Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
⚡️ Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Halimov hamda Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi mas’ul xodimi N.Usmonov tomonidan viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🔍 Navbatdagi monitoring jarayonlari Navbahor tumanidan o‘tgan, davlat ahamiyatiga ega D067 “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lida olib borildi.
🛡 Mazkur hududda qum-shag‘al aralashmasiga (QSHA) sovuq bitum qo‘shilib, joyida aralashtirish usulida maxsus texnikalar yordamida yangi yo‘l qoplamasi yotqizilmoqda.
📌 Mutasaddilar aynan shu texnologik jarayonni joyida o‘rganib, ish sifati va texnologik talablarga muvofiqligini baholadilar.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
❗️ Xatirchi va Paxtachi tumanlarini bog‘lovchi ko‘prik yangidan qurilyapti.
📊 “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Navoiy filiali davlat muassasasi tomonidan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish dasturi doirasida muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda.
🛡 Mazkur loyiha doirasida Samarqand viloyatining Paxtachi tumani va Navoiy viloyatining Xatirchi tumanini bog‘lovchi ko‘prik yangidan qurilyapti.
💥 Yangi ko‘prik qurilishi hududlararo transport aloqasini tiklash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholining harakatlanishini qulaylashtirishga xizmat qiladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
🖥 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi 383-sonli “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, avval Samarqand viloyati AYBB tasarrufida bo‘lgan Paxtachi TYFDM balansidagi mahalliy ahamiyatga ega 4K493 “Zarafshon qishlog‘iga” avtomobil yo‘li endilikda Navoiy viloyati AYBB tasarrufidagi Xatirchi TYFDMga o‘tkazildi.
✔️ Mazkur yo‘l hozirda mahalliy ahamiyatga ega 85V027 (4N364) “Zarafshon qishlog‘iga” avtomobil yo‘li sifatida ro‘yxatga olingan.
🛡 Ayni kunlarda ushbu yo‘lning texnik holatini yaxshilash maqsadida Xatirchi TYFDM tomonidani keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
📈 Shuningdek, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy piyodalar yo‘lagi ham qurilyapti.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#NAVOIY_VILOYATI
#INFOGRAFIKA
🖥 Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan 2025 – yilning o‘tgan davri mobaynida kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha infografika.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#INFOGRAFIKA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#ISLOHOTLAR_AMALDA
💥 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida Navoiy viloyatida olib borilayotgan ishlar aholi farovonligi uchun xizmat qilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#ISLOHOTLAR_AMALDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Navbahor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega D067 “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilyapti.
🛡 Ayni paytda maxsus texnika va mexanizmlar yordamida joyida qorish usuli orqali asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔼 Bundan ko‘zlangan maqsad, yo‘l qoplamasining sifatini yaxshilash, transport harakatining xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlashdan iborat.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
🗺 Karmana tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega D190 (4R64 g) “M37 avtomobil yo‘li (150-km dan) – Navoiy temir yo‘l stansiyasi – Navoiy Azot AJ – Navoiy IES – Navoiy Elektrokimyo zavodi” avtomobil yo‘lida yo‘l yoqasini mustahkamlash ishlari amalga oshirilyapti.
🛡 Mazkur ishlar yo‘l infratuzilmasini saqlash, transport vositalari harakatini xavfsiz va barqaror ta’minlash maqsadida bosqichma-bosqich bajarilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Konimex tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega D191 (4R57) “Qizilqum halqa yo‘li (Karmana sh. – Nurota sh. – Uchtepa q. – O‘tamurot q. – Tomdibuloq q. – Qizilquduq temir yo‘l stansiyasi)” avtomobil yo‘lining 197–204-kilometr qismlari oralig‘ida ta’mirlash ishlari boshlandi.
📍 Ayni kunlarda mazkur yo‘l uchastkasida maxsus texnika va mexanizmlar yordamida joyida qorish usuli orqali asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
💥 Bundan ko‘zlangan maqsad, yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalarining uzluksiz harakatini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, jarayonlar loyihaviy talablarga muvofiq bosqichma-bosqich bajarilyapti.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
🚩 Qiziltepa tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega D197 (4R65) “D189 avtomobil yo‘li (49-km dan) – Azizobod q. – A380 avtomobil yo‘li (208-km ga) a) M37 avtomobil yo‘liga (3-km dan)” avtomobil yo‘lining 0–3-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilyapti.
🌧 Ushbu ishlar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
🕯 Jarayonga Qiziltepa tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 10 ta maxsus texnikasi hamda 15 nafar ishchi-xodimi jalb etilgan.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
🛣 “Qizilqum halqa yo‘li”da ta’mirlash ishlari izchil davom etmoqda.
🚩 Navoiy viloyati Konimex tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega (4R57) D191 “Qizilqum halqa yo‘li (Karmana sh. – Nurota sh. – Uchtepa q. – O‘tamurot q. – Tomdibuloq q. – Qizilquduq temir yo‘l stansiyasi)” avtomobil yo‘lining 197–204-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🛠Ayni vaqtda ushbu uchastkada joyida qorish usuli orqali qora qoplama asfalt yotqizilmoqda. Ishlar maxsus texnika va zamonaviy mexanizmlar yordamida olib borilmoqda.
🚜 Mazkur hududdagi qurilish-ta’mirlash ishlariga 15 dona maxsus texnika va 20 nafarga yaqin ishchi-xodim jalb etilgan.
Ushbu sa’y-harakatlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligi va qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
🛠Ayni vaqtda ushbu uchastkada joyida qorish usuli orqali qora qoplama asfalt yotqizilmoqda. Ishlar maxsus texnika va zamonaviy mexanizmlar yordamida olib borilmoqda.
🚜 Mazkur hududdagi qurilish-ta’mirlash ishlariga 15 dona maxsus texnika va 20 nafarga yaqin ishchi-xodim jalb etilgan.
Ushbu sa’y-harakatlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligi va qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#SEMINAR
🚛Avtomobil yo‘llarida yuk nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
📣 Mamlakatimizda avtomobil yo‘llari tarmog‘ini saqlash, yo‘llarda avtomobil transportining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakati davomida ularning vazn va hajm ko‘rsatkichlarini samarali nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yangi qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyatini joylarda tushuntirish hamda sohaga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar yuzasidan xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
📌 Shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv-seminarda Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi davlat muassasasining Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Farruh Ne’matov ishtirok etdi.
⏳ Tadbir davomida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning amaliy va nazariy bilimlarini oshirish, ularga amaldagi huquqiy-me’yoriy talablarga muvofiq zarur ko‘nikmalarni berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#SEMINAR
🚛Avtomobil yo‘llarida yuk nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, yangi qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyatini joylarda tushuntirish hamda sohaga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar yuzasidan xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI 📍
#JARAYON
🚛 Avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi.
📣 Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Transport nazorati inspeksiyasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi, Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi davlat muassasasi, shuningdek, Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida viloyat hududida avtotransport vositalarining vazn va hajm ko‘rsatkichlarini nazorat qilish bo‘yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari tashkil etildi.
🔖 Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — og‘ir yuk tashuvchi transport vositalari tomonidan yo‘l qoidalari, ayniqsa, vazn me'yorlariga rioya etilishini ta'minlash, shuningdek, avtomobil yo‘llarining tezda ishdan chiqishiga olib kelayotgan ortiqcha yuk tashish holatlarining oldini olishdan iboratdir.
❗️ Reyd davomida avtotransport vositalari maxsus tarozilar yordamida tekshirilib, belgilangan standartlardan og‘ish holatlari aniqlanganda tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bu kabi tadbirlar yo‘llarni muhofaza qilish va harakat xavfsizligini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi.
📣 Mutasaddi tashkilotlar tomonidan bunday nazorat tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
🚛 Avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#NAVOIY_VILOYATI📍
#JARAYON
📝 “Tashabbusli budjet” doirasida ichki xo‘jalik yo‘llari asfaltlanmoqda.
👍 Navoiy Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida Qiziltepa tumani “Demas” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarining 3 km 100 metrlik qismida asfalt-beton qoplama yotqizish ishlari tugatildi.
Mazkur amaliy ishlar mahalla aholisining tashabbusi bilan ilgari surilgan bo‘lib, mahalla yo‘llarining holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
📌 Ishlar belgilangan reja asosida olib borilmoqda va bu orqali mahalla infratuzilmasi yanada yaxshilanadi.
“Tashabbusli budjet” dasturi — fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi muammolarni hal etishdagi bevosita ishtirokini ta'minlayotgan samarali mexanizm hisoblanadi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Mazkur amaliy ishlar mahalla aholisining tashabbusi bilan ilgari surilgan bo‘lib, mahalla yo‘llarining holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
“Tashabbusli budjet” dasturi — fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi muammolarni hal etishdagi bevosita ishtirokini ta'minlayotgan samarali mexanizm hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida “Saroy” MFY ichki yo‘llari asfaltlandi.
Navoiy Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida, “Tashabbusli budjet” dasturining birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyiha asosida Qiziltepa tumani “Saroy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarining 3 km 300 metrlik qismiga asfalt-beton qoplamasi yotqizildi.
🚜 Amaliy ishlar Qiziltepa tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirildi. Qurilish-ta’mirlash jarayonlariga 15 dona maxsus texnika va 10 nafar ishchi-xodim jalb etildi.
🔧 Mazkur tashabbus mahalla aholisining bevosita ishtirokida shakllangan bo‘lib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholining harakatlanishida qulaylik yaratish va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
✅ “Tashabbusli budjet” – fuqarolar tashabbusi asosida mahallalardagi eng dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan ochiq va shaffof mexanizm bo‘lib, mahalliy infratuzilmani rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida “Saroy” MFY ichki yo‘llari asfaltlandi.
Navoiy Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida, “Tashabbusli budjet” dasturining birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyiha asosida Qiziltepa tumani “Saroy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarining 3 km 300 metrlik qismiga asfalt-beton qoplamasi yotqizildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
#NAVOIY_VILOYATI 📍
#JARAYON
🛣 Yo‘l qoplamasi sifatini yaxshilash ishlari davom etmoqda.
📌 Qiziltepa tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan (4R63) D189 “Kogon shahri – Quyimozor suv ombori – Qiziltepa shahri – Toshrabot qo‘rg‘oni – Arabsaroy qishlog‘i – Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 70–75-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🚧Qurilish-ta’mirlash jarayonida QSHA (Qum shag‘al aralashmasi)ga sovuq bitum qo‘shilib, joyida aralashtirish usulida yo‘l qoplamasi yotqizilmoqda. Bu usul yo‘lning mustahkamligi va foydalanish muddatini oshirishga xizmat qiladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
🚧Qurilish-ta’mirlash jarayonida QSHA (Qum shag‘al aralashmasi)ga sovuq bitum qo‘shilib, joyida aralashtirish usulida yo‘l qoplamasi yotqizilmoqda. Bu usul yo‘lning mustahkamligi va foydalanish muddatini oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
📣 2025-yilning birinchi mavsumida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida Navbahor tumanidan ilgari surilgan takliflar orasida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib chiqqan loyiha asosida amaliy ishlar boshlandi. Jumladan, Xashman mahallasining 2,5 km yo‘l qismi asfaltlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda.
🏗 Ushbu loyiha Navoiy Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida amalga oshirilmoqda.
📍 "Tashabbusli budjet" doirasida faqat Navbahor tumani emas, balki viloyatning boshqa hududlarida ham aholining ovozlari asosida tanlangan loyihalar asosida ta’mirlash va qurilish ishlari davom etmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
🏗 Ushbu loyiha Navoiy Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida amalga oshirilmoqda.
📍 "Tashabbusli budjet" doirasida faqat Navbahor tumani emas, balki viloyatning boshqa hududlarida ham aholining ovozlari asosida tanlangan loyihalar asosida ta’mirlash va qurilish ishlari davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
#NAVOIY_VILOYATI📍
#HUQUQIY_TARGIBOT💼
🚛Nurota tumanida yuk tashish qoidalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
🚩 Nurota tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yuristkonsulti B. Boliqulov tomonidan tumandagi “GOVSUVORLAR” MCHJ va “IMPRIAL GRANIT” MCHJ korxonalarida granit toshlarini qayta ishlovchi sexlarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
⚡️ Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarorining 2-ilovasida belgilangan “Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalari” asosida avtotransport vositalarining ruxsat etilgan massa me’yorlariga rioya etilishi zarurligi haqida haydovchilar va korxona mas’ul xodimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
🚧 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–330-sonli qarori mazmun-mohiyati ham keng yoritildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#HUQUQIY_TARGIBOT
🚛Nurota tumanida yuk tashish qoidalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👎2
#NAVOIY_VILOYATI📍
#JARAYON
⚡️ Karmana tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan (4R64) g) D190 avtomobil yo‘lida navbatdagi ta’mirlash ishlari boshlandi.
🔹 Mazkur yo‘l yo‘nalishi “M–37 avtomobil yo‘lining 150-kilometridan – Navoiy temir yo‘l stansiyasi – Navoiy Azot aksiyadorlik jamiyati – Navoiy issiqlik elektr stansiyasi – Navoiy elektrokimyo zavodi”gacha bo‘lgan sanoat va strategik ahamiyatga ega yo‘nalish bo‘lib, uning 6–7-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🔹 Ta’mirlash ishlari doirasida yo‘l asosini tekislash, zichlash va asfalt-beton qoplamasi yotqizishga tayyorgarlik ishlari bajarilmoqda.
🔹 Ishlar zamonaviy texnika va maxsus mexanizmlar yordamida, sifat talablari va xavfsizlik me’yorlariga muvofiq olib borilmoqda.
🔹 Ushbu sa’y-harakatlar natijasida mazkur sanoat hududlariga olib boruvchi transport yo‘llarining uzluksizligi ta’minlanib, yuk tashish samaradorligi va harakat xavfsizligi sezilarli darajada oshiriladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
🔹 Mazkur yo‘l yo‘nalishi “M–37 avtomobil yo‘lining 150-kilometridan – Navoiy temir yo‘l stansiyasi – Navoiy Azot aksiyadorlik jamiyati – Navoiy issiqlik elektr stansiyasi – Navoiy elektrokimyo zavodi”gacha bo‘lgan sanoat va strategik ahamiyatga ega yo‘nalish bo‘lib, uning 6–7-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🔹 Ta’mirlash ishlari doirasida yo‘l asosini tekislash, zichlash va asfalt-beton qoplamasi yotqizishga tayyorgarlik ishlari bajarilmoqda.
🔹 Ishlar zamonaviy texnika va maxsus mexanizmlar yordamida, sifat talablari va xavfsizlik me’yorlariga muvofiq olib borilmoqda.
🔹 Ushbu sa’y-harakatlar natijasida mazkur sanoat hududlariga olib boruvchi transport yo‘llarining uzluksizligi ta’minlanib, yuk tashish samaradorligi va harakat xavfsizligi sezilarli darajada oshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI📍
#JARAYON
🇺🇿 Konimex tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va tiklash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
📍 Joriy yilda tumandagi ahamiyatli yo‘l uchastkalarida qora qoplama usulida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi. Ishlar zamonaviy texnika vositalari hamda maxsus mexanizmlar yordamida olib borildi.
⚡️ Xususan, yo‘l asosini tekislash, zichlash, asfalt qorishmasini yotqizish va ustki qatlamni siqish kabi bosqichlar talab darajasida bajarildi.
🔖 Shu bilan birga, yo‘l chetlarini mustahkamlash, yo‘l belgilarini o‘rnatish va xavfsizlik choralari ko‘rildi.
🔹Ushbu sa’y-harakatlar tumanda transport harakatining xavfsizligi va qulayligini ta’minlash, yo‘lovchilar va yuk tashuvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

👍2