Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.83K subscribers
67.6K photos
4.52K videos
96 files
11K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Sirdaryo viloyati

Yo‘llar yangicha qiyofa kasb etayotganidan aholi mamnun


🛣Sirdaryo viloyatidagi og‘ir hududlarning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida dasturlar doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlariga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha manzilli dastur ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

“Sirdaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi buyurtmasiga asosan yo‘lsozlar tomonidan Xovos tumani “Chamanzor” MFYdagi Mardlik ko‘chasining 654 metr qismi, “Oqchangal” MFYdagi Qoraqir ko‘chasining 500 metr qismi, “Do‘stlik” MFYdagi Yuksak hayot ko‘chasining 585 metr qismi to‘liq asfaltlanib, joriy ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Shuningdek, Sirdaryo tumani “Yoshlik” MFYdagi Oqibat ko‘chasining 750 metr qismiga asfalt beton qoplamasi yotqizildi.

📌Shuni ta’kidlash joizki, sirdaryolik yo‘lsozlar mehnati tufayli ichki yo‘llar yangicha qiyofa kasb etayotganidan aholi mamnun.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Bugun Buxoro viloyatida umumiy qiymati 9,1 milliard so‘mdan iborat bo‘lgan yerosti piyodalar o‘tish yo‘li qurilib, foydalanishga topshirildi

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro uchrashuv

🛣Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Xitoyning Citic construction co. Ltd kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov delegatsiya a’zolari bilan
muzokaralar olib bordi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Xalqaro uchrashuv

🇺🇿O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida kelgan CHEIL Engineering Co., Ltd. kompaniya bosh menejeri Park Joo Yong janoblarini Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov qabul qildi

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
#Qamchiq dovoni

"Qamchiq" dovonida qor yog‘moqda

A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 225-250 km.lar oralig'ida qor yog‘moqda.

📌Yo‘llarda ko‘rish darajasi 100 metrni, tuman, havo harorati -3 darajani, namlik 75 %ni tashkil etmoqda.

🌧Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

🚛Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

‼️"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini tavsiya qiladi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb