Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.92K subscribers
67.4K photos
4.42K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#SHUKRONALIK
#ADABIY_CHEKINISH

O'ZBEGIMNING YO'LLARI...
KECHA,BUGUN VA ERTAGA YOXUD OTABEKNING ARMONI...

Abdulla Qodiriyning mashhur "O'tkan kunlar" asarini o'qimagan, Otabekning sevgisiga havas qilib, Kumushning taqdiriga achinmaganlar bo'lmasa kerak. Muhabbat uchun vaqtu-masofa muhim emas deganlaridek, xurjunini otining egariga osib, jazirama yozu, izg'irin ayozda Toshkentu Marg'ilon orasida qatnayverib, charchamagan Otabekka rahmi kelganlar ham yetarli bo'lgandir. Axir yo'l azobi, go'r azobi deb bejizga aytilmaganku?...

Endi bir o'ylab ko'ring, Otabek XXI asrda, shu mustaqillik zamonida yashaganida ahvol qanday kechardi? Tabiiyki tabiatan xushxulq va tadbirkor Otabekning shaxsiy avtoulovi bo'lardi. Prezidentimiz, o'z ma'ruzalaridan birida ta'kidlaganidek, "Bugungi kunda deyarli har ikki oiladan biri shaxsiy transport vositasiga ega va bu mashinalar aynan yurtimizda ishlab chiqarilgani barchamizga mamnuniyat va g'urur bag'ishlaydi". Qolaversa, mamlakatimizda yuk va yo'lovchi tashishda avtotransport hissasi 90 foizdan oshig'roqni tashkil etadi. Shunday ekan, qahramonimiz - Otabekning uzoq yo'ldan tezda horiydigan oti o'rniga zamonaviy Kaptivami yoki juda bo'lmaganda, bir Lasettisi bo'lishi tabiiy hol, nazarimizda. Endi tartib bo'yicha mashinalarimiz ta'rifini ko'klarga ko'tarishimiz kerak edi. Lekin biz undan-da muhim bir jihatga e'tiboringizni qaratishni istadik. Otabekning oti yo'rg'alagan yo'llar esingizdami? Ko'z oldingizda o'nqir-cho'nqir, past-balandliklardan iborat so'qmoq yo'l gavdalangan bo'lsa, ajab emas. Uzoq, chang-to'zonli, ustiga ustak kimsasiz yo'llar... Ushbu yo'l azobidan cho'chish hissi, yo'lning o'zi tugul, taraddudiyu xavotiri qancha vaqt va kuch talab qilishini bir eslab ko'ring-a? Aslida insoniyatning rivojlanishiga ham turmush tarzini yaxshilash zarurati, qulaylikka intilish turtki bo'lgan desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Shunday ekan olis manzillarni yaqinlashtirib berayotgan yo'l qurilishi sohasidagi bunyodkorlikni amalga oshirayotgan yo'lchilarimiz sha'niga qancha maqtovlarni aytsak shuncha kam...

Bugun biz axborot asrida yoki mashhur olim Toffler bashoratida aytganidek "uchinchi to'lqin" - postindustrial  jamiyatda yashayapmiz. Bunday jamiyatda barcha qadriyatlar vaqt tushunchasi bilan to'qnashadi, barcha sohalarda tezkorlik tamoyiliga amal qilina boshlaydi va shu jamiyatning har bir a'zosi zamonning bu xususiyati bilan ertami-kechmi, hisoblasha boshlaydi. Qodiriyning "O'tkan kunlar"idagi bosh qahramonning onasi – O'zbek oyimning Yusufbek hojiga ko'z yosh qilishiyu, Kumushdan ginasi zamirida ham uzoq masofa sabab, uni o'g'li – Otabekdan ayirayotgan shu vaqt yotgandek go'yo. Agar "O'tkan kunlar" asaridagi voqealar tasmasi XXI asrda, shu kecha kunduzda ro'y berganida edi, Toshkent va Marg'ilon o'rtasidagi atigi 350
km.ni tashkil etadigan masofa O'zbek oyimning jahliga, Otabekning azoblariyu, Kumushning ayanchli taqdiriga sabab bo'lmasdi, chunki bir necha kunda bosib o'tiladigan uzoq yo'lni atigi bir necha soatda bosib o'tish imkoniyati hijronga yo'l quymas va ularning hayotida Zaynabning paydo bo'lishiga zarurat tug'ilmas edi.

Zero, Otabeklar Kumushidan ayrilmasligi uchun yo'llar ravon, masofalar ham qalblar kabi yaqin bo'lishi kerak.Minglab Otabeklarni Kumushi visoliga yetkazishiga bel bog'lagan fidoiy yo'lchilarning ezgu ishida hamisha zafarlar yor bo'lsin.

https://t.iss.one/avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Inson_qadri

ANDIJONDA ZAMONAVIY KO'RINISHGA EGA KO'PRIKLAR BARPO ETILMOQDA

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#xalq_roziligi

"SHODLIK" MAHHALASI YANGICHA SHUKUH KIRDI...
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Inson_qadri

KO'CHALARI QUVOCHGA TO'LAYOTGAN JALAQUDUQ TUMANIDAGI CHEKKA MAHALLALARDAGI AHOLINING ISLOHOTLARDAN ROZILIGI

⚡️Ularning
shukronalik kayfiyatini biz bilan birga kuzating...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Inson_qadri
#Shukronalik

"YANGI OBOD" MAHALLASI YANADA OBODLASHMOQDA...

Boshlangan yangi hafta viloyatimizning barcha jabhalarida yo'lsozlik sohasida ulkan bunyodkorlik ishlari bilan davom etmoqda. Natijada esa aholining turmush sharoiti yaxshilanib, mahallalarning infratuzilmasi yangilanmoqda.

Bo'ston tumanidan o'tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 4K-120 avtomobil yo'li hududidagi "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi aholini ko'p yillardan buyon yozda chang, qishda loygarchiliklarni keltirib chiqarayotgani anchayin noqulayliklar tug'dirar edi.

Bugunga kelib esa mahalla ahlining quvonchi cheksiz. Boisi, Bo'ston tumani yo'llardan foydalanish UK  yo'lsozlari mehnati sabab mahalla yo'llari ravon, insonlaring ko'ngillari esa charog'on bo'lmoqda. Ko'z o'ngida mahallasiga fayz kirayotganiga guvoh bo'layotgan yoshu qari amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlaridan minnatdor.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa