Surxondaryo viloyati hokimligi
24.6K subscribers
31.9K photos
3.17K videos
1 file
13.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: https://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi:

🔹 Muzrabot tumani madaniyat bo‘limi: mudir;

🔹 Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tumani bo‘limi: "Balхiguzar" mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔹 Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi: "Saхavot" mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔹 Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi: "Nurli diyor" mahallasi Yoshlar yetakchisi;

🔹 Sherobod tuman irrigatsiya bo‘limi: boshliq;

🔹 Oltinsoy tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Zardaqul" mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔹 Bandixon tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: kambag'allikni qisqartirish va mahallani qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha bo'lim boshlig'i o'rinbosari;

🔹 Jarqo‘rg‘on tumani madaniyat va turizm bo‘limi: mudiri;

❗️Arizalar 30.12.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Yangi yilni ozoda mahalla va ko‘chalar bilan kutib oling!

Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasi yangi yil bayrami oldidan o‘ziga xos aksiya o‘tkazmoqda. Korxonadagi mavjud chiqindi yig‘ish transportlari bayramona bezatilib, hududlarda chiqindilarni yig‘ish bilan birga aholiga bayram kayfiyatini ulashmoqda.

Shu orqali “Toza hudud” korxonasi aholini mahalla va ko‘chalar tozaligiga e’tibor qaratishga, yangi yilni ozoda mahallada kutib olishga chorlamoqda.

Hurmatli fuqarolarimizdan yashab turgan mahallamiz, ko‘cha va xonadonimiz tozaligiga e’tiborli bo‘lib, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashga, yashash manzillari ozodaligini saqlashga chorlab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatida ilk bor mahalliy chorva mollari terisini qayta ishlovchi, Italiya texnologiyasi bilan jihozlangan korxona Angor tumanida "Top Quality Brand" MChJ tomonidan ishga tushirilgan.

Faoliyat boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan korxona chorvachilik komplekslari va aholi tomonidan shu paytgacha chiqindiga chiqarilgan yoki arzon narxlarda boshqa hududlarga sotib yuborilgan chorva mollari terilarini endilikda o‘zimizda to‘liq qayta ishlanishini ta’minlaydi. Bu orqali 120 nafar doimiy ish o‘rni yaratilib, yiliga 1,2 mln kv metr tayyor charm, 450 ming juft poyabzal, 250 ming dona charm-attorlik mahsulotlari, 5 ming tonna jelatin ishlab chiqariladi.

Korxonaga OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1762

#Surxondaryo #presstur #teriniqaytaishlash #TopQualityBrand

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bolajonlarni yurtboshimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi.

Viloyatimiz hududlari bo‘ylab davom etayotgan bayram tadbirlarida 624 nafar 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, Vatan sarhadlarini himoya qilishda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlariga “Prezident sovg‘asi”ni topshirish bayram tadbirlari davom etmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1763

#Surxondaryo #Prezidentarchasi #Prezidentsovgasi #Yangiyil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Zaif eshituvchi bolalarga tuhfa

Surxondaryo viloyatida zaif eshituvchi 27 bolaga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan eshitish apparatlari sovg‘a qilindi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/553093

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahrida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi. Yangi yil bayrami oldidan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, dasturxonlar to‘kin-sochinligi uchun narx-navolarning arzon bo‘lishini qat’iy nazoratga olinganligiga e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga bayram dasturxonlari uchun zarur mahsulotlarning uzluksiz sotilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

#Surxondaryo #Yarmarka #yangiyil #yashildunyo

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter