Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.92K subscribers
67.4K photos
4.43K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Jarayon #Press_tur

📌Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan bir guruh jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi.

🔺Press-tur ishtirokchilari dastlab avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutida yo‘llarni diagnostika qiluvchi texnikalar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan har bir texnikaning bajaradigan vazifasi bo‘yicha atroflicha tushuncha berildi.

Press-tur davom etmoqda.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Jarayon #Press_tur

🔷Navbatdagi manzil — Yangi O‘zbekiston ko‘chasida “Avtoyo‘linvest” agentligi tomonidan olib kelingan maxsus texnika va jihozlarning funksional imkoniyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, amaliy jarayonlari namoyish etildi.

☑️Yo‘l va yo‘l bo‘ylab barcha ma’lumotlarni olish orqali yo‘l tarmog‘ining ro‘yxati va kadastrini yaratuvchi texnikalarning barchasi raqamlashtirilgan bo‘lib, yo‘l holati bo‘yicha ma’lumotlar qisqa fursatlarda institut bazasiga kelib tushadi.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Press_tur
#Farg‘ona_viloyati

📸Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Farg‘ona viloyati OAV va jurnalistlar uchun Press-tur tashkil etildi.

Ulaning: 👉 https://t.iss.one/avtoyulqumita
#Farg‘ona_viloyati
#Press-tur

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Farg‘ona viloyatida jurnalist va OAV xodimlari uchun
Press-tur bo‘lib o‘tdi

📌Unda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mutasaddi vakillari, viloyat bosh boshqarmasi tasarrufidagi davlat muassasalari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Dastlab Press-tur ishtirokchilari viloyatning Oltiariq tumani hududidan o‘tuvchi 2023-yilda Investisiya dasturiga kiritilgan 4R-148 “4R115 avtoyo‘li — Yangiqadam qishlog‘i — Uchuy qishlog‘i — Oltiariq shahri — Chimyon qishlog‘i — Vodil qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 41 — 46-kilometr qismini qayta qurish obyektida olib borilayotgan yo‘l qurilish ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

💠Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Farg‘ona viloyatida jami 19 941,5 km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari 4 022 kmni, ichki xo‘jalik yo‘llari, shaharlar va qishloq aholi punktlari ko‘chalari – 15 919,5 kilometrni tashkil etadi.

🌀Ushbu yo‘llarning 290,4 km qismi sementbeton qoplamali, 10 639,6 km qismi asfaltbeton qoplamali, 531,7 km qismi qora qoplamali, 7 475,4 km qismi shag‘al yo‘llar hamda 1007,5 km qismi tuproq yo‘llar hisoblanadi.

🔺Farg‘ona viloyatida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha joriy yilda 2104,3 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida 969,3 mlrd.so‘mlik rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar, 894,6 mlrd.so‘mlik qurilish-ta’mirlash montaj ishlari (1999,0 km) bajarildi.

🔶Jurnalist va OAV vakillariga joriy yilning so‘nggi ikki oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yil yakuniga qadar yo‘l sohasida amalga oshiriladigan ishlar, mavjud texnikalar, shuningdek, ishchi-xizmatchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida kerakli ma’lumotlar berildi.

🔷Press-tur ishtirokchilari Farg‘ona shahrida “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Raisi kubogi uchun” o‘tkazilgan sport turnirining final o‘yini va g‘oliblarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling!

Telegram | Facebook |You Tube | Veb-sayt
#PRESS_TUR
🎥🎥🎥 LIVE

✈️✈️ Press-turning ikkinchi manzili esa Jizzax viloyatida qad roslagan yangi “Zomin” aeroporti.
Zomin tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalardan biri bu, “Zomin” aeroporti bo‘lib, “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Bino va inshootlarni qurish direksiyasi” MCHJ buyurtmachiligi asosida bunyod etildi. Obyektning dastlabki loyihaviy qiymati – 80 mlrd 161, 8 mln so‘m. Loyiha tashkiloti – “Aero yo‘l loyiha” MCHJ va bosh pudratchi -  Zomin TYFDM tomonidan qayta rekonstruksiyadan ham chiqarildi. Eski holatida uchish- qo‘nish yo‘lagi — 1900 metr uzunlikda bo‘lsa, rekonstruksiya ishlaridan keyin uchish- qo‘nish yo‘lagi uzunligi — 2100 metrga uzaytirildi. Perron- 12895 m2, Yurgizib borish yo‘lagi- 6406 m2, Hududni himoyalovchi panjara—4411 metr uzunlikda hududni o‘rab turibdi.
🧭 Hududdagi uchish – qo‘nish maydoni jahon standardlari asosida qurib foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda tumanda asosiy yo‘llar to‘liq ta’mirdan chiqarilgan va bu ishlar davom etmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PRESS_TUR
🎥🎥🎥 LIVE

🗺 Zomin tumanidagi umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatiga ega 4R40 “Dashtobod sh.—Zomin q.—Baxmal q.—G‘allaorol sh.” avtomobil yo‘li 182 km bo‘lib, bu yo‘lga Zomin TYFDM xizmat ko‘rsatadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PRESS_TUR

🖼 Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Jizzax viloyati bosh boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyati OAV vakillari uchun Press-tur o‘tkazildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur🎤
#live🔴

🎤Ayni paytda Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan viloyatda yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka keng axborot berish maqsadida press-tur o‘tkazilmoqda.

🕹️Press-tur ishtirokchilari dastlab boshqarmada tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashishdi.

📣Anjumanda boshqarma boshlig‘i Y.Cho‘lliyev jurnalist va blogerlarga hudud bo‘yicha mavjud umumfoydalanuvdagi yo‘llar va ularni qurish, rekonstruksiya qilish, saqlash, ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida  ma’lumot  berdi. 

📣Anjumanda sohada erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga ham alohida to‘xtab o‘tildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan sohadagi mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

📺Press-tur ishtirokchilari xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘lining 255-km qismidagi ko‘prikda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishishdi.

Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lning 255,6-km qismidagi mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, ko‘prikning o‘ng tomoni 4—5 qator temir-beton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida  yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ta’mirlash ishlari “Romitan yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat muaassasasi tomonidan bajarilayotgan ko‘prikni tez kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

🔩"Osiyo taraqqiyot banki" ishtirokidagi “Milliy avtomobil yo‘llarni rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloq avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishning manzilli dasturiga asosan Peshku tumanining “Turkiston”, “Navgahon” va “O‘zbek” mahallalarida 15,5 kilometr uzunlikdagi yo‘l betonlashtirilmoqda. Bundan tashqari, hozirda Buxoro tumani “Ko‘chko‘mar” mahallasining 6,3 km qismi ham betonlashtirilmoqda.

➡️Ushbu loyihada buyurtmachi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi O‘zavtoyo‘linvest agentligi hisoblanadi. Loyihada bosh pudratchi sifatida Xitoyning “China Railway 20 Bureau Group Corporation” va FIDIC talablariga asoslangan yo‘l qurilish-montaj ishlari ustidan texnik nazoratni Koreyaning "Dohwa Engineering Co., Ltd" injener konsalting kompaniyasi olib bormoqda.

Mazkur loyiha doirasida 23 ta ko‘prik ta’mirlanishi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida 3,1 km. uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi va yoritish chiroqlari hamda yo‘lni ko‘ngdalang kesib o‘tgan jami 956 pagonometr uzunlikdagi suv quvurlarini kengaytirish va yangisiga almashtirish ko‘zda tutilgan.

📌Ayni paytga qadar Peshku tumanida 15,5 km uzunlikdagi yo‘lda tosh-beton qoplamali asos qurish, 5 ta ko‘prikni qayta ta’mirlash va 46 metr uzunlikdagi suv quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo‘lda 18 sm qalinlikda syementobeton qoplamasini yotqizish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil 1-iyuliga qadar to‘liq yakunlanishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

💠Loyihaning asosiy maqsadi - qishloq hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va mahalliy aholining hayot sifatini oshirishdir. Ushbu yo‘llar kichik biznes va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga sezilarli turtki beradi.

📢Loyiha 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda 54 km yo‘l rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan va mahalliy ishchi kuchi hamda qurilish materiallari keng miqyosda ishlatilmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.

Press-tur ishtirokchilari betonlashtirish ishlari bilan batafsil tanishtirilib, ularga loyiha haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM