Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.93K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Mening_yo'lim
#Open_byudjet

Mahallaning ko'p yillik orzusi ushaldi...

Yurtni chiroy ochishi xalqimizning ertangi kunga bo'lgan ishonchi va umidini oshiradi. Eng asosiysi bugungi kunidan rozi bo'lib yashashiga xizmat qiladi.

Qushqo'noq mahallasi Shahrixon tumani markazidan 15km olisda joylashgan bo'lib, 5 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hududdagi katta muammolar esa ichki yo'llarining ta'mirtalabligi borasidagi kamchiliklar edi. Ayniqsa ushbu mahalladagi "Ziyolilar" ko'chasi yo'llarining nosozligi esa aholining og'riqli tashvishiga aylanib, qishda loy yozda chang ko'chalar odamlarning e'tiroz va murojaatlarini keltirib chiqarar edi.

Bugunga kelib ushbu muammolar Shahrixon tumani yollardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari mehnati sabab o'z yechimini topa boshladi.Birlashgan o'zar degan maqolga tayangan mahalla ahli joriy yilda "
Open byudjet"platformasida ovoz to'plash orqali g'olib bo'lishib, mahalladagi 2,5 km masofada ichki yo'llar sha'gallanib, 1,5 km masofada yo'llar esa asfaltlandi.Bundan tashqari "Mening yo'lim" loyihasi asosida ham aynan mazkur mahallada 990 metr masofasi ham asfalt qoplamasi yotqizilib jarayonlar keng  ko'lamda davom etish barobarida, zarur bo'lgan texnikalar va mutaxassislar jalb etilmoqda.

Ko'z o'ngida qishlog'i kundan kunga obod maskanga aylanayotganiga guvoh bo'layotgan aholining quvonchi cheksiz. Muhimi yurtdoshlarimizning o'zi yashayotgan hududning farovon bo'lishi o'z qo'llarida ekanligini anglab yetmoqdalar.

https://t.iss.one/avtoyolpressa