Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
68.1K photos
4.6K videos
96 files
11.3K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
#TEZKOR

АФВ ЭЪЛОН ҚИЛИНДИ

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Озодликдан маҳрум этиш жазосини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Фармонга мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 93-моддаси 23-бандига асосан билиб-билмай жиноят содир этган, ҳозирги вақтда қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган, жазо муддатини ўтаётган 63 нафар фуқаро афв этилди.

Афв этилган шахсларнинг 44 нафари жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилинади. Шунингдек, 19 нафар шахсга тайинланган озодликдан маҳрум этиш жазосининг муддатлари қисқартирилади.

Афв этилганларнинг 2 нафарини 60 ёшдан ошган шахслар ташкил этади. Фармоннинг тўлиқ матни www.uza.uz сайтида эълон қилинади.

Каналга уланиш:
@uzauz
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Harakat_xavfsizligi
#Tezkor_reyd
#Noqonuniy_qazish

AVTOMOBIL YO'LLARDA NOQONUNIY QAZISH ISHLARI OLIB BORILISHIGA QARSHI TEZKOR TARTIBDA CHORA KO'RILDI

Har bir hududning qiyofasiga ko'rk bagishlovchi jihat osha go'shaning yo'llari hisoblanadi. So'nggi yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida obodonchilik va bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yo'llar qurish, mavjud yo'llarni ta'mirlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ko'plab yo'llar joriy va kapital ta'mirlanib, yangidan yangi yo'llar barpo etilmoqda.Ayniqsa, avtomobil yo‘llarining soz va belgilangan talablar asosida bo'lishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Avtomobil yo‘llarida qonunga xilof ravishda qazish, qurilish ishlarini bajarish, har xil turdagi belgilar, bekatlar qurish va reklamalar o'rnatish kabi holatlar man etilganligiga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan hududlarda ruxsatsiz ravishda o'zboshimchalik bilan yo'llarga shikast yetkazish ishlari amalga oshirilayotganganligi jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

O'zbekiston Respublikasining "Avtomobil yo'llari to'grisida"gi qonuni talablariga ko'ra, avtomobil yo‘llari qaysi yuridik tashkilot ixtiyorida bo'lsa, o'sha sub'yektlar bilan oldindan kelishuv imzolamasdan, kanallar, aloqa va elektr uzatish tarmoqlari, quvurlar, temir yo'llar hamda boshqa kommunikatsiyalar avtomobil yo'llarini kesib o'tishiga yo'l qo'yilmaydi. Avtomobil yo‘llaridagi harakatlarni cheklash yoki ta'qiqlash-avtomobil yo'llariga egalik qilayotgan yuridik tashkilot tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosidagina amalga oshirilishi ko'rsatilgan. Ammo, shunga qaramay viloyatimizda ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari ta'minotini yaxshilash,nosozliklarni bartaraf etish kabi bahonalar bilan umumfoydalanuvdagi yo'llar va talay ichki ko'chalar o'zboshimchalik bilan qazib tashlanmoqda.

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi harakat xavfsizligini ta'minlash bosh mutaxassisi tomonidan avtomobil yo‘llari sozligini nazorat qilish bo'yicha tashkil etilayotgan reydlar orqali ana shunday salbiy holatlarning oldi olinmoqda.

Ayni kunlarda o'tkazilgan reydlar natijasida Marhamat tumani 4R-140 "Marg'ilon-Quva-Marhamat-Aravon" avtomobil yo'lining 46-53 km qismida hamda "Polvontepa" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Zamindor ko'chasining jami 700 m masofasida "Bunyodkor Serviz" MCHJ tomonidan ichimlik suvi tarmog'i  o'rnatish maqsadida hech qanday ruxsatnomasiz yo'llarni qazish orqali avtomobil yo'lining chekka qismiga shikast yetkanligi sabab nosoz holatga kelganligi aniqlandi.

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi harakat xavfsizlikligini ta'minlash bosh mutaxassisi va tuman bo'limlari tomonidan mazkur holat
tezkor tartibda o'rganilib, noqonuniy tarzda qurilish ishlarini olib borgan "Bunyodkor Servis" MCHJ ishchi xodimlari o'rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Noqonuniy qazish ishlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib, yuqoridagi ko'ngilsiz holatni bartaraf etish bo'yicha zaruriy choralar ko'rib chiqildi. Yo'lga yetkazilgan jiddiy zarar yuzasidan qonun doirasida jarima undirish belgilandi.

Yuqoridagi ko'ngilsiz manzaralar afsuski viloyatimizning har bir hududida uchrab turibdi. Bundan tashqari yo'llarda hech qanday ruxsatnomlarsiz kommunikatsiya tarmoqlari o'tkazishda bajarilayotgan qazish ishlari avtomobil yo‘llarida turli noxush yo'l transport hodisalari kelip chiqishiga omil bo'libgina qolmay, xalq roziligi, vatan taraqqiyoti yo'lida kecha-yu kunduz tinim bilmayotgan yo'lsozlarimizning nomi qora qilinip, ularning fidoiy mehnatiga sun'iy ravishda "loy chaplanayotgani" ga ham sabab bo'layotgani tashvishli xolatdir.

Shunday ekan, unutmaylikki, yo'l faqatgina yo'l bunyodkorlarining emas, xalq mulkidir. Uni beshikast saqlash va ravonligini ta'minlash barchamizning burchimizdir.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from "Қамчиқавтойўл ИЙФК" ДМ (Bahtiyor Yuldashalievich)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR
“QAMCHIQ” DOVONIDA AVTOMOBILLAR HARAKATI QAYTA TIKLANDI

Ob-havo keskin o‘zgarib kuchli qor yog‘ishi va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan 2023 yil 9 fevraldagi 103-son byulleteniga ko‘ra, soat 13:30 da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 228-253 km.lar oralig‘ida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
"Qamchiqavtoyo'l" IYFUK tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlardan so‘ng soat 23:30 da dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat to‘liq qayta tiklandi.
O‘z navbatida barcha avtotransport vositasi haydovchilariga ob-havo sharoitini hisobga olgan holda, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib harakatlanishini tavsiya qilib qolamiz.

"Qamchiqavtoyo'l" IYFUK Axborot xizmati
Forwarded from "Қамчиқавтойўл ИЙФК" ДМ (Bahtiyor Yuldashalievich)
#TEZKOR
“QAMCHIQ” DOVONIDA AVTOMOBILLAR HARAKATI QAYTA TIKLANADI

Ob-havo keskin o‘zgarib kuchli qor yog‘ishi va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan 2023 yil 16 fevraldagi 111-son byulleteniga ko‘ra, soat 01:30 da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 228-253 km.lar oralig‘ida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
"Qamchiqavtoyo'l" IYFUK tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlardan so‘ng 16 fevral soat 21:00 dan dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat to‘liq qayta tiklanadi.
O‘z navbatida barcha avtotransport vositasi haydovchilariga ob-havo sharoitini hisobga olgan holda, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib harakatlanishini tavsiya qilib qolamiz.

"Qamchiqavtoyo'l" IYFUK Axborot xizmati
#TEZKOR
"ҚАМЧИҚ" ДОВОНИДА АВТОМОБИЛЛАР ҲАРАКАТИ ҚАЙТА ТИКЛАНДИ.

А-373 “М-39 Гулистон-Бўка-Ангрен-Қўқон-Андижон орқали-Ўш” автомобиль йўлининг "Қамчиқ" довонидан ўтган қисмининг 259 км.да "Тошкент-Водий" йўналиши бўйича ҳаракатланиб келаётган  юк машинаси бошқарувни йўқотиб йўл транспорт ҳодисасини содир этганлиги сабабли бугун 6 апрель куни соат 11:15 да мазкур автомобиль йўлида транспорт воситаларнинг икки томонлама ҳаракати  вақтинча тўхтатилган эди.
"Қамчиқавтойўл" ИЙФУК ва ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда кўрилган тезкор чора-тадбирлардан сўнг бугун 6 апрел куни соат 13:15 дан мазкур автомобиль йўлида автотранспорт воситалари учун икки томонлама ҳаракати тўлиқ қайта тикланди.
Ўз навбатида барча автотраспорт воситаси ҳайдовчиларига йўл ҳаракати қоидаларига риоя қилиб ҳаракатланишини тавсия қилиб қоламиз.
#Tezkor_tadbir_Nurobod.

   Joriy yilning 28- iyul kuni Nurobod tumanining Ag'ron va Navbahor mahallalarda kuzatilgan yog'ingarchilik jarayonida, sel kelishi oqibatida 55-maktabga olib boruvchi ichki yo'lda joylashgan o'lchami 1000 mm bo'lgan oqova suvlarni o'tkazuvchi temirbeton quvurda chiqindilar tiqilishi oqibatida, yo'lning quvur o'rnidagi 10 metr qismida yuvilish sodir bo'lgan edi.
   Samarqand Avtomobil yo'llari bosh  boshqarmasi tashabbusi bilan 3 kun muddatda, 24 soatlik ish rejimi tashkil qilgan holda, mazkur ichki yo'lning tabiiy ofatdan zarar ko'rgan qismida uzunligi 9 metr, eni  6 metr o'lchamdagi, yig'ma temirbeton kostruksiyali ko'prik qurish ishlari yakuniga yetkazildi.


Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR
A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 171-228 kilometr oralig'ida yomg'ir yog'moqda, 228-248 kilometr oralig‘ida qor yog‘moqda. Tuman tushganligi sababli yo‘llarda ko‘rish darajasi 700 metrni, shamol tezligi g‘arbdan 2-11 m/s ni, havo harorati-2 darajani, namlik 87%ni tashkil etmoqda.
Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari bajrilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
‼️"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so'raydi.


📨Telegram | 📩Facebook |🎞You Tube |🪩Veb-saytb
#TEZKOR
⚡️A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 171-221 km.lar oralig'ida yomg'ir yog'moqda,221-250 km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Tuman, yo‘llarda ko‘rish darajasi 900 metrni, shamol 3-11 m/s ni, havo harorati-2 darajani, namlik 68%ni tashkil etmoqda. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
‼️"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni meʻyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi.

🚀Telegram | 🔵Facebook |📺You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM