Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.92K subscribers
67.4K photos
4.43K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#YANGI_ANDIJON
#JARAYON

RAVON YO'LLAR-XALQIMIZ FAROVONLIGI, BUNYODKORLIK QUDRATI TIMSOLI
...

Qachon odamzod o‘zini yanada kuchli, qudratli sezadi? Qachon kishi bunyodkorlik ishlariga qo‘l uradi? Qachonki, oilasida totuvlik, ishida rag‘bat, yurtida tinchligu osoyishtalik barqaror bo‘lsa. Qachonki amalga oshirilayotgan islohotlar turmushining farovon bo‘lishiga, hayotining har jabhasida yuksalishga xizmat qilsa...

Andijonda yo'l sohasiga qaratilgan e'tibor nafaqat tuman va qishloqlarda balki, yangittan barpo etilayotgan
Yangi Andijonda ham o'z ifodasini topmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, "Yangi Andijon" obodonlashtirish, qiyofasiga yangicha mazmun kiritish bilan bog‘liq yangi ishlarning boshlanishidir.

Barchangizga ma'lumki ayni kunlarda
Yangi Andijon massivida yo'lsozlik sohasida ish qizg'in. Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4R 130 "Andijon xalqa yo'li"ning 20-29 km qismida qayta qurilish ishlari yuzasidan hududda suv quvurlarini montaj qilish, shag'aldan asos tayyorlash, bitum sepish hamda asfalt-beton yotqizish ishlari keng ko'lamda amalga oshirilmoqda.

Yo'lsozlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bunday o‘zgarishlar tufayli odamlarimiz, xalqimiz turmushi farovonlashmoqda, hayot tarzi tobora yaxshilanib, ozod va obod yurtda inson qadri ulug'lanmoqda.

QUYOSHNING JAZIRAMASIGA QARAMAY YURT BUNYODKORLIGI YO'LIDA MEHNAT QILAYOTGAN YO'LSOZLARIMIZGA DOIMO EHTIROMDAMIZ!

https://t.iss.one/avtoyolpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment
#Jarayon
#Yangi_Andijon

4Р - 130 "АНДИЖОН ҲАЛҚА ЙЎЛИ" АВТОМОБИЛЬ ЙЎЛИНИНГ 20-29 КМ. ҚИСМИНИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИШ ОБЪЕКТИДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН КЕНГ КЎЛАМДАГИ ҚИЗҒИН ИШ ЖАРАЁНИДАН ЛАВҲАЛАР...

https://t.iss.one/avtoyolpressa
#Yangi_Andijon
#Mobile_foto

"
YANGI ANDIJON" OBOD MANZILLAR MASKANI BO'LADI...

So'nggi yillarda viloyatimiz ko'rki tubdan o'zgarib, obod va go'zal shaharga aylandi. Buni ozod xalqning obod mamlakatda yashashini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir yorqin ifodasi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Barcha jabhalarda bo'lgani kabi yo'lsozlik sohasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar ko'lami ham faxrlansa arzigulik.

"
Yangi Andijon" massivida yo'lsozlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar ko'lami nihoyatda keng.Ayni kunlarda Andijon Muntazam yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan "Yangi Andijon" massivi 4Р 130 "Andijon xalqa yo'li" avtomobil yo'lining 20-29 km qismida shag'aldan asos tayyorlash, bitum sepish hamda asfalt-beton yotqizish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/avtoyolpressa
#Yangi_Andijon

YANGI ANDIJONNING RAVONLASHAYOTGAN YANGI YO'LLARI...

Andijon shaxri markazidan bir necha metr balandlikda joylashgan Yangi Andijon massivi. Iqlimi o'ziga xos mo'tadil. Ayniqsa kuz oylarida bu yerdagi nasim shamol ko'ngilga xush yoqadi va bu hududni yo'llarini yanada ravon manzillarini charog‘on qilayotgan yo'lsozlarni shiddat bilan ishlashga undaydi.

Darhaqiqat, ravon yo'llar obod manzillarga eltadi. Andijonda yo'l sohasiga qaratilgan e'tibor nafaqat shaxar va tuman qishloqlarida balki adirliklar bag'rida barpo etilayotgan
Yangi Andijonda ham o'z aksini topmoqda.

Xabaringiz bor, mazkur adirliklarda yo'l infratuzilmasini  qayta ta'mirlash ishlari
Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.  Ayni kunlarda ham 4R 130 "Andijon xalqa yo'li" avtomobil yo'lining 20-29 km qismida lotoklarni montaj qilish hamda  asfalt beton qoplamasi yotqizish ishlari qizg'in pallada...

https://t.iss.one/avtoyolpressa
#Yangi_Andijon
#Qayta_qurish

YANGI ANDIJON MASSIVIDA UMUMFOYDALANUVDAGI YO'LLARDA QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA...

Mamlakatimizda xalqaro talablarga to'liq javob beradigan magistral yo'llarni  barpo etish, ularni dunyo yo'llariga tutashtirish  va zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qolaversa, viloyatimizning  geografik joylashuvini hisobga olgan holda avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish orqali yo'l infratuzilmasiga katta e'tibor qaratib kelinmoqda.

Jumladan,
Andijon shaxri markazidan bir necha metr balandlikda joylashgan Yangi Andijon turar-joy massivida katta ko'lamda amalga oshirilayotgan jarayonlar yaqqol misoldir.Xabaringiz bor, mazkur adirliklarda yo'l infratuzilmasini  qayta ta'mirlash ishlari Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. 

Ayni kunlarda ham 4R 130 "
Andijon xalqa yo'li" avtomobil yo'lining 20-29 km qismidagi qatnov yo'llarini kengaytirishda yo'llarga 10-40 mm hajmida qum shag'al va qattiq tosh aralashmasidan asos tayyorlash ishlari orqali qayta qurish jarayoni  jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa