Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
67.9K photos
4.57K videos
96 files
11.2K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#NAVOIY_VILOYATI📍
#JARAYON

Navoiy viloyati Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tarkibidagi tashkilotlar tomonidan kunlik bajariladigan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xususan, Uchquduq tuman Yo'llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan yo'l indekslari yangilanmoqda.
Konimex tuman Yo'llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan yo'l yoqasini mustahkamlash va yo'l holatini saqlash ishlari bajarilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Jarayon

⚡️Ravon yo‘llar faqatgina obod manzillarda bo‘ladi. Ayni qishning qirovli kunlarida harakat xavfsizligini erkin ta’minlash uchun yo‘llarning holati juda muhim ahamiyatga ega. Yog‘ingarchilik yoki sovuq havo tufayli yo‘llarda yuzaga kelgan turli holatlarni bartaraf etish yo‘lning sifatini yaxshilash borasida Bardanko‘l Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan zarur chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔼Xususan, D012, A 373 yo‘llarida saqlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, hududning aholi gavjum joylarida yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yo‘lchilar tomonidan ob-havoning har qanday ko‘rinishiga zarur choralar ko‘rilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON

📌 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Angor tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan Muzrabot tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatydagi 75V068 (4N1603) “Mehnatobod q.-75V045 avtomobil yo‘li (19 km ga)” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
◾️ Dastlabki bosqichda mazkur avtomobil yo‘lining 2–9-kilometrlari oralig‘idagi 7 kilometr qismining yaroqsiz qora qoplamasi buzib olinib, asos yotqizish ishlari bajarildi.
✍️ Kuni-kecha mahalliy ahamiyatydagi ushbu avtomobil yo‘lining 2–5-kilometrlari oralig‘idagi 2,5 kilometr qismida yakuniy bosqich, ya’ni, asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
📈 Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JIZZAX_VILOYATI
#JARAYON

🚩Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi nazorati bilan Jizzax shahridagi markaziy "Ko‘k bozor" dehqon bozori oldidagi chorrahada yerosti yo‘li qurilishi davom etmoqda.
◾️ Ayni kunlarda temir panjara va betonlash ishlari olib borilmoqda.
🔼 Jarayonga yetarlicha ishchi kuchi va maxsus texnikalar jalb etilgan.
Qurilish maydoniga to‘g‘ri kelgan ichimlik suv quvuri va kanalizatsiya tarmog‘i yo‘nalishlari o‘zgartirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Qibray_tumani
#Jarayon

🔠Qibray tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ayni paytda hudud markazida va D005, D006, D008 yo'llarida tozalash va saqlash ishlari olib borilmoqda.

❗️ Mazkur obodonlashtirish ishlari  avvalo, aholi uchun qulay va xavfsiz transport harakati o‘rnatishga, shuningdek, yo‘llarning sifatini saqlashga qaratilgan. Ta’kidlash lozim ayni kunda tumanda qish faslining har qanday injiqliklariga qarshi chora-tadbirlar ko‘rilib, zarur texnikalar shay holga keltirilgan va ishchi-xodimlar tun-u kun nazorat qilishmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Pskent_tumani
#Jarayon

↖️ Obodlik avvalo ko‘ngildan boshlanadi. Yo‘llarimizning ravon va xavfsiz bo‘lishi ko‘p tomonlama yo‘lchilarimizning mashaqqatli mehnati samarasi ekanini unutmaslik lozim. Ayniqsa, qishning qorli-qirovli kunlarida yo‘llarni muntazam tozalash harakat ishtirokchilari uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, vaqtida turli ko'ngilsiz holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ayni maqsadda  Pskent tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mahalliy ahamiyatdagi 10V103 "Oqtepa" paxta tozalash punkti –"“Sattorobod” qishlog‘i avtomobil yo‘lining 7- km qismida tozalash va saqlash, yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
📱Shuningdek, davlat ahamiyatidagi D020 "Qorasuv q. – Bo‘ka sh. – Bekobod sh." avtomobil yo‘lining 12–33-km qismida yo‘l marzasini qum-shag‘al aralashmasi bilan ko‘tarish ishlari yo‘lchilar tomonidan hamjihatlikda olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI 📍
#JARAYON 🟢

🌐Mo‘ynoq tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

📍Qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarni yanada jadallashtirish hamda samaradorligini oshirish, shuningdek, belgilangan vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan kompleks chora-tadbirlarga Mo‘ynoq aeroporti yonida start berildi.
🚩Ayni jarayonda Mo‘ynoq tumani "Jayxun" MFY hududidagi Sarbosh ko‘chasiga qum-shag‘al aralashmasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.
◾️Kelgusida mazkur mahalladagi ichki ko‘chalarning 5 km 600 metr qismiga qum-shag'al aralashmasini yotqizish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON

◾️Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan davlat va mahalliy ahamiyatidagi yo‘llarda haydovchi va piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida saqlash, qishki qarov ishlari belgilangan rejaga ko‘ra, izchillik bilan davom etmoqda.

Xususan, Chust tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi D 105 (4R 112) avtomobil yo‘lining 45–47-kilometrlari oralig‘ida yo‘l o‘rtasida o‘rnatilgan beton to‘siqlarni oqlash, ularning old tomoniga yo‘l belgi o‘rnatish va saqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

◼️Shuningdek, Chortoq tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi D 112 (4R 119) avtomobil yo‘lining 18–40-kilometrlari oralig‘ida va mahalliy ahamiyatidagi 50 V 004 (4K 423) avtomobil yo‘lining 0–29-kilometrlari oralig‘ida saqlash va qishki qarov ishlari bajarilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

👨‍💻Amudaryo tumanida ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda. Tumanning Toshqal’a mahallasida 6 km 380 metr tuproq yo‘llarni qum-shag‘al aralashmali yo‘llarga aylantirish rejalashtirilib, bu ishlar ayni paytda qizg‘in davom etmoqda.


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Jarayon

➡️ Yo‘llarda harakat ishtirokchilariga qulay sharoit yaratish, yo‘llarning sifatini doimiy nazorat qilish soha xodimlarining asosiy vazifasi.

🌧 Ayniqsa, sovuq havoda qor yoki yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepilishi yo‘llarning sifatiga ta’sir etmay qolmaydi.

📍Ohangaron tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ayni yo‘nalishda yo‘llardagi yoriq hamda chuqurchalarni ta’mirlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔵 Ayni paytda tumandan o‘tgan A373 yo‘lida xodimlar yo‘llarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirishmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM