida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim bo‘ladi.

Jumladan, mutaxassislar bodomning erta uyg‘onishi va gulini sovuq urmasligi uchun kuz fasli va fevral oyida ohakka soz tuproq qo‘shib oqlashni tavsiya etadi. Oq rang quyosh nurining tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushish darajasini pasaytiradi. Buning natijasida daraxt kechroq uyg‘onadi va gulini sovuq urushi kamayadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Metan zapravkalardagi vaqtinchalik uzilish davomida aholini yoqilg‘iga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida AYOQShlarga qo‘shimcha avtobenzin chiqarildi

1-rasm: Kecha, 27-dekabr kuni avtobenzin yetkazib berilgan va hozirda qoldiq mavjud bo‘lgan AYOQShlar soni hududlar kesimida;

2-rasm: Bugun, 28-dekabr kuni avtobenzin chiqarilgan AYOQShlar ro‘yxati hududlar kesimida;

❗️Haydovchilar ushbu ro‘yxatdagi AYOQShlardan avtobenzinini sotib olishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Surxondaryolik urush qatnashchilariga Prezident tabrigi topshirildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohada istiqomat qilayotgan urush faxriylari xonadonida bo‘lib, ularga Prezidentimiz yo‘llagan Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirdi va sovg‘alarini topshirdi.

Sherobod tumanida yashaydigan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshli Kenja Ilamanovning xonadonida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda tabarruk otaxon o‘zining urush yillari xotiralari, og‘ir davrlarda ko‘rgan-kechirganlari, ocharchilik yillaridagi qiyinchiliklar, hayot tajribalari haqida so‘zlab berdi. Bugungi ozod va farovon turmushning, dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini ta’kidladi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/552745

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
⚡️Hududlarda tabiiy gaz ta’minoti soat 16:00 dan boshlab bosqichma-bosqich qayta tiklanadi

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali hududlarda tabiiy gaz ta’minoti bugun soat 16:00 dan boshlab bosqichma-bosqich qayta tiklanishini ma'lum qildi.

❗️Hurmatli fuqarolar, gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiling!

Eslatib o‘tamiz, “Muzrabot-Dushanbe” magistral gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holati sababli bugun soat 6:30 da Termiz shahri, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Muzrabot, Angor va Termiz tumanlarida iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshqarmalar faoliyati va davlat xizmatchilarining samaradorligini o‘rganish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda davlat kadastrlari palatasi va kadastr agentligining viloyat boshqarmalarida bo‘ldi.

Boshqarmalar faoliyati bilan tanishilib, mutasaddilar bilan kadastr, ko‘chmas mulk, yer qonunchiligi hamda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1761

#Surxondaryo #kadastr #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Uzun tumanida yangi temir yo‘l vokzali ishga tushdi

Surxondaryo viloyatining qo‘shni Tojikiston bilan chegaradosh Uzun tumanida “Uzun” temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, temir yo‘lchilar va faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  

Batafsil: https://uza.uz/posts/552882

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter