Avtomobil yo'llari qo'mitasi
8.25K subscribers
69.4K photos
4.91K videos
96 files
12K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#SURXONDARYO_VILOYATI

YO‘LLAR RAVON, MANZILLAR OBOD BO‘LMOQDA

⚡️Prezidentimizning topshirig‘iga asosan D025 n) (4R23 n) – “Termiz daryo portiga (1458 km dan)” avtomobil yo‘lining 3,1–4,6-kilometr qismini rekonstruksiya qilish belgilangan.
📣 Hozirda ushbu obyektda Angor tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan qayta qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
📍 Ushbu jarayonda dastlab mazkur avtomobil yo‘lining yaroqsiz, eski qoplamasini buzish, so‘ngra asos yotqizish va zichlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichda esa asfaltlash ishlarini bajarish belgilangan.
◾️ Shu vaqtga qadar mazkur obyektda qazish hamda avtomobil yo‘lining yaroqsiz, eski qoplamasini buzib, hududdan chiqarib ketish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, ayni kunlarda asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.
🔽 Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

🖥TOPSHIRIQLАR IJROSI АMАLDА

📣 Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi F-18-sonli Farmoyishiga asosan 2025-yil 11-martdan boshlab “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e’lon qilindi. Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Nazarov Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanigda bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.
🇺🇿 Sh.Nazarov Sariosiyo tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi, viloyat va tuman idoralari hamda mutasaddilari Sh.Nazarov boshchiligida Farmoyishda belgilab berilgan vazifalarning ijrosi bilan tanishdilar.
🗺 Shuningdek Sariosiyo tumanidagi “Bo‘yrapo‘sh” hamda “Shabnam” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida aholidan jami 21 ta murojaat kelib tushdi va ularning 9 tasi joyida ijobiy hal etildi.
📱 Murojaatlarning 7 tasi avtomobil yo‘llaridagi masalalar bilan bog‘liq bo‘lib, barcha murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlarga kirishildi.
Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan Sariosiyo tumanidan tanlab olingan og‘ir ahvoldagi 5 ta mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi. Odamlar bilan muloqotda bo‘lib, bandlikni taʼminlash, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati
#Dolzarb_bir_oylik

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi F-18 sonli farmoyishiga asosan "Dolzarb bir oylik" safarbarlik tadbirlari doirasida Sariosiyo tumaniga biriktirilgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sariosiyo tumanidagi og‘ir xudud bo‘lgan "Shabnam" mahalla fuqaro yig‘ini hududidagi 57-sonli umumta’lim maktabida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda fuqarolardan bugungi kunda ularni qiynab kelayotgan takliflar va murojaatlar muhokama qilindi hamda 6 ta murojaat tuman Xalq qabulxonasiga nazorat uchun hamda ijro uchun aloqador idoralarga taqdim qilindi.
Sh.B.Nazarov mahalla fuqarolar yig‘ini hamda aloqador tashkilotlar vakillari bilan birgalikda "Bir kontur—bir mahsulot" tamoyili asosida ekin maydonlarida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berdilar.
🔼2025-yil 11—14-mart kunlari mahallalarda ichki ariqlarni betonlash ishlari tashkillashtirildi va jami bo‘lib tuman mahallalarida 12,5 km ichki ariqlar betonlandi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati
#Dolzarb_bir_oylik

🇺🇿Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Nazarovning Sariosiyo tumanidagi og‘ir mahallalardagi sayyor qabullari davom etmoqda.
🇺🇿Davlatimiz rahbarining mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish borasida belgilagan vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Nazarov, tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova va boshqa mutasaddilar ishtirokida "Niholzor" mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
⚡️Qabulda, asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, suv ta’minotini yaxshilash, aholini ish bilan ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar o‘rin oldi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

🛣ICHKI YO‘LLAR HAM RAVON BO‘LMOQDA

✍️ Prezidentimizning aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi topshiriqlari ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan ichki xo‘jalik yo‘llariga ham aloqida eʼtibor qaratilmoqda.
◾️ Jumladan, Sho‘rchi TYFDM tomonidan ichki ko‘chalarda asfaltlash ishlari amalga oshirilyapti.
📊 Xususan, tumandagi “Navro‘z”, “Bo‘ston”, “Sovjiron bobo” mahallalarining ichki tosh ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizildi.
Surxondaryo viloyati hokimi ushbu mahallalarda bo‘lib, ta’mirlash jarayonlari bilan tanishdi hamda mahalla faollari va nuroniylar bilan muloqot qildi.
⬇️ Nuroniylar esa 30-40 yildan buyon taʼmirtalab holatda bo‘lgan mazkur ichki yo‘llarning asfaltlangani hudud ahli uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘lganini alohida e’tirof etishdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

📌 “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI IJROSI AMALDA

✍️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va bu orqali Respublikamizda yashil maydonlarni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.
📍 Ayni jarayonda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.
⬇️ Jumladan, Sariosiyo tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan tumanning “Turmushobod” mahallasidagi 2 gektarga yaqin tashlandiq holatda bo‘lgan maydonga 4 turdagi jami 2 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bosqichma-bosqich ekilmoqda.
📊 Mazkur xayrli ishning dastlabki kunida maxsus texnikalar yordamida 400 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
⚡️ Jarayonlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

🌐MUBORАK RАMАZON – XАYR-SАXOVАT OYI

✍️Odamiylik, yaxshilik va mehr-oqibat kabi fazilatlar namoyon bo‘ladigan Muborak Ramazon oyida bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlash, oila va mahallalarda o‘zaro mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashdek saxovat tadbirlari yanada keng quloch yozadi.
🕓Ayni maqsadda Аvtomobil yo‘llari Qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.B.Nazarov tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati Аvtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rahbariyati va Sariosiyo tuman xalq qabulxonasi mudiri ishtirokida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.
🔼 Ramazon hayiti arafasida o‘tkazilgan ezgu amallar doirasida Sariosiyo tumanidagi “Hulkar”, “Shabnam”, “Bo‘yrapo‘sh”, “Xonjiza” va “Niholzor” mahallasidagi 22 ta kambag‘al oilaga ijtimoiy yordam paketlari tarqatildi.
✔️Bundan tashqari, ulug‘ ayyom munosabati bilan ushbu xonadonlarning har biriga 12 tupdan mevali daraxt ko‘chatlari ham ulashildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️BEPUL TIBBIY KO‘RIK TАSHKIL ETILDI

✍️Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi F-18-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Sariosiyo tumanining 5 ta og‘ir mahallasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
📍 Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.B.Nazarov tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati АYBB rahbariyati ishtirokida Sariosiyo tumanidagi 65-sonli oilaviy poliklinika Bo‘yrapush filialida chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Unda tibbiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, ehtiyojmand fuqarolarning og‘ir kasalligi va nogironligi bo‘lgan aʼzolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
⬇️Tadbirda 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 14 nafar tor doiradagi mutaxassis shifokorlar zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida aholini ko‘rikdan o‘tkazishdi.
🔼 Shuningdek, oftalmologik mobil avtobus hamda ko‘chma mamografiya mobil poliklinikasi ham tibbiy ko‘rik uchun jalb etildi.
📈Tadbir davomida jami ming nafarga yaqin aholi chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

⚡️RАMАZON – SAXOVAT, BIRDAMLIK VA BAG‘RIKENGLIK OYI

✍️Muborak Ramazon oyida xalqimiz orasida o‘zaro hurmat muhiti yanada mustahkamlanib, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash kabi ezgu tashabbuslarga alohida eʼtibor beriladi.
 ❗️  Аyni xayrli ishlar ifodasini shu kunlarda Surxondaryo viloyati Аvtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalarda tashkil etilayotgan saxovat tadbirlari, yozilayotgan iftorlik dasturxonlari misolida ham ko‘rish mumkin.
  🔼 Xususan, Termiz tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Ramazon hayiti munosabati bilan doshqozonlarga sumalak qo‘yilib, iftorlik dasturxoni yozildi.
  ➡️ Tadbir bahonasida korxona ishchi-xodimlari bir dasturxon atrofida jam bo‘lishib, dildan suhbat qurishdi. Sumalak kovlab, ezgu niyatlar ila duoga qo‘l ochishdi.
   Bu kabi saxovat tadbirlari Boshqarma tarkibidagi korxonalarda davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

🎆SEMENT-BETON QOPLAMALI PIYODALAR YO‘LAKCHASI QURILMOQDA

✍️ Hozirda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan hududdagi mavjud nosoz yo‘llar bosqichma-bosqich ta’mirlanmoqda.
☄️ Xususan, Sariosiyo tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tumanning “Lutfikor” mahallasida barpo etilgan Yangi O‘zbekiston massivida sement-beton qoplamali piyodalar yo‘lakchasini qurish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.
🔼 Rejaga ko‘ra mazkur korxona tomonidan Yangi O‘zbekiston massivida jami 5 kilometr uzunlikda piyodalar yo‘lakchasini qurish belgilangan. Hozirga qadar shuning 3 kilometer qismida yer ishlari bajarilgan bo‘lib, 1,2 kilometr qismiga sement-beton qoplamasi yotqizildi.
✔️ Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM