Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.89K subscribers
67.5K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR ❗️❗️❗️

🔴 Yo‘lda harakatlanayotganda yo‘l belgilari va yo‘l harakati qoidalariga, belgilangan tezlikka amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

🟡 Bu bilan siz ham o‘zingizning, ham boshqalarning hayotini saqlab qolgan bo‘lasiz!

🟢 Unutmang, uyda sizni oila a'zolaringiz kutib o‘tirishibdi. Ular sizni doimo sog‘-salomat ko‘rishni istashadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR 🔴

Respublika yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari aks etgan muhim kadrlarni sizlar bilan bo‘lishmoqchimiz. Ushbu fotosuratlar yo‘lda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkinligini eslatib turadi va shuning uchun ehtiyot va e'tiborli bo‘lish muhimdir.

⚠️ Afsuski, ko‘pchiligimiz ba'zan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish kerakligini unutamiz.

Biz har bir haydovchini o‘ylashga chorlaymiz: sizning va boshqalarning hayoti xavf ostida bo‘lganda, yuqori tezlik va xavf haqiqatdan ham xavfga arziydimi?

⚠️ Tezlikni oshirish va qarama-qarshi yo‘lakka chiqish shunchaki qoidabuzarlik emas, bu fojiali oqibatlarga olib keladigan xavfli harakatdir.

⚠️ Keling, birgalikda yo‘llarimizni xavfsizroq qilaylik!

⚠️ Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish orqali har birimiz baxtsiz hodisa xavfini sezilarli darajada kamaytirishimiz mumkin.

⚠️ O‘zingizga va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling! Har bir hayot qimmatli va bu bizning rulda o‘zimizni qanday tutishimizga bog‘liq.

Haydash paytida ehtiyot va mas'uliyatli bo‘ling!

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR ⚠️

⚠️Qurilish-ta’mirlash ishlari ketayotgan avtomobil qatnov yo‘llarida tartibli ravishda harakat qilishingizni so‘raymiz!

⚠️Mazkur hududlarga o‘rnatilgan maxsus yo‘l belgilariga rioya qiling!

⚠️Yo‘llarni ta’mirlayotgan xodimlar va boshqa harakat ishtirokchilarining hayotini xavf ostiga qo‘yib tezlikni oshirmang!

⚠️Manzilimga tezroq yetib olay, deb boshqalarga noqulaylik tug‘dirmang!

⚠️Yo‘llarning holatini yaxshilash uchun ter to‘kayotgan yo‘l xodimlari mehnatini qadrlang!

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR

⚠️ Hushyor bo‘ling: yo‘lda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda!

⚠️ O‘rnatilgan maxsus yo‘l belgilariga e’tiborli bo‘ling!

⚠️ Ta’mirlash jarayonlarida ishlayotgan maxsus texnikalar harakatlanishiga halaqit bermang!

⚠️ Barcha ogohlantiruvchi va tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari talablariga amal qilish xavfsizligingizni ta’minlashini unutmang!

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR ⚠️

⚠️ Yo‘llarda 1.13 va 1.14 yo‘l belgilariga rioya qilib harakatlanishingizni so‘raymiz!

⚠️ 1.13. «Tik nishablik». Nishablik tomon harakatlanayotgan haydovchi yo‘lning tor qismlarida ro‘paradan tepalik tomon harakatlanayotgan haydovchiga yo‘l berishi lozim!

⚠️ 1.14. «Tik balandlik» yo‘l belgisi o‘rnatilgan joylarda avtomobil to‘xtab qolib, o‘z og‘irligi bilan orqaga ketib qolishining oldini oling!

⚠️ Mazkur yo‘l belgisi o‘rnatilgan joylarda transport vositasining dinamik xususiyatlari, yukli yoki yuksizligiga qarab, kerakli uzatmaga ulash, balandlikka to‘xtamasdan chiqish kerakligini unutmang!

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR❗️❗️❗️

⚠️ Tirbandlik yuz berganida asabiylashmang!

⚠️ Oʻzingizdan oldinda turgan haydovchilarga hurmat saqlang!

⚠️ Shovqin solmang! Haydovchilik madaniyatiga amal qiling!

⚠️ Yoʻlingiz hamisha ochiq boʻlsin!

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR 🔴

⚠️ Toʻxtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar evakuator yordamida yo‘ldan olib tashlanadi!

⚠️ Diqqat qiling! 7.21 «Evakuator ishlamoqda» qo‘shimcha axborot belgisi to‘xtash mumkin bo‘lmagan belgilari ta’siri ostida qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinishini anglatadi!

⚠️ Ta'qiq belgilari ta’siri ostida transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga ko‘ra transport vositasi ushlab turilishi uchun evakuatorda majburiy evakuatsiya qilinadi!

⚠️ 7.21 «Evakuator ishlamoqda». 3.273.30 yo‘l belgilari ta'sir oralig‘ida hamda to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan joylarda avtomashinangizni qoldirmang!

⚠️ Yo‘l qoidalari va o‘rnatilgan belgilarga rioya qiling. Bu esa sizni e’tiborsizlik oqibatida qo‘shimcha jarimalarni to’lshingizni oldini oladi!

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR ❗️❗️❗️

⚠️ Yo‘lda harakatlanayotganingizda chiqindilarni tashqariga uloqtirmang!

⚠️ Chiqindilarni 6.15 “Chiqindi tashlash joyi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan joylarga tashlang!

⚠️ Tabiatimizning tozaligi, ekologiyamizning yaxshilanishiga o‘z hissangizni qo‘shing!

⚠️ Avtomobil yo‘llarining tozaligi uchun tun-u kun mehnat qilib kelayotgan yo‘l sohasi xodimlarining mehnatini qadrlang!


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR ❗️❗️❗️

⚠️ Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno).

⚠️ Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun maxsus yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi.

⚠️ Qatnov yo‘llarining duch kelgan qismida odam olib, tushirmang.

⚠️ Bu orqali yo‘lovchilar va boshqa harakat qatnashchilarining hayotini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lasiz.


⚠️Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi, to‘xtash taqiqlangan joylarda yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish — BHM ning ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab
bo‘ladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR❗️❗️❗️

Yo‘lning oltin qoidasi harakat xavfsizligidir.

🚨 Yo‘lning qatnov qismi yuzasidagi sun’iy yo‘l notekisligini bildiruvchi yotiq chiziqlar ham yo‘llarda transport harakatini tartibga soluvchi belgi hisoblanadi.

‼️ Unutmang, yo‘lda faqat siz harakatlanmayapsiz!

⚠️ Yo‘lda siz boshqalarning hayoti uchun ham mas’ulsiz!

⚠️ Hushyorlikka mas’ulsiz!

⚠️Tezlikni oshirmaslikka mas’ulsiz!

📌 Ushbu yotiq chiziq sun’iy yo‘l notekisligi (1.29) ni bildiradi. Demak, ushbu yotiq chiziqlar bo‘lgan yo‘lning shu qismida ehtiyotkorlik shart!

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR ❗️❗️❗️

⚠️ Yo‘l — manzillarni yaqinlashtiradigan vosita. Biroq uning o‘z qonun-qoidasi bor. Yo‘ldan foydalanuvchi fuqaro sifatida bu tartibga amal qilishga mas’ul va majbur ekanligingizni unutmang!

⚠️ Quvib o‘taman, deb o‘zingiz va boshqalarning ham hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

⚠️ Yo‘lda harakatlana turib, yo‘l belgilariga e’tibor bering va unutmangki, uyda sizni oila a’zolaringiz kutib o‘tirishibdi.
Siz ularga sog‘lom keraksiz!


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HURMATLI_HAYDOVCHILAR ❗️❗️❗️

❗️ 3.11. «Vazn cheklangan» yo‘l belgisi o‘rnatilgan yo‘llarda haqiqiy umumiy vazni belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi!

❗️ 3.12. «O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan». Har qanday o‘qiga tushadigan haqiqiy og‘irlik belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi!

❗️ Sizlardan mazkur yo‘l belgilari mavjud yo‘llarda harakatlanmaslikni so‘raymiz!

❗️ O‘zingiz va boshqalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang.!

❗️ Shaxsiy transport vositangizga, yo‘llarga va ko‘priklarga shikast yetishining oldini oling!


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM