Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.9K subscribers
67.4K photos
4.45K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Yangi_Andijon
#Qayta_qurish

YANGI ANDIJON MASSIVIDA UMUMFOYDALANUVDAGI YO'LLARDA
QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA...

Mamlakatimizda xalqaro talablarga to'liq javob beradigan magistral yo'llarni  barpo etish, ularni dunyo yo'llariga tutashtirish  va zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qolaversa, viloyatimizning  geografik joylashuvini hisobga olgan holda avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish orqali yo'l infratuzilmasiga katta e'tibor qaratib kelinmoqda.

Jumladan, Andijon shaxri markazidan bir necha metr balandlikda joylashgan Yangi Andijon turar-joy massivida katta ko'lamda amalga oshirilayotgan jarayonlar yaqqol misoldir.Xabaringiz bor, mazkur adirliklarda yo'l infratuzilmasini 
qayta ta'mirlash ishlari Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. 

Ayni kunlarda ham 4R 130 "Andijon xalqa yo'li" avtomobil yo'lining 20-29 km qismidagi qatnov yo'llarini kengaytirishda yo'llarga 10-40 mm hajmida qum shag'al va qattiq tosh aralashmasidan asos tayyorlash ishlari orqali
qayta qurish jarayoni  jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Islohotlar_amalda
#Qayta_qurish
#Inson_qadri

AHOLI FAROVONLIGINI YO'LIDA...

Andijon shahrining har bir hududida olib borilayotgan qurilish va yo'l bunyodkorlik ishlari ko'chalarga ko'rk berish bilan bir qatorda aholining turmush darajasini yaxshilash, shahar yo'llarining arxitektura qiyofasini yangilash, saqlash va kompleks qurilish-ta'mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mas'ul tashkilot rahbarlari va mutasaddilar bilan birga Andijon shahri ko'p tarmoqli tibbiyot markazi hududida bo'ldi. Mazkur markaz joylashgan "Ahmad Donish" ko'chasining holati bilan tanishib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tezkor tartibda yo'lni asfaltlash hamda tartibga keltirish, xavfsizligini ta'minlash, yo'lning chekka qismiga beton lotoklar yotqizish ishlari yuzasidan Andijon avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda Andijon viloyati YHXB ga kerakli topshiriqlarni berdi.

"Ahmad Donish" ko'chaning kengligi 8 metrni tashkil etadi. Bugunning o'zidayoq yo'lsozlar tomonidan ko'chaning ta'mirlash loyihasi ishlap chiqilib, 500 metr masofada yo'llar asfatlanishi belgilab olindi. Hududiy bo'linmalar bevosita jalb etilib, maxsus texnikalar yordamida yo'llarni ta'minlash va obodonlashtirish ishlar jadallik bilan boshlab yuborildi.

👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
Batafsil fotolavhalarimizda...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Qayta_qurish
#Xalq_roziligi

OG'IR HUDUDLARDAGI MUAMMOLAR IJOBIY BARTARAF ETILMOQDA...

So'nggi kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish, xususan viloyatimizda "Inson qadri uchun" ezgu  tamoyili asosida ishlarni tashkil etish, aholining kundalik kayfiyatiga bevosita  ta'sir ko'rsataytgan dolzarb muammolarni o'rganish orqali 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida yo'l masalasidagi muammolarga yechim topilmoqda.

Ayni kunlarda ham Andijon yo'llardan Muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan Andijon shaxri "Paxtakor" Mfy, Asaka tumani "Farovon" Mfy hamda Buloqboshi tumani "Qashqar" Mfylarda ichki yoʻllar ko'p yillardan buyon yozda chang, qishda loy boʻlib turfa qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab boʻlayotganligi haqida aholining murojaat qilgan edi.Ayni kunlarda esa mazkur murojaat o'zining ijobiy yechimini topdi. Ob havoning  noqulayliklariga qaramay mazkur hududlarda
qayta qurish ishlari olib borilib, mahalladagi ichki tuproq ko‘chalarni maxsus texnikalar yordamida tekkizlash, qum shag'al va qattiq tosh (10-40mm) aralashmasidan asos tayyorlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Islohotlar_amalda
#Qayta_qurish
#Inson_qadri

Xabaringiz bor ayni kunlarda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan Andijon shahri ko'p tarmoqli tibbiy markaz joylashgan "Ahmad Donish" ko'chasining arxitektura qiyofasini yangilash, yo'l infratuzilmasini kompleks ta'mirlash yuzasidan mas'ul tashkilotlarga kerakli vazifalar topshirilgan edi.

Ayni kunlarda Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tarkibidagi hududiy bo'linmalar tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus texnikalar yordamida yo'lni tartibga keltirish, xavfsizligini ta'minlash, yo'lning chekka qismiga beton lotoklar yotqizish, piyodalar yo'lakchasi barpo etishda asos tayyorlash hamda asfaltlash oldidan asos tayyorlash  ishlari yuzasidan qizg'in ish jarayoni davom etmoqda.

👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
Batafsil fotolavhalarimizda...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa