Avtomobil yo'llari qo'mitasi
6.96K subscribers
67.7K photos
4.53K videos
96 files
11K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#NAVOIY_VILOYATI
#KUN_QAXRAMONLAR

❄️❄️❄️❄️❄️

Xatirchi tumani xududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega  4n403 avtomobil yo‘li  14 km bo‘lib   Angidon qishlog‘iga olib  boruvchi yo‘l xisoblanadi  tinimsiz qor yog‘ish natijasida yo‘llar yopilib qolgan!
       Bundan tashqari davlat ahamitagi ega 4r56 avtomobil yo‘li 57 km tumanning Langar qishlog‘idan o‘tgan bo‘lib bu yerda ham qor qoplanib yo‘llar yaxmalak xolatga kelib qolgan!
       Tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yo‘lsozlari  va maxsus texnikalari bilan birgalikda qum-tuz aralashmasi sepilgan xolatda yo‘llar qor va yaxmalakdan tozalandi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Sirdaryo_viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori Ikrom Narimov Sirdaryo viloyatida bo‘lib, investitsiya dasturi doirasida yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqida "Zo’r TV" "Bu kun" dasturida lavha efirga uzatildi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Website
#Buxoro_viloyati

♻️
Shofirkon tumani hududlarini ko'kalamzorlashtirish hamda yo'l yoqalarini tartibga keltirish maqsadida tuman Yo'llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 10 ming dona tut ko'chatlari olib kelingan.

🌱
Tuman obodligi yo'lida jonbozlik ko‘rsatayotgan yo‘lsozlar va obodonlashtirish xodimlari tomonidan "Savrak" mahalla fuqarolar yig'inidan o'tgan yo'l yoqalarida ko‘chatlar o'tqazilmoqda.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Xalqaro uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Yo‘l tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori bilan 2025-yilning yanvar oyidan boshlab yangi qurilayotgan obyektlarda yo‘l-qurilish ishlarining loyiha boshqaruvi va texnik nazorati Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) ning amaliyoti va hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining hududiy korxonalari mutaxassislari uchun bosqichma-bosqich o‘quv-seminarlar tashkil etish va o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.


📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Qoraqalpogʻistonning olis hududlarida ichki yoʻllar ta’mirlanmoqda.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Website
#Huquqiy_targʻibot:

Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida ZOOM orqali Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi davlat muassasasi va barcha tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari yuristkonsultlari hamda xodimlar nozirlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat protsessual, Ma'muriy huquqbuzarlik, Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida, Fuqarolik va iqtisodiy protsessual kodekslariga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari mazmun mohiyati muhokama qilindi. Online yig‘ilish qatnashchilariga bosh boshqarma yuristkonsulti tomonidan amaldagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi va mas'ullarga bu bo‘yicha targ‘ibotni kuchaytirish mas'uliyati topshirildi. Yangi mehnat kodeksini qo‘llash haqida tushunchalar va bu boradagi savollarga javoblar berildi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Website
#Eʻtirof

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan har yili iqtidori va iste’dodi, o‘z yo‘nalishi va kasbida yuqori salohiyati, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh qizlar O‘zbekiston Prezidenti qaroriga ko‘ra Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

E’tirof etilganlar orasida Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti Irisqulova Kamola Normat qizi ham Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi jamoasi Kamola Irismetovani yuksak mukofot bilan samimiy qutlaydi. Ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar, kuch-g‘ayrat va yana-da yuksak natijalar tilaydi!

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan Toshkent viloyati OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Website