Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.8K subscribers
67.8K photos
4.56K videos
96 files
11.1K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Xalqaro uchrashuv

🛣Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Xitoyning Citic construction co. Ltd kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov delegatsiya a’zolari bilan
muzokaralar olib bordi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro uchrashuv

🇺🇿O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida kelgan CHEIL Engineering Co., Ltd. kompaniya bosh menejeri Park Joo Yong janoblarini Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov qabul qildi

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro uchrashuv

Xorijiy hamkorlar Sirdaryo viloyatida bo‘ldilar


Saudiya Аrabistonining “AL BAWANI”
yirik qurilish kompaniyasi hamda “SAJCO” kompaniyasi rahbarlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurishdi.

📌Tashrif davomida “Toshkent—Termiz” yo‘nalishidagi M39 avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 38 km. bo‘lgan “Sirdaryo—Baxt” aylanma yo‘lini qurish uchun mahalliy infratuzilma o‘rganildi.

🇺🇿Mahalliy mutaxassislar tomonidan yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro uchrashuv

JICA bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi

🇺🇿Yaponiya
xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) kompaniyasi a'zolari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasida boʻlishdi.

🛣Qoʻmita raisining oʻrinbosari Obid Odilov ular bilan muzokara
olib bordi.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro_uchrashuv

Jahon banking Transport masalalari bo‘yicha bosh iqtisodchisi Viktor Aragones boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida uchrashuv o‘tkazildi.
Delegatsiya a’zolarini Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov qabul qildi.
Muzokaralar chog‘ida yo‘l xo‘jaligi sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, xususiy pudratchilarning ishtirokini rivojlantirish haqida fikr almashildi.
Jahon bankining Transport bo‘yicha katta mutaxassisi, loyiha menejeri Mansur Bo‘stoniy loyihaning ahamiyati va istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

📨Telegram | 📩Facebook |📹You Tube |🌐  Website
#XALQARO_UCHRASHUV 🌐

🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning 16-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvida transport-kommunikatsiya obyektlarini modernizatsiya qilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalarini xususiylashtirish dasturida ishtirok etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishilgan.
Mazkur kelishuvlardan kelib chiqib, joriy yil 17-sentabr kuni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Germaniya—O‘zbekiston ishbilarmon doiralari kengashi ijrochi direktori Falk Porshe bilan yo‘l xo‘jaligi sohasida foydalaniladigan zamonaviy materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Mehmonni Qo‘mita raisi J.Tursunov qabul qildi.
Falk Porshe Germaniya—O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining tashkil etilishiga katta hissa qo‘shgan. Bir necha bor Germaniya—O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori etib saylangan.
O‘zbekistonda yangi loyihalarga faol sarmoya kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2019-yil 10-apreldagi “Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekistonga 21,4 mln yevro sarmoya kiritgan.
Uchrashuv chog‘ida Janob Porshe O‘zbekiston yo‘llaridagi tirbandliklarni minimal investitsiya jalb qilgan holda bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Har ikki tomon yo‘lsozlik sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM