Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.91K subscribers
67.4K photos
4.43K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#NAVOIY_VILOYATI📍
#JARAYON🔈

🌨Navoiy viloyatida qor yogʻgan barcha hududlarda, viloyat avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi tarkibidagi tashkilotlar tomonidan viloyat hududidagi umumiy foydalanishdagi xalqaro ahamiyatga ega, davlat ahamiyatiga ega va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo`llarida erta tongdan boshlab muzlamaga qarshi
qum-tuz, shlak aralashmalari sepilib, maxsus texnikalar yordamida yo‘llarni qordan tozalab, harakat xavfsizligi ta’minlanmoqda.

❄️Ayni paytda ham qor yoqqan hududlarda yo‘l xodimlari  tomonidan muntazam ravishda yo‘llarni qordan tozalash ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🇺🇿YANGI YO‘L O‘TKAZGICH FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🔽O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi tegishli Qaroriga muvofiq hamda 2019-yil 17—18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga asosan yangi yo‘l o‘tkazgich qurilib, foydalanishga topshirildi.
    📍 Mazkur obyekt Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Namozgoh” mahallasi hududida joylashgan bo'lib, Davlat ahamiyatidagi 4R108 “Denov aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lini Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek - Dushanbe - Termiz” avtomobil yo‘li bilan bog‘laydi.
     Ushbu yo‘l o‘tkazgich - temir yo‘l hamda ikkita avtomobil yo‘li ustidan o‘tgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 81,5 mlrd so‘m.   
   🔺  Buyurtmachi tashkilot Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi, bosh pudratchi “Ko‘prikqurilishAJ.
    ⚠️ Ko‘prikning uzunligi 300 metr, kengligi esa 21 metrni tashkil etadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA🔈

📣Maxsus reportaj | Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

🇺🇿 Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.

🇺🇿Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EʼTIROF🎆

📍Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan yurtimizga mehmonga kelgan qardosh birodarlarimiz avtomobil yo‘llarimizning holati, ularda muntazam ravishda saqlash ishlarini olib boradigan xodimlar mehnatini, yo‘llarning ravonligi bilan bir qatorda mana shunday tozaligini ham e’tirof etishmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo_viloyati🇺🇿

🕓Ichki yo‘llar obod bo‘lmoqda

📌Sirdaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida, joriy yilda “Tashabbusli budjet” dasturi 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan Guliston shahar “Istiqlol” MFY Navnihol  ko‘chasining 0,340 km qismida asfaltlashtirish ishlari bajarildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI🇺🇿
#JARAYON🔈

Pop tumanida bir mahallaning ikki hududini birlashtiruvchi ko‘prik foydalanishga topshirildi

📌Pop tumanining olis tog‘li hududi bo‘lgan «O‘rta Xonobod» mahallasi o‘rtasidan kesib oqib o‘tuvchi «Chodaksoy» o‘zining injiq tabiati, vaqti-vaqti bilan kutilmagan oqimi bilan barchani xavotirda ushlab kelgan. Deyarli har yili omonat ko‘prikni sel oqizardi.

🖥Hududlarda aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli ro‘yxatiga asosan, Namangan viloyatida mahallalar infratuzilmasi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni hal etish davlat dasturi doirasida Namangan Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida «Most Master» MCHJ tomonidan uzunligi 18 metr bo‘lgan, bir mahallaning ikki hududi: Sohil va Nihol ko‘chalarini birlashtiruvchi ko‘prik yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.

🔼«Farzandlarimni, nevaralarimni maktabdan qaytishini kutib xavotirda yo‘l qarardim, 53 yil deganda endi ko‘nglimiz joyiga tushdi» - deydi mahalla oqsoqoli Ermatboy ota.

🎆 Bayramona tus olgan taqdimotda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida viloyat sektorlar rahbarlari, mahalla ahli qatnashdilar.

◾️Eng chekka hududlarda aholini qiynab kelayotgan masalalarning yechimidan mahalla oqsoqollari mamnun bo‘lib, duoga qo‘l ochdilar.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SAMARQAND_VILOYATI
#JARAYON

🌐"UZYO‘LKO‘PRIKKLASTER"ining Samarqand filiali viloyatning Bulung‘ur tumanidan o‘tgan temir yo‘l va avtomobil yo‘li kesishmasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘l o‘tkazgich qurilishini boshladi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus Qarori asosida qurilishi boshlangan tunnel va aylanma yo‘l uchun 80 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
🟢 Mazkur yo‘l o‘tkazgich 2025-yil oxiriga qadar qurib foydalanishga topshirilishi reja qilingan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM