Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.94K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Andijon_tajribasi
#Sirtqi_ishlov_berish

⚡️ANDIJON VILOYATIDA "ASFALT QOPLAMASIGA
SIRTQI ISHLOV BERISH TAJRIBA" SI YO'LGA QO'YILDI

⁉️Asfalt qoplamasiga
ishlov berish, ya'niki xalq tili bilan aytganda "Asfaltni sug'orish". Bu nomni o'zi ommani hayratga solayotgani aniq. Qanday qilib asfalt yo'lni sug'orish mumkin va u qanday amalga oshiriladi?

🔷Yo'l sirtiga qo'llanilayotgan chidamlilik va yopishqoqlikni oshiruvchi qoplama avvalgi chuqur-chanoqlarni ta'mirlashdagi eski usuldan 10 barobar samarali usul bo'lib, u
sirtqi ishlovda ta'mirtalab avtomobil yo'li ustiga sochiladi va maxsus texnikalar yordamida tekkislanib qatnov qismidagi yoriqlarga elimdek yopishadi.

🛣Ma'lumki, avtomobil yo'llarining notekis  holga kelishiga asosiy omillar bu yo'gingarchilik va og'ir vazndagi transport yuklaridir. Bundan tashqari, quyosh nuri ham
sirtqi qatlamni mo'rtlashishiga sabab bo'ladi. Yo'llar ham alohida e'tibor va qarovni talab etadi. Qiziqarli jihati esa yo'llar ham chanqaydi.

Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tomonidan ayni yoz faslining jazirama kunlarida amaliyotda qo'llanilayotgan mazkur tajriba asosida 7 barobardan 10 barobargacha arzon hamda davlatning mablag'i tejaladi. Yangi tajribaning yana bir qulayligi esa qoplamaning chidamliligi +60 °dan 100° darajada  ekanligidadir.

♻️Viloyatimizda amalga oshirilayotgan yo'l islohoylri yangiliklari borasida bizni kuzatishda davom eting...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Andijon_tajribasi
#Sirtqi_ishlov_berish

YO'LSOZLIKDA YANA BIR YANGI INNOVATSIYA

Go'zal Andijonimizda yildan-yilga ko‘chalarimiz ravon, keng bo‘lib bormoqda. Shahar markazlari yoki xalqaro qatnov yo‘llari deysizmi hammasi yangilanmoqda. Ayniqsa, muntazam qatnov yo'llarimiz tamoman o‘zgarib boryapti. Beton to‘siqlar bilan ajratilgan ravon yo‘llar barpo etilyapti. Zarur yoritish asboblari, zamonaviy kuzatuv texnikalari o‘rnatilmoqda. Bu sayr harakatlar avvalo xalq roziligi, shu bilan birga  haydovchi, qolaversa, yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyatimiz bo'ylab safarga chiqqan kishi  orasta va shinam, keng va ravon, kunduzlari nurafshon, kechalari charog'on yo'llardan yurganda ko'ngillari beihtiyor oydinlashadi.
Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi ham viloyatimizda sohaga mas'ul tashkilot sifatida ulkan bunyodkorlikka, yirik xalqaro yo'llardan tortib, kichik mahalla ko'chalarigacha bo'lgan ta'mirlash ishlarida doimo faol.

Ayni bugunda ham Andijon avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan amaliyotga tadbiq etilayotgan "Asfalt qoplamasiga
sirtqi ishlov berish" tajribasi asosida xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yo'lida maxsus texnikalar yordamida asfaltni sug'orish ishlari keng ko'lamda amalga oshirildi. Va albatta mazkur tajriba OAV e'tibor chetda qolmadi.

Batafsil fotolavhalarda...

https://t.iss.one/avtoyolpressa