Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.93K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Obodonlashtirish_oyligi

HUDUD OBODLIGI-YURT FARAVONLIGI

Atrof-muhitni sarishtalash — xalqimizga xos azaliy an’ana. Bu an’ana istiqlol yillarida chinakam qadriyatga, har bir yurtdoshimizning ezgu a’moliga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning 31 yillik tantanalarini "YANGI O'ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ" shiori ostida munosib kutib olish va nishonlashga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda. 

Erta tongdan Marhamat tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi jamoasi ham
obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini ozgacha kayfiyatda boshlab yuborishdi. Uyushqoqlik bilan tashkilot hududidagi gulzorlar, mevazor va uzumzorlar, shu bilan birga, manzarali daraxtlarga shakl berish, oqlash va ularning tagini yumshatish ishlari olib borilib hudud obodonlashtirildi.

https://t.iss.one/avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#LIVE
#Obodonlashtirish
#Saqlash_ishlari

YO'LLARGA HAM ALOHIDA QAROV KERAK

Barchamizga ma'lumki barcha sohalar qatori avtomobil yo'llariga ham alohida e'tibor va qarov kerak. Sababi, fasllar almashinuvida yo'llarda amalga oshiriladigan
obodonlashtirish ishlari ko'lami yanada ortishi bu obodlikning bir namunasidir.

Ayni bugunda ham Ulug'nor tumani hududidan o'tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R-141 avtomobil yo'lining 0-5 km qismi oralig'ida yo'lsozlar tomonidan saqlash ishlari amalga oshirilib, avtomobil yo'llari begona o'tlardan tozalanmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Xavfsiz_yo'l
#Obodonlashtirish

🚏YURT OBODLIGI YO'LIDA...

Insonning qo'li gul. Qalbida ezgu tuy'gular mujassam bo'lgan har qanday kishi o`zi yashab turgan vatanini, hududini obod qilishni, bog'-rog'larga burkashni istaydi.

Darhaqiqat, insoniyat kabi yo'llarga ham alohida e'tibor kerak bo'ladi. Havoning sovuq yoki issiq bo'lishidan qat'iy nazar
obodonlashtirish, ta'mirlash va saqlash, harakat xavfsizligini ta'minlash ishlarini o'z vaqtida amalga oshirish esa aslo foydadan holi emas.

Ayni bugunda Baliqchi tumani yo'llardan foydalanish UK tomonidan tuman hududidan o'tuvchi davlat ahamiyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarida avtomobil yo‘llarida yo'l belgilari o'rnatish va yangilash, suv o'tkazuvchi quvurlar atrofini tozalash va saqlash ishlari keng ko'lamda amalga oshirilib, avtomobil yo'llari yo'lsozlar tomonidan obodonlashtirildi.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa