#shukuh
Bugun Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida bir qator yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi
Mazkur obyektlarning ochilish marosimlarida viloyat sektor rahbarlari, nuroniylar, deputatlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, mehmonlar “Qorasuv-Boʻka-Bekobod” avtomobil yoʻlining temir-yoʻl ustidan oʻtuvchi yoʻl oʻtkazgichni mukammal taʼmirlash ishlari bilan tanishdi. Tantanali marosimda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yigʻilganlarni qoʻshaloq bayram bilan samimiy qutladi. Oʻz navbatida, qisqa fursatlarda obyektni foydalanishga topshirgan “Toshkent koʻpriklardan foydalanish” unitar korxonasi quruvchilariga minnatdorlik bildirildi.
Yangi bunyod etilgan koʻprik avtomobillar harakatining uzluksizligi barobarida piyodalar xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maʼlumot oʻrnida qayd etish mumkin, mazkur koʻprik uchun byudjet mablagʻlari hisobidan 25,6 millard soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, qurilish 94 kun davom etdi, jarayonga 85 nafar ishchi-xodim, 30 dan ortiq maxsus texnika jalb etildi.
Koʻprikning tantanali ochilish marosimidan soʻng mashinalar qatnoviga start berildi.
📲@Nurafshon_Uz ҳақида энг тезкор маълумотлар канали
https://telegram.me/+I4l1ctfQMPAzYTEy