Avtomobil yo'llari qo'mitasi
7.55K subscribers
69.9K photos
5.03K videos
97 files
12.2K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#JIZZAX_VILOYATI
#JARAYON

☄️Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi nazorat inspeksiyasi tomonidan taʼmirlanayotgan avtomobil yo‘llarining sifati doimiy nazorat qilib borilmoqda.
✔️Bunda asfalt qoplamasi sifati hamda to‘shama qalinligining meʼyoriy hujjatlar talablariga mosligi tekshirilib, qoida buzilishlarining oldi olinyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QASHQADARYO_VILOYATI
#JARAYON

☄️Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Yakkabogʻ tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ayni kunlarda “Amir Temur” shox ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
🔼Harakat xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarning oldini olish hamda transport oqimini yengillashtirish maqsadida mazkur ko‘chaning 1,2 kilometr uzunlikdagi qismiga asfalt qoplamasi yotqizilyapti.
📌Yaqin kelajakda ushbu manzilda 18 metr kenglikka ega bo‘lgan to‘rt tasmali harakat yo‘lagi barpo etiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TOSHKENT_VILOYATI
#JARAYON

⚡️"Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktori R.A'zamov rahbarligidagi Ishchi guruh Toshkent viloyatida joylashgan bir qator yo‘l bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu obyektlarda bajarilayotgan ta'mirlash ishlari, amalga oshirilayotgan ishlar sifati hamda mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi va amaliy ishlarga kirishildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JIZZAX_VILOYATI
#JARAYON

🔼Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi “Jizzaxyo‘lko‘kalam” DM tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini parvarishlash ishlariga alohida eʼtibor qaratishmoqda.
🕯2024-yilning kuz hamda 2025-yilning bahor faslida ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari mutazam davom etmoqda.
⚡️Bu ishlarga 100 nafarga yaqin ishchi-xodim hamda 5 dona suv quyish texnikasi, 2 ta traktor, 1 ta yuk avtomobili va 19 dona o‘t o‘rish aparatlari jalb qilingan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

🖥Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi 383-sonli “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash tog‘risida”gi qaroriga asosan Samarqand viloyati AYBBga qarashli Paxtachi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tasarrufida bo‘lgan mahalliy ahamiyatga ega 4K493 “Zarafshon qishlog‘iga” avtomobil yo‘li Navoiy viloyati AYBBga qarashli Xatirchi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazildi.
📈Hozirgi nomi mahalliy ahamiyatga ega 85V027 (4N364) “Zarafshon qishlog'iga” avtomobil yo‘li hisoblanadi.
🛡Ayni kunlarda Xatirchi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ushbu yo‘lda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SAMARQAND_VILOYATI
#JARAYON

🚩Oqdaryo TYFDMning asfalt-beton ishlab chiqarish sexi soatiga 160 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
🕯2024-yil davomida mazkur korxona tomonidan 67 140 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarilib, qurilish-ta’mirlash obyektlariga yetkazib berilgan.
💥Mazkur sex hududidan korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan laboratoriya binosi qurilib, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “Markaziy sinov laboratoriyasi” tomonidan jihozlar keltirildi va ishlab chiqarilgan asfalt-beton sifatini nazorat qilish uchun qulay imkoniyat yaratildi.


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

☄️Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan D239 (4P182) “A380 avtomobil yo‘li (661-km dan) – Qizilqal’a ovuli – Bo‘ston shahri – Guldursun qishlog‘i – To‘rtko‘l t.” avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan 53–66-kilometrlari oralig‘ini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🔼Mazkur ta’mirlash ishlari To‘rtko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
📌Qurilish-ta’mirlash ishlariga jami 10 ta maxsus texnika va 17 nafar ishchi-xodim jalb etilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom ettirimoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

🖥Prezidentimizning 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-430-son qaroriga muvofiq, Nurota tumanidagi “Chashma” ziyoratgohi va Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini bog‘lovchi yo‘l joriy ta’mirlanmoqda.
📈Ushbu Qaror ijrosi doirasida shuningdek, D074 “Mitan shaharchasi–Qo‘shrabot tumani–Nurota shahri” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 0–120-km qismini joriy ta’mirlash ham rejalashtirilgan.
🔼Hozirda ushbu avtomobil yo‘lining Nurota tumani hududidan o‘tuvchi 45 kilometr hamda Qo‘shrabot va Ishtixon tumanlari hududidan o‘tuvchi 75 kilometr, jami 120 kilometr masofadagi avtomobil yo‘lida asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari amalga oshirilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

☄️D154 (4R171G) “A380 avtomobil yo‘lidan (775-km) — Taxiatosh shahriga” avtomobil yo‘lining 11–12-km oralig‘ida qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔼Hozirda mazkur yo‘lning ta’mirlash ishlari Taxiatosh tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan olib borilmoqda.
⚡️Jarayonga 7 ta maxsus texnika va 13 nafar malakali ishchi-xodim jalb etilgan.
📈Ushbu yo‘l – Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy markazlaridan biri — Taxiatosh shahri bilan asosiy magistralni bog‘lab turuvchi muhim transport yo‘nalishidir.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XORAZM_VILOYATI
#JARAYON

🚩Xorazm viloyati Avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi barcha tashkilotlarda kunlik ishlar jadal davom etmoqda.
✔️Jumladan, shu kunlarda Bog‘ot TYFDM ishchi-xodimlari tomonidan haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida davlat ahamiyatidagi D223 “Urganch-Gurlan avtoyo‘li-Turkmaniston Respublikasi chegarasi.” avtomobil yo‘lida joriy ta’mirlash, ya’ni, asfalt yotqizish ishlari olib borilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

☄️Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumani hududini bog‘lovchi D231 (4R173) “Qo‘ng‘irot—Mo‘ynoq” avtomobil yo‘lining 51—52-km oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🔼Bu ishlar Mo‘ynoq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilib, ta’mirlash ishlariga jami 8 ta maxsus texnika va 15 nafar ishchi-xodim jalb qilingan.
📌Bunday amaliy ishlar yo‘l harakati ishtirokchilariga qulaylik yaratish, transport qatnovini xavfsiz va uzluksiz ta’minlash, eng muhimi, aholining kundalik hayotini yengillashtirishga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatli.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SAMARQAND_VILOYATI
#JARAYON

🖥Prezidentimizning 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga muvofiq Samarqand viloyatida “Zarbdor” tajribasi asosida 1-bosqichda “drayver” loyihalar amalga oshirilmoqda.
📌Xususan, Samarqand viloyati Toyloq tumanining “Qo‘shchinor” mahallasidagi 3 gektar yer maydonini (6 ta lot) zarur infratuzilma bilan ta’minlash va hududda sanoat markazini tashkil etish maqsadida 425 metr uzunlikdagi avtomobil yo‘lida kengligi 6 metr, qalinligi 7 santimetr bo‘lgan asfalt qoplamasini yotqizish ushlari olib borilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JIZZAX_VILOYATI
#JARAYON

☄️Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Paxtakor TYFDM tomonidan hududdagi D042 avtomobil yo‘lining 75–77-km qismi va D047 avtomobil yo‘lining 36–38-kilometrlari oralig‘ida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
🔼Yo‘lning yuk ko‘taruvchanlik quvvatini 10 tonnadan 13 tonnaga oshirish maqsadida ushbu jarayonga 40 dan ortiq maxsus texnikalar va 50 nafarga yaqin ishchi-xodimlar jalb qilingan.
📌Texnikalar yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan to‘liq taʼminlanib, ishchilarga zarur mehnat sharoitlari yaratilgan.
✔️Ayni paytda jarayonlar jadal davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O‘ZYO‘LKO‘PRIK_KLASTERI
#JARAYON

☄️“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasasi tarkibidagi Armatura sexida ayni kunda 53 nafar ishchi-xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
🔼Korxonada asosan sement-beton mahsulotlarini tayyorlash uchun armatura to‘qimalari, ya’ni, karkaslar tayyorlanadi.
📌Ushbu sexga mahalliy mahsulotlardan tashqari, Rossiya hamda Qozog‘iston davlatlaridan ham xom-ashyo mahsulotlari olib kelinadi.
⚡️Hozirgi kunda korxonada 10 turdan ortiq sement-beton mahsulotlar uchun armatura to‘qimalari tayyorlanmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

🚩Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Navbahor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mazkur korxona tasarrufida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari amalga oshirilmoqda.
🗺Bu ishlar yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, tartibni saqlash hamda haydovchilar va piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JIZZAX_VILOYATI
#JARAYON

☄️Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qurilgan uzunligi 155 metr, kengligi 5.4 metr va balandligi 2.3 metr bo‘lgan yerosti piyodalar yo‘li foydalanishga topshirildi.
🕯Jizzax shahrining eng serqatnov bo‘lgan O‘zbekiston-Toshkent-A.Navoiy-Nizom Qo‘shoqov ko‘chalarini tutashtiruvchi chorrahani to‘rt tomondan bog‘lovchi yerosti piyodalar o‘tish yo‘li zamonaviy dizayn va barcha qulayliklari bilan foydalanuvchilarga taqdim qilindi.
Nogironlar aravachalari va velosipedlar uchun ham qulayliklarga ega bo‘lgan bu majmua avtotranspot vositalarining xavfsiz harakatiga ham zamin yaratdi.
💥Muhimi, bu qulayliklardan aholi behad mamnun.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

☄️Nurota tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan G‘ozg‘on shahridagi “Shayxon” mahallasida joylashgan “Shohimardon” tarixiy obidasiga olib boruvchi ichki xo‘jalik yo‘llarida asfalt-beton qoplamasini yotqizish va piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari olib borilyapti.
🔼Ushbu jarayonda yo‘l asosini zichlash va mustahkamlash ishlari ham bajarilmoqda.
📌Loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – mahalla aholisi va ziyoratchilar uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratishdan iborat.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QASHQADARYO_VILOYATI
#JARAYON

☄️Qashqadaryo viloyatining so‘lim manzillaridan biri – Yakkabog‘ tumani yo‘l infratuzilmasi ham kun sayin yaxshilanib boryapti.
🔼Yakkabog‘ tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari ham kompleks rivojlantirish dasturi doirasida hudud farovonligi uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
📌Kuni-kecha yo‘lsozlar tomonidan mahalliy ahamiyatdagi 70V078 (4K347) “Yakkabog‘ shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 2—3-kilometrlari oralig‘ida yo‘l chetiga maxsus sement-beton ariqchalar (lotoklar)ni o‘rnatish hamda asfalt qoplamasini yotqizish ishlari yakuniga yetkazildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

🖥Tashabbusli budjet dasturining 2025-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib deb topilgan loyiha asosida Ellikqal’a tumanida aholi uchun muhim bo‘lgan avtomobil yo‘llari yangidan asfaltlandi.
📈Xususan, Qirqqizobod OFY hududidagi “Usmon Nosir” ko‘chasining 2 km 530 metr hamda Kichik Guldursin MFY hududidagi “Navoiy”, “Mustaqillik” va “Kichik Guldursin” ko‘chalarining 2 km 342 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.
🛡Ushbu ishlar hududdagi yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, yo‘lovchi va haydovchilarning harakatlanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

🗺Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan avtobus bekatlarini ta’mirlash, saqlash, bo‘yash va yangilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
☄️Ushbu chora-tadbirlar eng avvalo, yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan.
Ayni maqsadda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bo‘ylab mavjud avtobus bekatlarining texnik holati baholanib, bosqichma-bosqich ta’mirlash va yangilash ishlari olib borilyapti.
✔️Bu orqali nafaqat yo‘lovchilar oqimi tartibga solinmoqda, balki, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati ham sezilarli darajada oshirilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM