Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.88K subscribers
67.5K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#presstur

Namangan viloyatidagi turizm manzillariga olib boruvchi yo‘llar holati bilan tanishish maqsadida bir guruh jurnalist, faol blogerlar Parda tursun hamda Chodak turizm manzillariga olib boruvchi avtomobil yo‘llarida bo’lib, mazkur manzillarda amalga oshirilgan yo’l qurilishi ishlari bilan tanishmoqda.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
#Qoraqalpogʼiston Respublikasi
#Presstur

🇺🇿Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan bir guruh jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga Press-tur tashkil etildi.
🎙Jurnalistlar va OAV vakillari Qo‘ng‘irot tumanidan o‘tgan A380 «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘lining 964–1204-kilometri oralig‘ida (240 km) qismini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish bo'yicha olib borilayotgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
📈Osiyo taraqqiyot banki ko'magida Ozarbayjonning « North West Construction LLC» ва Xitoyning «Road and Bridge Corporation» (CRBCChina) kompaniyalari tomonidan olib borilayot rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
🇺🇿Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Toshkent davlat transport universiteti bilan yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlash hamda ularni ilmiy faoliyatga keng yo‘naltirish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida yo‘l qurilish-ta’mirlash obyektlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun sharoitlar yaratilgan.
🏎Transport universiteti o‘qituvchi va talabalari ham Press-turda ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘ldilar.
Qo'ng'irot tumani "Jasliq" posyolkasi hududida yo'l qurilishida qatnashayotgan xorijiy hamkorlar uchun barcha sharoitlarga ega maxsus shaharcha barpo etilgan.
🎤Press-tur ishtirokchilari ishchilar oshxonasida tushlik qilishdi va yaratilgan sharoitlarga o'zlari guvoh bo'lishdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qoraqalpogʼiston Respublikasi
#Presstur

🔴Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 12 ming 381,5 kilometr avtomobil yo‘llari bo‘lib, umumiy foydalanuvdagi  avtomobil yo‘llari 4  ming 254 kilometr,  davlat ahamiyatidagi yo‘llar 986 kilometr, mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar 2604 kilometr va xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar 664 kilometrni tashkil etadi. Ichki xo‘jalik yo‘llarining uzunligi esa 8 ming 127,5 kilometrdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari va ichki xo‘jalik yo‘llarini to‘liq va joriy ta’mirlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Press-tur ishtirokchilari A380 «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘lining 1050-kilometrida olib borilayotgan tuproqni mustahkamlash ishlari bilan yaqindan tanishib, xorijiy hamkorlar va mutaxassislardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
📣Qurilish obyektida Ozarbayjonning «North West Constnition LLC» ва Xitoyning «Road and Bridge Corporation» (CRBCChina) kompaniyalaridan 40 nafar malakali mutaxassislar hamda 300 nafardan ortiq o'zbekistonlik yo'lsozlar mehnat qilishmoqda.


Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐 Veb-saytb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM