Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.2K photos
3.21K videos
1 file
14K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida jami 2,4 gigavattlik quyosh va shamol elektr stansiyalarini foydalanishga topshirish va tarmoqqa ulash ishlariga start berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Masdar” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Al-Ramahiy bilan birgalikda Sherobod, G‘allaorol, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida quyosh va Tomdi tumanida shamol elektr stansiyalarini ishga tushirdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Afg‘on shamoli”ning aholimiz salomatligiga salbiy ta’sirini yumshatish, “yashil kamarlar” tashkil etish maqsadida Termiz va Angor tumanlari tutashgan “Kattaqum” massivida saksovul ko‘chatlari ekish va urug‘larini sepish ishlariga start berildi.

Unda loyihaning ushbu bosqichida 15 ming gektar maydonga Qoraqalpog‘istondan keltirilgan 100 ming tup saksovul ko‘chatlari ekiladi va 80 tonna saksovul urug‘i sepiladi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1758

#Surxondaryo #Afgonshamoli #yashilkamar #saksavul

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi 4-sonli Oilaviy poliklinikaning Xo‘jaqiya filialida bo‘lib, “Surxondaryo tajribasi”ni namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, 10-sonli maktabda tarbiyasi og‘ir, profilaktik hisobga olingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1759

#Surxondaryo #Surxondaryotajribasi #tibbiyot #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryolik 5 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylarimizga Prezidentimizning yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrik va sovg‘alari yetkazib berildi.

Xususan, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshli Kenja Ilamanovning xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi hamda Prezidentimizning tabrigini o‘qib eshittirib, sovg‘alarini topshirdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1760

#Surxondaryo #Prezident #Tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
❗️Тармоқда юзага келган носозликни тезкор бартараф этиш чораси кўрилмоқда

Вилоят навбатчилик штабига келиб тушган хабарга кўра бугун, 28 декабрь куни Бандихон туманининг «Полвонтош» маҳалласи ҳудудидан ўтувчи «Музработ-Душанбе» магистраль газ қувурининг 101-190 км оралиғидаги Д-700 мм бўлган магистраль газ қувурида авария ҳолати юзага келган.

Ҳозирда «Ҳудудгаз Сурхондарё» газ таъминоти филиали томонидан авария ҳолатини бартараф этиш ва табиий газ таъминотини тиклаш чоралари кўрилмоқда. Шу муносабат билан бугун соат 6:30 дан Термиз шаҳри, Бандихон, Қизириқ, Музработ, Термиз, Жарқўрғон, Қумқўрғон туманларида истеъмолчиларга табиий газ етказиб бериш вақтинча тўхтатилди.

Таъмирлаш ишлари тугатилгандан сўнг табиий газ таъминоти қайта тикланади.

Газ таъминоти филиали юзага келаётган ноқулайликлар учун  истеъмолчилардан узр сўрайди ҳамда яқин вақтлар ичида таъминотни тиклаш бўйича тезкор чоралар кўрилаётганлигини маълум қилади.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter