Uchqo‘rg‘on tuman hokimligi | Rasmiy kanal
#Oramizdagi_odamlarning_mehnatini_qadrlaylik
⛔ Bolam xalq xizmatida yuribman...
📌 Tundagi sovuq shamol, yog‘ib o‘tgan qor va muzlagan yo‘llar – bularning barchasi bir qaraganda oddiy hodisa. Ammo bu osoyishta ko‘ringan manzara ortida kimlarningdir beuftoq mehnati, kechasi bilan ko‘z yorg‘ochi yo‘llar tozalayotganlarning jasorati yotadi.
📣 Har birimiz ertalab ishga shoshganimizda, uyg‘un yo‘llardan bemalol o‘tishimiz uchun kimdir ko‘pchilik ko‘rmaydigan paytda ish boshlaydi. Qo‘llarini sovuqqa qaramay, muz va qorni eritish, yo‘llarni xavfsiz qilish ularning vazifasi. Shunday kechalarning biri esa muzlamada ishlayotgan bir xodimning farzandi otasini sog‘inib, telefon orqali unga bunday deb yozadi:
– Dadajon, qaydasiz? Qachon kelasiz? Sizni sog‘indim-ku...
⚡️ U esa ko‘zlariga yog‘ilayotgan qorni, qalbiga qo‘yayotgan og‘ir vazifani qimirlatmay, qattiq javob qaytaradi:
– Bolam xalq xizmatida yuribman. Bugun boraman...
🔴 Shuningdek, bu javobda na faqat farzandning, balki butun yurtning ishonchi bor. Ular xalqqa xizmat qilishni vazifa bilishadi. Bizning tinchligimiz, xavfsizligimiz, oson kunimiz uchun jon qo‘yib xizmat qilayotganlarga minnatdorlik bildirish kerak.
🖱 E’tiborsiz qoldirmaylik. Xizmat qilayotganlarning qadrini bilish – ularning yuragiga nur bag‘ishlashdir.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#Oramizdagi_odamlarning_mehnatini_qadrlaylik
– Dadajon, qaydasiz? Qachon kelasiz? Sizni sog‘indim-ku...
– Bolam xalq xizmatida yuribman. Bugun boraman...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
❄️ Qor va sovuq tufayli muzlagan yo‘llar harakatlanish uchun soz va ravon holatga keltirilmoqda
🌨 Chust tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tumandagi barcha yo‘llarda muzlamaga qarshi qum-tuz, shlak aralashmalari sepilib, maxsus texnikalar yordamida yo‘llarni qordan tozalab, harakat xavfsizligi ta’minlanmoqda.
🌧 Jarayonlar xususida «Zo‘r TV» telekanalining «Bu kun» informatsion dasturida reportaj efirga uzatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON
🔔 Yo‘llar qordan tozalanmoqda
🗺 Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan haydovchilarning xavfsiz harakati uchun viloyat hududidagi barcha davlat va mahalliy ahamiyatidagi yo‘llarda muzlamaga qarshi qum-tuz, shlak aralashmalari sepilib, maxsus texnikalar yordamida yo‘llarni qordan tozalab, harakat xavfsizligi ta’minlanmoqda.
📲 Hududlarda yo‘l xodimlari tomonidan muntazam ravishda yo‘llarni qordan tozalash ishlari davom etmoqda.
🚕 Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni meʼyordan oshirmasdan, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so‘raymiz!
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
❄️ AVTOMOBIL YO‘LLARIDA QISHKI QAROV ISHLARI AVJIDA
⚙️ Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Jarqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan M41 “Bishkek - Dushanbe - Termiz” avtomobil yo‘lining Jarqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 1548–1606-kilometrlari oralig‘idagi qoplamada yuzaga kelgan muzlarni tozalash, mavjud qor uyumlarini kurash hamda qum-tuz avralashmasini sepish ishlari amalga oshirildi.
🔔 Hozida mazkur korxona tasarrufida bo‘lgan jami 168 kilometr uzunlikdagi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar 100 foiz qordan tozalangan.
❔ Ushbu jarayonga 34 nafar ishchi-xodim hamda 8 ta mashina-mexanizm jalb etilib, yo‘llarga 320 tonnadan ziyod qum-tuz aralashmasi sepildi.
🔵 Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad harakat xavfsizligini ta’minlash orqali yo‘l transport hodisalarining oldini olishdan iborat.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
⚡️ Namanganda avtomobil yo‘llarining holati maxsus mashinalar yordamida o‘rganilmoqda
🎬 Mazkur o‘rganish jarayonlari haqida «Mening Yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvida lavha efirga uzatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
❄️ Navoiy viloyatida qor yogʻgan barcha hududlarda Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari tomonidan davlat va mahalliy ahamiyatidagi yo‘llarda muzlamaga qarshi qum-tuz, shlak aralashmalari sepilib, maxsus texnikalar yordamida yo‘llarni qordan tozalab, harakat xavfsizligi ta’minlanmoqda.
📌 Bunda boshqarma tarkibidagi tashkilotlar tomonidan 50 ta maxsus texnika 250 nafar ishchi xodimlardan iborat ishchi guruhlari kechayu-kunduz navbatchilik asosida ishlashmoqda
❄️ Ayni paytda ham qor yog'gan hududlarda yo‘l xodimlari tomonidan muntazam ravishda yo‘llarni qordan tozalash ishlari davom etmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM