Avtomobil yo'llari qo'mitasi
9.87K subscribers
68.5K photos
4.72K videos
96 files
11.5K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Rasmiy_Munosabat

Joriy yilning 6-may sanasida zarnews.uz ijtimoiy tarmog'ida, Xalqaro ahamiyatdagi M-37 avtomobil yo'lining, Ishtixon tumani, Chinortepa qishlog'i hududidan o'tgan qismining, yo'l yoqasi qo'prib tashlangani va hech bir soha mutasaddilari bu holatga ahamiyat qaratmayotgani aks etgan maqola (post) chiqarilgan edi.

Ayni paytda ushbu holat Ishtixon tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi mutasaddilari tomonidan bartaraf etilib, yo'l yoqasidagi beton chiqindilari ortib, olib ketildi.

@samavtoyul
#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqqan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.
Murojaatda ko’rsatilgan ko’prik Xiva tumani 4r 264 “Xiva sh.- Qoramon q.- Yangibozor q.” avtomobil yo‘lining 3,3km.da joylashgan G’ovuk yop kanali ustidan o‘tuvchi temir-beton ko‘prik bo‘lib, 1968 yillarda ko‘rilgan, uzunligi 26 pm, eni 7 m, Xiva tuman yo‘llardan foydalanish UK yo‘l bo‘limi balansida bo‘lib, ko‘prigiga 3.12 “o‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan” (5 ts) yo‘l belgilari bilan jixozlanishiga qaramasdan 2022 yil 28 oktyabr kuni HOWO rusumli yuk avtomabili me’yoridan ortiq shag‘al ortib xarakatlanib ushbu ko‘prikni nasadka va balkalarini sindirishi natijasida transport vositalarini xarakati cheklandi. Xozirgi kunda ushbu ko‘prikda, xarakat xavfsizligini ta’minlash uchun kerakli yo‘l belgilari va temir-beton to‘siqlar bilan xarakat chegaralangan bo‘lib, axoli xarakatlanishida noqulayliklarga olib kelgan ushbu xodisani vaqtincha bartaraf qilish maqsadida ushbu ko‘prikni aylanib o‘tish yo‘li tashkil qilingan. Ushbu ko‘prikni 2023 yilda Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish va uni oldini olish jamg‘armasi mablag‘lari xisobidan ta’mirlash uchun takliflar ro‘yxatiga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
https://t.iss.one/xorazmavtoyul_uz
Forwarded from "Қамчиқавтойўл ИЙФК" ДМ (Bahtiyor Yuldashalievich)
#RASMIY
А-373 “М-39 Гулистон-Бўка-Ангрен-Қўқон-Андижон орқали-Ўш” автомобиль йўлининг "Қамчиқ" довонидан ўтган қисмининг 259 км.да "Тошкент-Водий" йўналиши бўйича ҳаракатланиб келаётган юк машинаси бошқарувни йўқотиб йўл транспорт ҳодисасини содир этганлиги сабабли бугун 6 апрель куни соат 11:15 да мазкур автомобиль йўлида транспорт воситаларнинг икки томонлама ҳаракати вақтинча тўхтатилди.
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
#RASMIY

⚡️ХДПдан президентликка номзод маъқулланди

Халқ демократик партиясидан Иноятов Улуғбек Илясович номзоди президентликка номзод сифатида партиянинг Қурултойида кўриб чиқиш учун маъқулланди.

2023 йил 12 май куни Ўзбекистон Халқ демократик партияси Марказий Кенгашининг навбатдан ташқари пленуми бўлиб ўтди.

Пленумда 2023 йил 9 июль куни ўтказилиши белгиланган Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловида Ўзбекистон Халқ демократик партиясининг иштироки тўғрисида масала муҳокама этилди.

Ўзбекистон Республикаси Президентлигига партия электорати, тарафдор ва фаоллари томонидан тавсия этилган Иноятов Улуғбек Илясович номзоди партиянинг Қурултойида кўриб чиқиш учун маъқулланди.

Каналга уланиш:
@uzauz
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
#RASMIY

⚡️ O‘zLiDeP Сиёсий кенгаши Шавкат Мирзиёев номзодини президентликка кўрсатишни қўллаб-қувватлади

Бугун, 12 май куни Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партияси Сиёсий кенгашининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди.

Мажлисда муддатидан илгари ўтадиган президентлик сайловида O‘zLiDePнинг иштироки ва партиянинг навбатдаги Съездида партиядан кўрсатиладиган номзод масаласи муҳокама қилинди.

O‘zLiDeP Сиёсий кенгаши аъзолари Шавкат Миромонович Мирзиёев номзодини Ўзбекистон Республикаси Президентлигига кўрсатиш масаласини навбатдаги партия Съезди муҳокамасига киритилишини бир овоздан қўллаб-қувватладилар.

Батафсил маълумот


Каналга уланиш:
@uzauz
#RASMIY_MUNOSABAT 📺

📺 “You tube” ijtimoiy tarmog‘idagi https://www.youtube.com/watch?v=mbIYqOCkCig O‘zavtoyo‘l qo‘mitasi mas’ul xodimi yetakchi o‘qqa 11.5 tonna bo‘lsa, 10 tonnadan ortiq yuk ortish mumkinligi haqida gapirgani tanqid qilingan videomaterial yuzasidan Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi davlat muassasasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

🆕Ijtimoiy tarmoqlarda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarda ishlab, Toshkent davlat transport universitetiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning to‘lov-kontrakt pullari to‘lab berilmayotganligi bo‘yicha tarqalgan xabar (https://t.iss.one/bastiongr/10953) yuzasidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT ❗️❗️❗️

📎 2024-yil 6-may kuni telegram va facebook ijtimoiy tarmog‘ining "Xalq blogerlari" (XALQ BLOGERLARI >< BLOGER. UZ♕BLOGER. UZ > | Facebook) blogiga "Anonim uchastnik" tomonidan “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri faoliyati va unda bo‘layotgan jarayonlar haqida joylangan post yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazgan holda, “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri quyidagilarni ma’lum qiladi:


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📍Toshkent viloyati Piskent tumanida 2024-yil 2-oktabr kuni kech soat 20.00 atrofida umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R19 “To‘ytepa sh. (4R2 avtoyo‘li 35 km) - Piskent sh. - A373 avtoyo‘li”ning 14-km qismidagi temir-beton ko‘prikda og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositasi me’yordan ortiq yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘prikning o‘ng tomonlama harakat tasmasidagi oraliq temir-beton qurilmalari (balkalari) va tayanch (svai) qismlari ushbu yuklamaga bardosh berolmasdan sinib, buzilib, mazkur avtotransport vositasi bilan birgalikda “Toshkanal” kanaliga tushib ketgan.
📣“HOWO” rusumli, davlat raqam belgisi 80 S 219 RA bo‘lgan og‘ir vaznli yuk transport vositasi ROZIQOV RAUF HAYOTOVICHga tegishli bo‘lib, avtotransport vositasining texnik pasportiga muvofiq yuksiz vazni 26,8 tn va to‘la vazni 40,0 tn tashkil etadi.
🖥Yuk mashinasining hujjatlari o‘rganilganda va ko‘zdan kechirilganda, transport vositasiga qum mahsuloti yuklanganligi va yuk xatiga asosan qumning xajmi 50m3 (50m3 x 1,6 o‘tish koeffitsiyenti=80 tonna) ni tashkil etadi. Transport vositasining yuksiz vazni 26,8 tn, ustiga yuklangan qumning og‘irligi 80 tn birgalikda 106,8 tn.ni tashkil etmoqda.
📌Ko‘prikda og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatini ta’qiqlovchi va 8 tn gacha yuk bilan harakatlanish mumkin ekanligini ko‘rsatuvchi YO‘L BЕLGILARI o‘rnatilganligiga qaramasdan, haydovchi tomonidan ushbu cheklovlarga amalga qilmagan holda avtotransport vositasini boshqargan va buning oqibatida ushbu favqulodda holatni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan.

⚡️HURMATLI HAYDOVCHILAR!

🔼 Yo‘ldan harakatlanayotganda, yo‘l belgilariga, tezlikka va albatta belgilangan vazn miqdoriga amal qilishingizni so‘raymiz!

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi You Tube platformasidagi “Nuritdinov blog.” sahifasida fuqaro Nuriddin Dalnoboy tomonidan tomonidan O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ullariga nisbatan yo‘llagan murojaati https://t.iss.one/nuritdinovblog/15652 yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 10-oktabrdagi
PQ-330-son qarori
ijrosini ta’minlash, shuningdek, avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda belgilangan og‘irlik va gabarit me’yorlariga qo‘yilgan talablarni yanada kuchaytirish, respublikadagi barcha toifadagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, ularni saqlash xarajatlarini qisqartirish maqsadida 2024-yil 28-oktabrda Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llari bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori qabul qilingan.

🔼Vazirlar Mahkamasining 710-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-fevral kunidan boshlab Ruxsatnoma 30 kun muddatga belgilangan yo‘nalish bo‘ylab faqat bir marta yuk tashish uchun beriladi (xorijiy va mahalliy yuk tashuvchilar uchun), shuningdek, mahalliy yuk tashuvchilarga ham arizada ko‘rsatilgan parametrlardan kelib chiqib to‘lov undirilishi belgilangan. Mahalliy yuk tashuvchilarga beriladigan ruxsatnoma uchun to‘lov miqdori o‘zgarayotganligi sababli vakolatli organ tomonidan shu kungacha rasmiylashtirilgan ruxsatnomalarda 2025-yil 31-yanvar kuniga qadar muddat belgilangan.

📊Shu bilan bir qatorda, zamonaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar (tarozi) o‘rnatish va ulardan foydalanish xususiy sektorga berilmoqda. Katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalari ruxsatnomasiz harakatlanishi va yuk tashish qoidalarini buzganlik natijasida avtomobil yo‘llari qoplamasiga va konstruksiyasiga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lovlar ham sezilarli darajada oshirildi, masalan avtotransport vositasining umumiy og‘irligi 80 tonna va undan yuqori bo‘lganda — har bir kilometr masofa uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari etib belgilandi.

📍Bugungi kunda og‘ir yuk ortilgan avtotransport vositalari miqdori sezilarli darajada oshib borayotganligi sababli avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazoratini kuchaytirish dolzarb masalaga aylanmoqda.
🖥Barcha qilinayotgan ishlarning maqsadi Avtomobil yo‘llari va ko‘priklarning muddatidan oldin buzilishlarini oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, me’yordan ortiq yuk (tanar, samosval va boshqalar) ortilgan avtotransport vositalarini tartibga solishdan iboratdir.

📌Yuk tashuvchilardan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuk tashish qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishingizni so‘raymiz!

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#RASMIY

❗️“QAMCHIQ” DOVONIDA AVTOMOBILLAR HARAKATI QAYTA TIKLANDI

🚫Ob-havo keskin o‘zgarib kuchli qor yog‘ishi va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan 2025 yil 7 martdagi 129-son byulleteniga ko‘ra, soat 15:00 da  A373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shaxrixon-Andijon” avtomobil yo‘lining 137-162 km.lar oralig‘ida qor ko‘chkisi xavfi borligi sababli avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
⚠️Yo‘lsozlarimiz tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlardan so‘ng soat 03:00 da dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat to‘liq qayta tiklandi.
✔️O‘z navbatida barcha avtotransport vositasi haydovchilariga ob-havo sharoitini hisobga olgan holda, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib harakatlanishini tavsiya qilib qolamiz.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM