Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.92K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Inson_qadri_uchun

Gʻuzordagi mahallalar obod manzilga aylanmoqda

Gʻuzor tumanida "inson qadri uchun" tamoyili asosida aholiga qulayliklar yaratish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanning "Do‘stlik" mahallasi Nafosat ko‘chasining 1,5 km. masofadagi ichki yo‘llar asfaltlash ishlari boshlandi.

Bu haqda "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Soxib Jabborov ma’lum qildi.

Bizni kuzatib boring!
Kanalga ulanish 👉@guzorpress
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Qaror ijrosi amalda: Xo'jaobod tumani aholisining turmushi farovonlashmoqda...

Xalq dardini o'ylab yashash insoniylikning eng oliy mezonidir. "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" da viloyatimizning har bir hududida keng ko'lamdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan barcha aholini bugunidan rozi qilish ishlari yo'lsozlar tomonidan boshlab yuborildi.

Xabaringiz bor, 2022 yilning 25 oktabrida davlatimiz rahbarining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha" qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi 408-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ko'plab mahallalar qiyofasi tubdan o'zgarishni boshladi. Jumladan, ayni kunlarda Xo'jaobod tumanidagi Mustahkam Mfyga qarashli Taraqqiyot ko'chasi hamda Baxrin Mfyga qarashli Yoshlar va Ziyokor ko'chalarida ta'mirlash ishlari  boshlab yuborilib, yo'llar maxsus texnikalar yordamida asfaltlash oldidan asos tayyorlash barobarida shag'al-shebenlash ishlari boshlandi. Asosiy maqsad esa, xalqni rozi qilishga qaratildi.

Mazkur qaror sabab, hudduda yashovchi  fuqarolarning ham bugun uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolariga yechim topilib, orzulari amalga oshish arafasida. Amaldagi islohotlar jarayonlari esa boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich davom etmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Qaror_ijrosi_amalda
#Ichki_yo'llar_ta'miri

Yo'llarning ravonligi yurtning fayzi...

Yo'llarning ravonligi mahallaga fayz kiritadi. Ko'chalarni ko'rkamlashtiradi. Yanada muhimi, insonlarni kayfiyatini ko'tarib, ertangi kunga ishonchini oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratizilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-408-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon tumani" Ravvot" mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli Zakovat ko'chasiga ham zamonaviy qiyofa berish ishlari boshlab yuborildi.

Ayni damda  mazkur hududda Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfaltlash oldidan qum-shag'al aralashmasidan asos  tayyorlash ishlari amalga oshirilib, hudud aholisining turmush faravonligini yanada yaxshilashga kirishilmoqda.

Jarayonlarni biz bilan bizga kuzating...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa