#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON
🗺 Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan avtobus bekatlarini ta’mirlash, saqlash, bo‘yash va yangilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
☄️ Ushbu chora-tadbirlar eng avvalo, yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan.
Ayni maqsadda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bo‘ylab mavjud avtobus bekatlarining texnik holati baholanib, bosqichma-bosqich ta’mirlash va yangilash ishlari olib borilyapti.
✔️ Bu orqali nafaqat yo‘lovchilar oqimi tartibga solinmoqda, balki, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati ham sezilarli darajada oshirilyapti.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Ayni maqsadda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bo‘ylab mavjud avtobus bekatlarining texnik holati baholanib, bosqichma-bosqich ta’mirlash va yangilash ishlari olib borilyapti.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JIZZAX_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Jizzax Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi nazorati bilan Zafarobod tumanidagi 4R197 avtomobil yo‘lining 0--8-km oralig‘ida taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
🔼 Jarayonda "Oʻzyoʻlkoʻprik" klasteri DM Jizzax filialining 7 ta maxsus texnikasi, 14 ta tashuvchi samosvali va 5 nafar malakali xodimlari faollik ko‘rsatishmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON
📊 Taxiatosh tumani hududidan o‘tgan D154 (4R171G) “A380 avtomobil yo‘lidan (775-km) — Taxiatosh shahriga" avtomobil yo‘lining 11–12-km oralig‘ida qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.
🔼 Mazkur ta’mirlash ishlari Taxiatosh tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan olib borilib, jarayonga 7 ta maxsus texnika va 13 nafar malakali ishchi-xodimlar jalb etildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JIZZAX_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Do‘stlik tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 25V002 "Do‘stlik.sh-Paxtazor SHFY-Toshkent QFY" avtomobil yo‘lining 14--32-km oralig‘ida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
📈 Taʼmirlash ishlariga 6 ta maxsus texnika, 13 ta samosval va 24 nafar ishchi-xodim jalb qilingan.
🛡 28 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li 6 m ennilikda, 5 sm qalinlikda asfalt qilinmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON
⚡️ D231 “Qo‘ng‘irot–Mo‘ynoq” avtomobil yo‘lining Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tuvchi qismida yo‘l yotiq chiziqlari yangidan chizildi.
🔼 Yo‘l yotiq chiziqlari — transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishini aniqlashtirib beruvchi, tartibni saqlovchi va yo‘ldagi harakat ishtirokchilarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlovchi eng asosiy vositalardan biridir.
📌 Ayniqsa, tungi va noqulay ob-havo sharoitlarida ushbu chiziqlarning aniq va yorqin bo‘lishi haydovchilar uchun katta qulaylik yaratadi.
✔️ Yangilangan yo‘l chiziqlari orqali transport oqimini to‘g‘ri boshqarish, avtohalokatlar xavfini kamaytirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga erishiladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
📈 Karmana tuman Yo'llardan fordalanish davlat muassasasi tomonidan mahalliy ahamiyatga ega 85V046 (4N383) "D199 avtomobil yo‘li (14 km.dan) – Xazora q." avtomobil yo'lida ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔼 Mazkur ta’mirlash ishlari yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, xavfsizlikni oshirish va aholining qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON
☄️ Shumanay TYFDM tomonidan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan D235 (4R177) “Qonliko‘l temir yo‘l stansiyasi – Shumanay shahri – Qoraboyli temir yo‘l stansiyasi" avtomobil yo‘lining 13–14-kilometrlari oralig‘idagi yo‘l qoplamasida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida yangidan asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.
🔼 Mazkur ishlar harakat xavfsizligini oshirish, transport oqimini yengillashtirish hamda aholining kundalik hayotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Qiziltepa tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mahalliy ahamiyatga ega D189 (4R63) “Kogon shahri – Quyimozor suv ombori – Qiziltepa shahri – Toshrabot qo‘rg‘oni – Arabsaroy qishlog‘i – Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 70–73-kilometrlari oralig‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
⌛ Hozirda mazkur uchastkada texnika va maxsus mexanizmlar yordamida joyida qorishtirish usuli bilan qora qoplama (asfalt) yotqizish ishlari olib borilyapti.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON
☄️ Nukus shahri “Ota makon” mahallasi hududidagi Birlikli el ko‘chasining 315 metr qismi yangidan asfaltlandi.
🔼 Ushbu ta’mirlash ishlari Nukus tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirildi.
⌛ Jarayonga 6 ta maxsus texnika va 13 nafar ishchi jalb etildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
🕯 Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi hamda Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamkorligida yo‘l bo‘limlari o‘rganilib, qurish va qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON
🖥 “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 1-mavsumida Ellikqal’a tumani “Tozabog‘” OFY Toza Amirabot ko‘chasini asfaltlash loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan edi.
🛡 Bugungi kunda “Building house one” MCHJ tomonidan ushbu ko‘chaning 1,5 kilometr uzunlikdagi qismiga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
⚡️ Qurilish ishlariga 10 ta maxsus texnika hamda 15 nafar ishchi-xodim jalb etilgan.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QASHQADARYO_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Yakkabog‘ tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi balansidagi 70V078 b) (4K347) “Yakkabog‘ shahriga kirish (15 km dan)” avtomobil yo‘lining 2–3-kilometrlari oralig‘idan Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Yakkabog‘” dehqon bozorigacha bo‘lgan qismida “Yakkabog‘ tumanini jadal kompleks rivojlantirish” dasturi doirasida avtomobil yo‘lini kengaytirish, ta’mirlash ishlari olib borildi.
🔼 Mazkur avtomobil yo‘li loyiha buyurtmachisi Qashqadaryo viloyati AYBB bo‘lib, pudratchi Yakkabog’ tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hisoblanadi.
📈 Ushbu jarayonda 324 dona maxsus sement-beton ariqcha (lotok) va 422 dona yo‘lni ajratuvchi himoya to‘siqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
🛡 Navoiy viloyatidagi ichki yo‘llarda qurilish ishlari davom etmoqda.
🚩 Navoiy Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida G‘ozg‘on shahrining “Shayxon” mahallasida joylashgan “Shohimardon” tarixiy obidasiga olib boruvchi ichki xo‘jalik yo‘llarida asfalt-beton qoplamasini yotqizish va piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
📈 Mazkur ishlar tarixiy obidaga olib boruvchi infratuzilmani yaxshilash, aholiga qulayliklar yaratish hamda sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON
🖥 “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 1-mavsumi doirasida Taxiatosh tumani “Jayxun” mahallasi hududidagi Qoraqalpog‘istonning 50 yilligi ko‘chasining 2 kilometr qismini asfaltlash loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan edi.
🛡 Bugungi kunda Taxiatosh TYFDM tomonidan ushbu ko‘chaning eski qoplamasi yo‘l frezasi yordamida qirib olinib, yangi qoplama yotqizish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QASHQADARYO_VILOYATI
#JARAYON
🕯 Dehqonobod tumanida ikkita yangi ko‘prik ishga tushdi.
☄️ “Oqmachit” mahallasi Dehqonobod tumani markazidan 30 km uzoqliкda joylashgan. Qoluvdor qishlog‘i esa o‘sha mahallaga qaraydi.
⌛ Hudud aholisining uzoq yillik orzulari ushaldi. Aniqroq aytganda, mahalliy aholini yillar davomida qiynagan soydan o‘tish muammosi bartaraf etildi.
💱 Tashabbuskor tadbirkorning homiyligi asosida ikkita ko‘prik qurildi.
📍 Endilikda, mazkur yangi ikkita ko‘prik odamlarning uzog‘ini yaqin, og'irini yengil qilmoqda.
💥 Ko‘priklarning qurilib, foydalanishga topshirilishi hudud ahlini behad mumnun etdi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON
🖥 Prezidentimizning 2024-yil 19-iyuldagi PQ-266-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahrining To‘lepbergen Qayipbergenov ko‘chasida 2 kilometr 200 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi ta’mirlanmoqda.
🕯 Ushbu ishlar nogironligi bo‘lgan va ko‘zi ojiz fuqarolar, shuningdek, barcha piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida olib borilyapti.
🛡 Qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasiga asosan “Kattagar Nukus qurilish” MCHJ tomonidan sifatli va qulay tarzda amalga oshirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON
💥 Navoiy viloyati Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega A379 “Navoiy – Uchquduq” avtomobil yo‘lining 5—8- kilometrlari oralig‘ida piyodalar yo‘lagi qurish va mavjud avtobus bekatlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Surxondaryo viloyati AYBB hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida keng ko‘lamli qurilish va ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🛡 Xususan, ayni kunlarda Sho‘rchi TYFDM tomonidan davlat ahamiyatidagi D161 “Darband q. – Boysun sh. – Elbayon q.” avtomobil yo‘lining “Elbayon” hamda “Go‘zallik” mahallalari hududidan o‘tuvchi 89–94-kilometrlari oralig‘ida ta’mirlash, ya’ni, asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilyapti.
📌 Buning uchun 12 ta maxsus texnika hamda 18 nafar ishchi-xodim jalb etilgan.
📊 Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON
🚩 Buxoro viloyatining Jondor tumanida ham yo‘lsozlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🛡 Jumladan, tumanning “Oytug‘di” mahallasi hududidagi ichki yo‘llarning 3 km qismi asfalt qilinyapti.
📈 Mazkur loyihani “Amirbek gold way service” MCHJ amalga oshirmoqda.
🔼 Yo‘lning ikki cheti (obochena qismi) bo‘ylab 1 metr kenglikda shag‘allashtirish ishlari ham olib borilyapti.
📊 Shuningdek, “Ibn Sino” mahallasiga qarashli Bo‘stonobod qishlog‘i hududidagi ichki ko‘chalarning 2,6 km qismiga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari ham boshlandi.
📌 Bu ishlar “Bahodir Charos Dilroz” MCHJ tomonidan bajarilmoqda.
✔️ Mazkur loyihalar yo‘llar sifatini yaxshilash orqali yo‘lovchi va haydovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilyapti.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QASHQADARYO_VILOYATI
#JARAYON
🚩 Yakkabog‘ tumani zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.
📍 Tuman markazini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilyapti.
🛡 Yakkabog‘ tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi balansidagi mahalliy ahamiyatga ega 70V050 (4K319) "Tanxoz-Yakkabog‘-Esat-Nurli yo‘l" avtomobil yo‘lining 13—14-kilometrlari oralig‘iga issiq asfalt qoplamasi yotqizildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM