Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Harakat_xavfsizligi
#Tezkor_reyd
#Noqonuniy_qazish
AVTOMOBIL YO'LLARDA NOQONUNIY QAZISH ISHLARI OLIB BORILISHIGA QARSHI TEZKOR TARTIBDA CHORA KO'RILDI
Har bir hududning qiyofasiga ko'rk bagishlovchi jihat osha go'shaning yo'llari hisoblanadi. So'nggi yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida obodonchilik va bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yo'llar qurish, mavjud yo'llarni ta'mirlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ko'plab yo'llar joriy va kapital ta'mirlanib, yangidan yangi yo'llar barpo etilmoqda.Ayniqsa, avtomobil yo‘llarining soz va belgilangan talablar asosida bo'lishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Avtomobil yo‘llarida qonunga xilof ravishda qazish, qurilish ishlarini bajarish, har xil turdagi belgilar, bekatlar qurish va reklamalar o'rnatish kabi holatlar man etilganligiga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan hududlarda ruxsatsiz ravishda o'zboshimchalik bilan yo'llarga shikast yetkazish ishlari amalga oshirilayotganganligi jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
O'zbekiston Respublikasining "Avtomobil yo'llari to'grisida"gi qonuni talablariga ko'ra, avtomobil yo‘llari qaysi yuridik tashkilot ixtiyorida bo'lsa, o'sha sub'yektlar bilan oldindan kelishuv imzolamasdan, kanallar, aloqa va elektr uzatish tarmoqlari, quvurlar, temir yo'llar hamda boshqa kommunikatsiyalar avtomobil yo'llarini kesib o'tishiga yo'l qo'yilmaydi. Avtomobil yo‘llaridagi harakatlarni cheklash yoki ta'qiqlash-avtomobil yo'llariga egalik qilayotgan yuridik tashkilot tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosidagina amalga oshirilishi ko'rsatilgan. Ammo, shunga qaramay viloyatimizda ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari ta'minotini yaxshilash,nosozliklarni bartaraf etish kabi bahonalar bilan umumfoydalanuvdagi yo'llar va talay ichki ko'chalar o'zboshimchalik bilan qazib tashlanmoqda.
Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi harakat xavfsizligini ta'minlash bosh mutaxassisi tomonidan avtomobil yo‘llari sozligini nazorat qilish bo'yicha tashkil etilayotgan reydlar orqali ana shunday salbiy holatlarning oldi olinmoqda.
Ayni kunlarda o'tkazilgan reydlar natijasida Marhamat tumani 4R-140 "Marg'ilon-Quva-Marhamat-Aravon" avtomobil yo'lining 46-53 km qismida hamda "Polvontepa" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Zamindor ko'chasining jami 700 m masofasida "Bunyodkor Serviz" MCHJ tomonidan ichimlik suvi tarmog'i o'rnatish maqsadida hech qanday ruxsatnomasiz yo'llarni qazish orqali avtomobil yo'lining chekka qismiga shikast yetkanligi sabab nosoz holatga kelganligi aniqlandi.
Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi harakat xavfsizlikligini ta'minlash bosh mutaxassisi va tuman bo'limlari tomonidan mazkur holat tezkor tartibda o'rganilib, noqonuniy tarzda qurilish ishlarini olib borgan "Bunyodkor Servis" MCHJ ishchi xodimlari o'rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Noqonuniy qazish ishlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib, yuqoridagi ko'ngilsiz holatni bartaraf etish bo'yicha zaruriy choralar ko'rib chiqildi. Yo'lga yetkazilgan jiddiy zarar yuzasidan qonun doirasida jarima undirish belgilandi.
Yuqoridagi ko'ngilsiz manzaralar afsuski viloyatimizning har bir hududida uchrab turibdi. Bundan tashqari yo'llarda hech qanday ruxsatnomlarsiz kommunikatsiya tarmoqlari o'tkazishda bajarilayotgan qazish ishlari avtomobil yo‘llarida turli noxush yo'l transport hodisalari kelip chiqishiga omil bo'libgina qolmay, xalq roziligi, vatan taraqqiyoti yo'lida kecha-yu kunduz tinim bilmayotgan yo'lsozlarimizning nomi qora qilinip, ularning fidoiy mehnatiga sun'iy ravishda "loy chaplanayotgani" ga ham sabab bo'layotgani tashvishli xolatdir.
Shunday ekan, unutmaylikki, yo'l faqatgina yo'l bunyodkorlarining emas, xalq mulkidir. Uni beshikast saqlash va ravonligini ta'minlash barchamizning burchimizdir.
https://t.iss.one/and_avtoyolpressa