Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Qaror_ijrosi_amalda
#Ichki_yo'llar_ta'miri
Yo'l ta'mirlash ezgu amallardan biridir...
Har bir hududning qiyofasiga ko'rk bag'ishlovchi jihatlardan biri bu yo'llardir. So'nggi yillarda mamlakatimizning barcha jabhasida obodonchilik, bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yo'llar qurish, mavjud yo'llarni ta'mirlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mazkur yo'nalishda viloyatimizda salmoqli ishlar olib borilayotgani hech kimga sir emas.
Shahrixon tumani "Qo'rgoncha" MFY Ibrohimmalik ko'chasida ham asosiy muammolardan biri yo'llar nosozligi bo'lgan edi. Mazkur hududda yangi qaror ijrosi doirasida mahallaning ichki yo‘llarini asfaltga tayyorlash ishlari amalga oshirilib qum-shag'allash ishlari boshlab yuborildi.
Ayni kunlarda aholining og'riqli muammosi bo'lgan yo'l masalasi ijobiy xal bo'lish barobarida, aholining noqulayliklari bartaraf etilishi arafasida...
https://t.iss.one/and_avtoyolpressa

✅Muzrabotda ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Muzrabot tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan "Yangi diyor" mahallasi ichki koʻchasining tuproq yo'llariga Qum-Shag'al aralashmasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

PIYODALAR YO'LAKCHASINI CHIZISH ISHLARI BAJARILMOQDA.
So'nggi kunlarda piyodalar harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida piyodalar o'tish uchun yo'lakchalari barpo etish ishlari barcha tuman shaharlarda amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda, Guliston tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari tomonidan Guliston tumani hududidan o'tuvchi maxalliy ahamiyatga ega 4H-647 avtomobil yo'lida piyodalar havfsizligini ta'minlash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida piyodalar o'tishi uchun yo'l chizig'ini chizish hamda yo'lni ikkiga ajratib turuvchi RP bardyorlarni oqlash va saqlash ishlari olib borilmoqda.
@Sirdaryoavtoyol