Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.93K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Hududlardan_jarayon
#Qaror_ijrosi_amalda

RAVON YO'LLAR OSTONASIDA...

Yo‘llar xalqimizni obod manzillar sari eltuvchi, aholining og‘irini yengil qiluvchi jamoatchilikning eng serqatnov makonidir. Ayniqsa, bu nurli manzillarning ravonligi insonlarning manzil-makonini yaqin qilishda, aholiga yorqin kayfiyat ulashishda bebaho hissadir.

Xalqimizga ravon yo‘l qurib berish, yo‘llarda duch kelinadigan qiyinchiliklarga barham berish maqsadida shu kecha-kunduzda viloyatimizda ham keng ko'lamda ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada ichki yo‘llar ham bosqichma-bosqich ta’mirlanib, asfalt qilinayotgani aholiga katta qulaylikdir.

Andijon ko'priklardan foydalanish unitar korhonasi tomonidan Andijon shahar "Xursandlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yo'llar asfaltlash ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilib aholi turmush sharoiti yanada yaxshilanmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Live
#Qaror_ijrosi_amalda
#Hududlardan_jarayon

Insonlarni hayotidan rozi qilish islohotlarning asosiy mezonidir

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatida inson manfaatlari ustuvorlik qilib, fuqarolarning hayotdan rozi bo'lib yashashlari yo'lida  barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bugun Izboskan tumanidagi "Qashqarlik" mahalla fuqarolar yig'inidagi "San'at" ko'chasi aholisining shukronalik hissi cheksiz. Sababi ko'p yillik yo'l muammolari yuzasidan qilgan murojaatlari inobatga olinib, mahalla yo'llarida  alfaltlash oldidan asos tayyorlash ishlari avjida.

Ayni damda Izboskan tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari tomonidan ishlar jadallik bilan boshlanib, tez kunlarda mahalla yo'llari to'liq asfaltlanib, fayzli go'shaga aylanadi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Qaror_ijrosi_amalda
#Hududlardan_jarayon

Yo'li sozning ishi soz...

Yurtimiz hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog'liq dolzarb masalalarni tizimli xal etish, xususan joylarda ichki yo'llarni yaxshilash, shu asosda aholi turmush sharoitlarini yaratish maqsadida davlatimiz rahbarining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha" qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga ko'ra Asaka tumani "Otish " MFY da yo'l qurilish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab  yuborildi.

Mana shunday tashabbusli amallar negizida Xo'jaobod tumani yo'llardan  foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari mehnati sabab mahallaning 8,6 km masofasini asfaltlash tejalashtirilgan bo'lib, hozirga qadar mahalla hududining 3 km dan ortiq masofadagi ichki yo'llari asfaltlashtirildi. Ayni damda esa jarayonlar jadallik bilan davom etmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Qaror_ijrosi_amalda
#Hududlardan_jarayon

Yo'li sozning ishi soz...

Yurtimiz hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog'liq dolzarb masalalarni tizimli xal etish, xususan joylarda ichki yo'llarni yaxshilash, shu asosda aholi turmush sharoitlarini yaratish maqsadida 2022 yil 25 oktyabrida davlatimiz rahbarining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha" qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qarorga ko'ra Asaka tumani "Otish" MFY "Otish" ko'chasi va "Qo'rg'on oldi" ko'chalarida yo'l qurilish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab  yuborildi.

Mana shunday tashabbusli amallar negizida Xo'jaobod tumani yo'llardan  foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari mehnati sabab mahallaning 8,6 km masofasini asfaltlash rejalashtirilgan bo'lib, hozirga qadar mahalla hududining 5 km dan ortiq masofadagil ichki yo'llari asfaltlashtiildi. Ayni damda esa jarayonlar jadallik bilan davom etmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#Qaror_ijrosi_amalda
#Yangiobod

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan "Jizzax Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK buyurtmachiligida
Yangiobod tumanida 4R34a "Hayr Havotog' sihatgohiga " avtomobil yo'lining 5,0 kilometr uzunlikdagi qismiga asfaltobeton qoplamasi Zomin TYFUK yo'lsozlari tomonidan yotqizilmoqda. Tumandagi mahallalarda ichki koʻchalarning holati yaxshilanib, aholiga qulay turmush sharoiti yaratilmoqda.

@Jizzax_avtoyol_pressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Xalq_roziligi
#Ko'z_o'ngimizda
#Qaror_ijrosi

Inson qadri ulug'lanayotgan yurtda har bir murojaat e'tiborda...

"Hursandchilik" mahalla fuqarolar yig'ini Andijon shahrining markazida joylashgan bo'lib, 5 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hududdagi katta muammolardan biri ichki xo'jalik yo'llarining ta'mirtalabligi borasida edi. Mahalladagi mavjud ko'chalarning yo'llari nosozligi esa aholining og'riqli tashvishiga aylanib, yozda chang qishda esa loy ko'chalar fuqarolarning e'tiroz va murojaatlarini keltirip chiqarayotgan edi.

Endi esa ko'z o'ngida kundan-kun mahallasi obod maskanga aylanayotganiga guvoh bo'layotgan aholining quvonchi cheksiz. Tun bo'lishiga qaramay birlashgan o'zar maqoliga tayangan holda xalq roziligi yo'lida asfaltlash ishlarini davom  ettirayotgan Andijon ko'priklardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari mehnati sabab hudud obod manzilga aylanmoqda.

⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️
Jarayonlarni biz bilan birga kuzating...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#Qaror_ijrosi_amalda
#Zomin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan   "Jizzax Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK buyurtmachiligida
  Zomin tumani Yuksalish MFY hududidagi ichki yo'lga Zomin TYFUK yo'lsozlari tomonidan  ko'prik barpo qilinmoqda.

@Jizzax_avtoyol_pressa
#Qaror_ijrosi_amalda
#Yangiobod

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan   "Jizzax Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK buyurtmachiligida
  Yangiobod tumanida  4R34a "Hayr Havotog' sihatgohiga " avtomobil yo'lining 5,0 kilometr uzunlikdagi qismiga asfaltobeton qoplamasi  Zomin TYFUK yo'lsozlari tomonidan yotqizilmoqda. Tumandagi mahallalarda ichki koʻchalarning holati yaxshilanib, aholiga qulay turmush sharoiti yaratilmoqda.

@Jizzax_avtoyol_pressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Qaror_ijrosi_amalda
#Ichki_yo'llar_ta'miri

Yo'l ta'mirlash ezgu amallardan biridir...

Har bir hududning qiyofasiga ko'rk bag'ishlovchi jihatlardan biri bu yo'llardir. So'nggi yillarda mamlakatimizning barcha jabhasida obodonchilik, bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yo'llar qurish, mavjud yo'llarni ta'mirlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mazkur yo'nalishda viloyatimizda salmoqli ishlar olib borilayotgani hech kimga sir emas.

Andijon tumani "Terak tagi" Mfy hududida asosiy muammolardan biri yo'llar nosozligi bo'lgan edi. Mazkur hududda yangi
qaror ijrosi doirasida mahallaning ichki yo‘llarini asfaltga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda Andijon ko'priklardan foydalanish UK tomonidan aholining og'riqli muammosi bo'lgan yo'l masalasi ijobiy xal etilip, aholining noqulayliklari bartaraf etilishi arafasida...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi_amalda
#xalq_roziligi

ANDIJONDA CHEKKA HUDUDLARDAGI MAHALLALARDA YO'L INFRATUZILMASI YANADA YAXSHILANMOQDA


https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#Qaror_ijrosi_amalda
#Mening_mahallam
#Hududlardan_jarayon

YURTOBOD MAHALLASINING YO'LLARI OBOD BO'LDI...

So'nggi hafta viloyatimiz aholisi uchun quvonch baxsh etadigan samarali ishlar bilan yakun topdi.

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2022 yil 25 oktabr kungi "2022-2023 yillarda mahallar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi PQ-408-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan Andijon viloyatidagi 473 ta mahallaning infratuzilmasini yanada yaxshilash uchun 581,1mlrd so'mdan ziyod mablag' ajratilgan edi. Yo'lsozlar tomonidan mazkur
qaror asosida mahallalardagi uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan muammolar bartaraf etila boshlandi.

Xususan, Baliqchi tumanidagi "Yurtobod" mahalla fuqarolar yig'inida ham hudud aholisining ko'p yillik muammosi ham ichki yo'llar borasida edi. Yo'lsozlar tomonidan aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida jarayonlari boshlanib, mahalla ko'chalari asfaltlandi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa