Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.84K subscribers
67.6K photos
4.5K videos
96 files
11K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#NAMANGAN_VILOYATI
#MUROJAATLAR_BILAN_ISHLASH

📣Fuqarolar murojaati doimo e’tiborda

📣So‘nggi yillarda mamlakatimizda har bir soha va yo‘nalishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida to‘liq o‘rganish hamda ular yuzasidan qonuniy choralar ko‘rishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Har bir tashkilot rahbarlarining murojaatlar bilan ishlashda shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilyapti.

🌐Bu borada Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida ham manzilli murojaatlar bo‘yicha samarali ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolardan viloyatdagi yo‘l sohasidagi murojaatlarini o‘rganib, tez fursatlarda ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

📶- 2024-yil davomida Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga yo‘l masalalari bo‘yicha 483 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 359 ta murojaat jismoniy, 124 ta murojaat esa yuridik shaxslardan kelib tushgan. Murojaatlar eng ko‘p kelib tushadigan hududlar, Pop, Chust, Mingbuloq, Kosonsoy tumanlari bo‘lib, shuningdek, Namangan shahri hududidan keladigan murojaatlar mazmuni asosan ichki ko‘chalarni ta'mirlash bo‘yicha bo‘ladi.

📍Fuqarolardan murojaatlar asosan yozma shaklda bo‘lib, qolgan murojaatlar og‘zaki, elektron pochta va virtual qabulxona orqali kelib tushadi.

⬇️Ayni paytga kelib mazkur murojaatlarning 150 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 4 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan va hozirda 10 ta murojaat o‘rganish jarayonida, 67 ta murojaat egalariga huquqiy ma'lumotlar berilgan, 129 ta murojaat ijobiy hal qilingan, deydi Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis Shahlo Muhiddinova.

◾️Shuningdek, murojaatchilarni qabul qiladigan yana bir mas’ullar, boshqarmada tun-u kun faoliyat olib boradigan dispetcherlik bo‘limining ma’lum qilishicha, fuqarolardan murojaatlar ko‘pincha o‘zlari orqali, yozma ravishda bo‘ladi, boshqarmaga kelib murojaatlari bo‘yicha mutaxassislardan atroflicha javob olishadi.

◾️- Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida tashkil etilgan dispetcherlik bo‘limiga asosan yo‘l nosozligi tufayli transport hodisasi ro‘y berganda, sel kelib yo‘llarni suv bosganda, umuman yo‘l bilan bog‘liq qanday holatlar kuzatilsa qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi. Biz bu bo‘yicha tumanlarga, tegishli bo‘limlarga tezda xabar beramiz. Shuningdek, bir kunda 8—10 nafargacha fuqarolar kelib o‘z murojaatlarini aytishadi, ularning murojaatlarini manzili bo‘yicha mutaxassislarga yo‘naltiramiz, deydi dispetcherlik bo‘limi xodimlari.

🗺Namangan viloyati aholisidan yo‘l sohasi bo‘yicha murojaatlar bo‘lsa, shuningdek hududlarda mavjud kamchiliklar haqida Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining +998 78 223 10 22 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

📌Bu orqali fuqarolar va jamoatchilik faollari viloyatdagi umumfoydalanuvdagi yo‘llar ravonligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud kamchiliklar hamda muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilishiga o‘z xissalarini qo‘shgan bo‘ladilar.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM