Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.9K subscribers
67.4K photos
4.43K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Andijon_tajribasi
#Inson_qadri_uchun

YUZLAR MFYDA YO'LLAR OBOD, AHOLINING KO'NGLI SHOD BO'LDI...

Andijonda hududlarni yanada obodonlashtirish, aholiga qulaylik yaratish, turar joy, kommunal va intfratuzilmalarni bunyod etilgan etish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Xabaringiz bor, viloyat hokimi Shuxratbek Abdurahmonov Shahrixon tumani "Yuzlar" MFYda bo'lib, faollar, mas'ul mutasaddilar  bilan uchrashib, aholiga muammolarini tinglash, obodonlashtirish va ta'mirlash ishlarini  sifatli olib borish yuzasidan aniq  vazifalarni belgilab bergan edi.

Bugun ushbu hududga yangilanish nafasi kirdi. O'zgarishlar aholi kayfiyatiga ko'chib, shukonalik hissi bilan yashamoqda. Sababi, yillar davomida noqulaylik tug'dirgan loy va chang  ko'chalar ta'mirlanib, Yuzlar, Qalmoq va Uchamak kochalari obod, yo'llari esa ravon ko'rinishga keldi.

https://t.iss.one/avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Hududlardan_jarayon
#Andijon_tajribasi

YO'LLARI OBOD VA RAVON ITTIFOQ MAHALLASINING FAYZI BOSHQACHA

Andijon viloyatida so'nggi 5 yil davomida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida katta xajmadagi e'tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Bu bunyodkorlik ishlarida yo'lsozlarning ham alohida o'rni bor...

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, viloyatimizda qariyb 10,883 km ichki yo‘llar mavjud bo'lib, har yili maxsus dasturlar asosida ushbu yo'llarga shag'al, beton va asfalt yotqizib kelinadi.

Ayni kunlarda ham Jalaquduq tumani "Ittifoq" mahallasida ham qizg'in ish jarayoni ketmoqda. Eni 4,5 metrdan kam bo'lmagan qalinligi 18 sm bo'lgan
Andijon tajribasi asosida beton qorishmali tekis va ravon yo‘llar barpo etilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Live
#Andijon_tajribasi

🔰Mahhallarga yanada yangi shukuh kirmoqda

Mamlakatimizda jami 142 000 km ichki yo‘llar mavjud. Tasavvur qiling, bu uzunlikdagi yo'llar sifatini saqlab qolish, tamirlash hamda yangilash yillar davomida milliardlab mablag‘lar sarf etilayotgan edi. Yo'llardagi muammolarni bartaraf etishda esa yangi tashabbus kerak edi. Bu borada Andijon tajribasi sifatida e'tirof etilayotgan yangi tizim muqobil yechim bo'ldi desak aslo yanglishmaymiz. Ham arzon, ham sifatli

🛣Viloyatimizda ichki yo‘llar bilan bog‘liq masalalar bisyor edi. Yaqin 5 yil davomida Ularni bosqichma-bosqich yangicha yondashuv asosida asosiy maqsadga aylangan. Ayni damda Jalaquduq tumani  "Beshkaram" va "Ittifoq" mahalla ko'chalariga yangicha nafas kirib, sement-beton qoplami yo'llar bunyod bo'lish arafasida...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Andijon_tajribasi
#Sirtqi_ishlov_berish

⚡️
ANDIJON VILOYATIDA "ASFALT QOPLAMASIGA SIRTQI ISHLOV BERISH TAJRIBA" SI YO'LGA QO'YILDI

⁉️Asfalt qoplamasiga ishlov berish, ya'niki xalq tili bilan aytganda "Asfaltni sug'orish". Bu nomni o'zi ommani hayratga solayotgani aniq. Qanday qilib asfalt yo'lni sug'orish mumkin va u qanday amalga oshiriladi?

🔷Yo'l sirtiga qo'llanilayotgan chidamlilik va yopishqoqlikni oshiruvchi qoplama avvalgi chuqur-chanoqlarni ta'mirlashdagi eski usuldan 10 barobar samarali usul bo'lib, u sirtqi ishlovda ta'mirtalab avtomobil yo'li ustiga sochiladi va maxsus texnikalar yordamida tekkislanib qatnov qismidagi yoriqlarga elimdek yopishadi.

🛣Ma'lumki, avtomobil yo'llarining notekis  holga kelishiga asosiy omillar bu yo'gingarchilik va og'ir vazndagi transport yuklaridir. Bundan tashqari, quyosh nuri ham sirtqi qatlamni mo'rtlashishiga sabab bo'ladi. Yo'llar ham alohida e'tibor va qarovni talab etadi. Qiziqarli jihati esa yo'llar ham chanqaydi.

Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tomonidan ayni yoz faslining jazirama kunlarida amaliyotda qo'llanilayotgan mazkur tajriba asosida 7 barobardan 10 barobargacha arzon hamda davlatning mablag'i tejaladi. Yangi tajribaning yana bir qulayligi esa qoplamaning chidamliligi +60 °dan 100° darajada  ekanligidadir.

♻️Viloyatimizda amalga oshirilayotgan yo'l islohoylri yangiliklari borasida bizni kuzatishda davom eting...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Andijon_tajribasi
#Sirtqi_ishlov_berish

YO'LSOZLIKDA YANA BIR YANGI INNOVATSIYA

Go'zal Andijonimizda yildan-yilga ko‘chalarimiz ravon, keng bo‘lib bormoqda. Shahar markazlari yoki xalqaro qatnov yo‘llari deysizmi hammasi yangilanmoqda. Ayniqsa, muntazam qatnov yo'llarimiz tamoman o‘zgarib boryapti. Beton to‘siqlar bilan ajratilgan ravon yo‘llar barpo etilyapti. Zarur yoritish asboblari, zamonaviy kuzatuv texnikalari o‘rnatilmoqda. Bu sayr harakatlar avvalo xalq roziligi, shu bilan birga  haydovchi, qolaversa, yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Viloyatimiz bo'ylab safarga chiqqan kishi  orasta va shinam, keng va ravon, kunduzlari nurafshon, kechalari charog'on yo'llardan yurganda ko'ngillari beihtiyor oydinlashadi.
Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi ham viloyatimizda sohaga mas'ul tashkilot sifatida ulkan bunyodkorlikka, yirik xalqaro yo'llardan tortib, kichik mahalla ko'chalarigacha bo'lgan ta'mirlash ishlarida doimo faol.

Ayni bugunda ham
Andijon avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan amaliyotga tadbiq etilayotgan "Asfalt qoplamasiga sirtqi ishlov berish" tajribasi asosida xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yo'lida maxsus texnikalar yordamida asfaltni sug'orish ishlari keng ko'lamda amalga oshirildi. Va albatta mazkur tajriba OAV e'tibor chetda qolmadi.

Batafsil fotolavhalarda...

https://t.iss.one/avtoyolpressa