Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahri
#seminar
🚕 Avtomobil yo’llari texnik tahlili va harakat xavfsizligi markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 901-sonli qarori mazmun-mohiyatini tashkilot ishchi-xodimlariga yaqindan tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.
🏢 Seminarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari, xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ishlarining turlari hamda tarkibini belgilash, pudrat ishlarini hajm uslubida amalga oshirishni joriy etish, tabiiy ofat va texnogen holatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf qilish ishlarini tashkil etish tartibi yuzasidan ma’lumot berildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#seminar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahri
#oʻquv_kurslari
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 11-oktabrdagi PQ–330-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublika ichki xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-son qarori qabul qilindi.
◾️ Ushbu qarorning 7-bandiga asosan Toshkent davlat transport universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash uchastkasi xodimlari malakasini oshirib borish amaliyotini joriy etish belgilandi.
🗺 Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash uchastkasi xodimlari uchun «Ichki yo‘llarni ekspluatatsiya qilish» yo‘nalishida ishlab chiqilgan malaka oshirish dasturi asosida nazariya va amaliyotni uzviy bog‘lab malaka oshirish kurslari tashkil qilindi.
🖥 Dastur mazmuni ichki yo‘llarni ekspluatatsiya qilishni tashkil etishning umumiy tamoyillari, ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish, ichki yo‘llarni obodonlashtirish va jihozlashda eng ilg‘or texnologiyalarni va zamonaviy usullarni tanlash, ichki yo‘llar holatini monitoring qilish va baholash, ekspluatatsiya qilish xarajatlari smetasini hisoblash, eng maqbul texnologiyalarni tanlash, sifat menejmentini joriy qilish o‘quv modullari bo‘yicha soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
◾️ Dastur doirasida xodimlar malakasini oshirish darslari 144 soatga mo‘ljallab tuzildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#oʻquv_kurslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM